Namangan davlat universiteti
Ma‟lumotlar bazasidan mass-spektrni izlash
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
flavanoidlarning fizik-kimyoviy analizi
Ma‟lumotlar bazasidan mass-spektrni izlash. Ma‘lumotlar bazasidan mass-
spektrni izlash uchun xromato-mass- spektrogrammadan ajratilgan komponentning mass-spektrlar uchun ma‘lumotlari bibilotekasini tashkil etgan kompyuter tizimidagi mass-spektrlar bilan solishtirish yondoshuvi ishlatiladi. Bunday solishtirish natijasida kompyuter spektrlar bibilotekasidan topish uchun taqdim etilgan moddaning borligi aniqlandi. Lekin analiz qilinayotgan modda spektrining bibliotekadagi mass-spektri bilan mos kelishi ushbu moddaning identifikatsiyasi qilindi degan gap emas. Mass-spektrokopiyaning o‘ziga xosligi spektrlardagi turli signallar intensivliklarining past darajada qayta takrorlanishidir. Bu esa mass- spektrlarni qayd etish sharoiti bilan belgilanadi. Shunga bo g‘liq holda kundalik ishda analiz qilinayotgan modda va bibliotekadagi mass-spektrlarning bir xilligiga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham massspektrometrik izlovchi tizim bibliotekadagi spektlar massivini analiz qilinayotgan komponent spektri bilan solishtirib, bibliotekadan o‘xshash spektrlarni ajratadi va ularni o‘xshashalik darajasi bo‘yicha ajratadi. Turli dasturlarda spektrlarni solishlitirishning turli algoritmlari qo‘llanilgan. Ushbu algoritmlarning o‘ziga xosliklariga qaramasdan ular ishlashining oxirgi natijalariga e‘tibor qaratiladi. Qoidaga ko‘ra dasturni ishlashning oxirgi natijasi dasturiy ta‘minotni ishlab chiquvchi tomonidan shkala chegarasidagi sonli qiymatlar bilan xarakterlanuvchi chegarada olingan o‘xshashlik darajasi kamayib borish tartibida joylashgan moddalar ro‘yxatiddir. Masalan, NRAgilent Chem Station seriyasidagi dasturlar uchun moslik darajasi Qual. parametri bilan xarakterlanadi va O dan 100 gacha qiymatlarni qabul qiladi. Agar 100 ga teng bo‘lsa eng yuqori moslikka mos keladi. AMDIS standart dasturi mass-spektrlar bibilotekasida NIST MS Search dasturini qo‘llab izlashda mass- spektrlarning o‘xshashlik darajasi Match parametri bilan xarakterlanadi. Ushbu parametr (o‘xshashlik yo‘q) dan 1000 (maksimal o‘xshashlik) gacha qiymatlarni qabul qiladi. Mass Finder dasturi Hash Value deb ataladigan moslik parametri bilan xarakterlanadi: uning qiymati qancha manfiy bo‘lsa, shuncha analiz 33
qilinayotgan modda spektri bilan spektrlar bibilotikasi o‘rtasidagi moslik shuncha yaxshi bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra Hash Value ning qiymati N-20 va undan kichik bo‘lsa, spektrlar yuqori darajada o‘xshashlikka ega bo‘ladi, musbat qiymatlarda esa spektlarning o‘xshashligi qoniqarsiz deb hisoblanadi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling