Noma‟lum komponentlar bilan ishlash. Agar modda spektrini bibiloteka
massividagi spektri bilan solishtirish natijasida uni aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, u
holda uni aniqlay olmaslikning imkoniy sabablari qaraladi:
-berilgan modda mass-spektri foydalaniladigan mass spektrlar bibilotekasida
bo‘lmagan;
- berilgan komponentning mass-spektri foydalaniladigan mass- spektrlar
bibilotekasida mavjud, lekin qandaydir sababga ko‘ra izlovchi tizim uni taniy
olmaydi;
- tanish uchun taqdim etilgan mass-spektrning sifati yomon;
- tanish uchun taqdim etilgan mass-spektr individual moddaning massspektri
emas;
- ma‘lumotlar bazasida saqlanayotgan mass-spektrning sifati yomon.
Mass-spektrlar bibilotekasida mass-spektrning uchramaslik holati ilgari
o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ob‘ektlarni o‘rganishda tez-tez uchrab turadi.
Bunday holatda qadamba-qadam qo‘llaniladigan vositalar quvvatini oshirishdan
foydalaniladi. Birinchi qadam sifatida mass-spektr bilan va fragmentlanishning
ma‘lum qonunlari asosida [32] pretsizion analiz bajariladi.
Ular asosida berilgan moddaning qaysi organik birikmalar sinfiga taalluqli
ekanligini aniqlashga harakat qilinadi. Bu haqidagi qo‘shimcha ma‘lumotlar
tekshiriladigan aralashmaning kam namunasi kolonkali xromatografiya usulida
ajratish orqali olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |