Mass-analizator. Ionlanish manbaida hosil bo‘lgan ionlarni ajratish uchun
quyidagi 5 xil mass-analizatorlar ishlatiladi [25]:
1) magnitli,
2) elektrostatikli,
3) vaqt uchuvchanli,
4) ion-siklotronli rezonans va
5) kvadrupolli.
Zamonaviy xromato–mass–spektrometrik sxemalarda eng ko‘p kvadrupolli
analizatorlar ishlatilmoqda.
Detektor. Mass- spektrometrlarda turli detektorlar ishlatiladi. Shu bilan bir
qatorda turli tipdagi elektron kuchaytirgichlar eng ko‘p qo‘llaniladi. Ular
kuchaytirishning yuqori qiymatini ta‘minlaydi va juda kichik ionli tokni
detektorlash imkoniyatini beradi. Bu esa mass-spektrometrlarning gaz
xromatografiyasi uchun detektor sifatida juda yuqori sezgirligini ta‘minlaydi.
Ko‘plab zamonaviy kvadrupolli mass-spektrometrik sistemalarda shovqun (signal)
nisbati 10:1 va undan katta bo‘lganda moddaning piktogramm miqdorini
detektorlashni ta‘minlaydi.
Kvadrupolli mass-analizatorlar mass-spektrlarni etarli darajadagi tezlikda
qayd etadi: skanirlash tezligi sekundiga 10000 a.m.b. gachani tashkil etadi. Bu esa
25
sekund ichida bir necha mass-spektlarni to‘liq qaid etish imkonini beradi.
Xromato-mass-spektrogrammani yozishda har qaysi skanerlash uchun qayd
etiladigan barcha ionlarning intensivligini qo‘shish amalga oshiriladi. Ushbu
xromato-mass-spektrometrik tekshirishda to‘liq ionli tokning vaqt bo‘yicha
o‘zgarishi oddiy xromatogrammalar ko‘rinishiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |