Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
§ ZAMONAVIY GEOGRAFIYA DARSLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
GEOGRAFIYA TA\'LIMI TEXNOLOGIYALARI Uslubiy ko\'rsatma
1§ ZAMONAVIY GEOGRAFIYA DARSLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN
ZAMONAVIY TALABLAR O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat tufayli hayotimizning barcha jabhalarida, xususan, ilm-fan va ta’lim sohalarida ulkan o’zgarishlar bo’layotganligi soha vakillarining mazkur islohotlarda faol ishtirokchi bo’lishini taqozo etmoqda. Bu jarayondagi muvaffaqiyatlar pedagoglarning muayyan ilmiy-uslubiy tayyorgarlikka ega bo’lishi hamda ma’naviy yetuk, zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan o’quvchi-yoshlar, yosh mutaxassis kadrlar tayyorlanishiga chambarchas bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasida ham uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o’qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish hamda xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning “ta’lim sohasidagi asosiy printsiplari”da ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi, ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati, ta’limning uzluksizligi va izchilligi hamda ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi o’rin olgan bo’lib, mazkur Qonunda pedagog xodimlarga zamonaviy pedagogik shakllarni, o’qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash hamda ulardan foydalanish, davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o’quv rejalari va o’quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish huquqlari berilgan bo’lsa, o’z o’rnida ularga o’quv mashg’ulotlarini sifatli o’tkazishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o’qitish va tarbiyaning ilg’or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi kabi majburiyatlar qo’yilgan. “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonda ham O’zbekistonda ilm-fan va ta’lim-tarbiyani yangi bosqichga olib chiqish uchun dunyo andozalari asosida zamonaviy yondashuvlarni qo’llashga tobora katta e’tibor qaratilmoqda. An’anaviy didaktikada darslarning tuzilishi belgilangan aniq tasnifi mavjud. Bular: yangi materialni o’rganish, bilimlar, mahorat va ko’nikmalarni takomillashtirish; bilim, ko’nikma va malakalarni umumlashtirish va tizimlashtirish; bilim va ko’nikmalarni nazorat qilish va tuzatish; aralash dars. Darslarning turlari katta mavzu yoki bo’limni o’rganishda ketma-ket takrorlanishi zarur bo’lib, darsning tuzilmasi tarkibiy elementlardan iborat edi (yangi materialni o’rganish, uni musta’kamlash, umumlashtirish, nazorat qilish). Bugungi kunda didaktikada ishlab chiqilayotgan darslarning yangi tipologiyasi o’quvchilarning ta’lim natijalariga erishishda faol mustaqil faoliyat yuritishning ustuvor talabiga javob berishi kerak. Quyidagi qoidalar zamonaviy dars uchun yetakchi yo’nalishlar bo’lishi mumkin: 1) darsning uch maqsadlisidan – o’quvchilar faoliyati orqali maqsadlarni shakllantirishga va keyingi o’rinlarda – mustaqil ravishda maqsad aniqlashga; 2) yangi materialni o’rganish o’zlashtirganlarini mustahkamlashning an’anaviy “chiziqli ” darsdan – ko’p komponentli darsga; 3) an’anaviy belgidan – zamonaviy baholashga. An’anaviy va zamonaviy darslar chuqur tarkibiy farqlarga ega. Zamonaviy dars tuzilmasida bir tomondan, an’anaviy darsni yanada rivojlantirish uchun asos bo’luvchi invariantni ajratish maqsadga muvofiq, ikkinchi tomondan o’qituvchi va o’quvchilar uchun o’quv faoliyatini loyihalashtirish erkinligini berish maqsadga muvofiq. Zamonaviy geografiya darsining asosiy belgilari quyidagilardan iborat: • Avvalo, o’quvchining shaxsini shakllantirishga qaratilganligi (dunyoqarashi, qadriyatli yo’nalishlar, faoliyatini rag’batlantirish, ijodkorlik); • O’qituvchi o’quvchining o’quv ta’lim faoliyatini tashkil etuvchi sifatida namoyon bo’lishi, bu jarayonda ularning yordamchisi va maslahatchisi sifatida ishtirok etishi; • O’qituvchi va o’qituvchi o’rtasidagi muloqot xolati hamkorlik va ijodkorlik ruxida bo’lishi; • Darsda o’quv vazifalarini hal etish jarayonida, darsning barcha bosqichlarida bilim va malakadan foydalanish markaziy o’rin tutadi;. • O’quv faoliyati jarayonida o’quvchilar o’rtasida jamoaviy o’quv faoliyati va muloqotni tashkil etish. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling