Namangan davlat universiteti
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ota- onalari bilan umumiy pedagogik ta`lim mashg’ulotlari o’tkazish uchun metodik tavsiyalar
Download 0.63 Mb.
|
umumiy orta talim maktabi oquvchilarining ota-onalariga pedagogic bilim berisnning pedagogik asoslari
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ota- onalari bilan umumiy pedagogik ta`lim mashg’ulotlari o’tkazish uchun metodik tavsiyalar.
Tushuntirish xati Ushbu dastur ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’ibot qilishda maktab pedagogik jamoasiga yordam berishga mo’ljallangan. Dasturda 1-IV sinf, ya’ni kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ota-onalari bilan o’tkazilishi ko’zda tutilgan mashg’ulotlar berilgan. Dasturda milliy ruhdagi tarbiyaning tarkibiy qismlari bo’yicha 24 ta mashg’ulot rejasi tavsiya qilingan. Shuningdek, kerakli adabiyotlar ro’yxati ilova qilingan. Mashg’ulotlarni o’tkazishda pedagog, pedagogik targ’ibotni maktab, oila oldida turgan aniq vazifalarga bog’lashi va tinglovchilarning istaklari hamda bolalarning yoshini hisobga olishi lozim. Shuning uchun o’qituvchi dasturdan foydalanganda, mavjud shart-sharoitlarga asosan uni o’zgartirishi, qo’shimchalar kiritishi mumkin. Ma`ruzaga tayyorlanishdan avval pedagog, pedagogik adabiyotlar bilan tanishib chiqishi va ma`ruza mazmuniga mos keladigan manbalardan va ota-onalarning bola tarbiyasidagi tajribalaridan foydalanishi lozim. Ota-onalarning bola tarbiyasida duch kelishlari mumkin bo’lgan qiyinchiliklari ham nazarda tutiladi. Ma`ruzachi pedagogik masalalardan foydalanganda, ularni tahlil qilishi va xulosalar chiqarishi katta ahamiyatga molikdir. Oila tarbiyasidagi tipik(ko’p uchraydigan) xatoliklar va kamchiliklarni oldini olish yo’llariga ota-onalarning diqqatini jalb qilish kerak. Ma`ruza jarayonida ota-onalarni pedagogik bilimlar, ularni amaliyotga tatbiq etish yo’llari va usullari bilan qurollantirish, ularga bolalarga to’g’ri tarbiya berishda izchillik va talabchanlikka to’la rioya qilinsagina muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligi uqtirib o’tiladi. Ma`ruzaning yuqori g’oyaviy-nazariy saviyasi, bayon qilinishining aniqligi, jonli hamda tushunarli bo’lishi dastlabki omildir. Yaxshi tayyorlangan ma`ruza tinglovchilarda albatta, pedagogik masalalar ustida mulohaza yuritish, o’z tarbiyaviy tajribalariga tanqidiy qarashni, pedagogik adabiyotlarni o’qib o’z bilimlarini to’ldirish imkoniyatini yaratadi. Alohida tahlil va o’zlariga tegishli bo’lgan savollarga ma`ruzadan keyin yakka tartibda javob berilishi maqsadga muvofiqdir. Ma`ruza materiallarini kengroq yoritilishi va tinglovchilar tomonidan o’zlashtirilishi uchun maktab kutubxonalarida ma`ruza mavzusiga oid kitoblar ko’rgazmasini tashkil qilinishi maslahat beriladi. Dastur o’quv yili mobaynida taxminan oyiga bir yoki ikki marta mashg’ulot o’tkazilishi uchun mo’ljallangan. Tinglovchilarga ma`ruzaga qatnashish uchun o’quv yili oldidan ma`ruza mavzulari, o’tkazilish muddati, e`lon qilinishi foydadan holi emas. Mashg’ulotlarda muntazam, faol ishtirok etayotgan ota-onalar, pedagogik bilim, hayotiy tajribalarining oshishi natijasida, maktabning o’quv-tarbiya ishlaridagi tayanchi hamda faol ishtirokchisiga aylanishiga ishonchimiz komil. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling