1.3. Gaz-suyuqlik xromato-mass-spektrometriya (GSX-MS) umumiy
ma‟lumotlar
Bugungi kundagi gaz xromatografiyasi mass-selektiv detektor bilan xromato-
mass-spektrometriya deb ataladigan usulning mashhur bo‘lishi birinchi navbatda
uning o‘ziga xos ma‘lumotlarni olish imkoniyatiga ega ekanligidir. Agar shu
boshqa detektorlar bilan solishtiriladigan bo‘lsa, mass-spektrometriya universaldir
va uning yordamida ma‘lumotlarni olish o‘ziga xosdir. Boshqa detektorlarga
(elektron qamrovchi detektor, galogenli birikmalar uchun, alanga, ionlovchi
detektor - uglevodorodlar uchun) qarama-qarshi holda massspektrometr har
qanday sinf organik moddalarini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari mass-
selektiv detektor omodda haqidagi elektron o‘rishning mass-spektri ko‘rinishidagi
qo‘shimcha ma‘lumot beradi. Elektron o‘rishlardan olingan mass- spektrlar yaxshi
takrorlanadi va ko‘pgina organik birikmalar uchun o‘ziga xosdir. Shunday qilib,
xromato-mass-spektrometriya qudratli usuldir, har qanday organik birikmalar
aralashmasini analizi uchun qo‘llaniladi. Analiz bir necha minutlar davom etadi,
bu esa bugungi kunda xromato-massspektrometriyani eng samarali analitik usul
ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |