Namangan davlat universiteti xusanboyeva fotima rustsmjon qizi
Download 83.55 Kb.
|
dissertatsiya fotima
m =1 / cosθ (7)
formula orqali aniqlanadi, bu yerda θ fotoelement bilan zenit va quyoshni tutashtiruvchi to`g`ri chiziqlar orasidagi burchak, ωatmosferadagi suv bug`lariningmiqdorini xarakterlaydi. Bu kattaliklarning aniq qiymatini bilgan holda quyoshradiyatsiyasining chastatalar bo`yicha taqsimotini va shu bilan birga energiyasi Egga teng va undan katta bo`lgan fotonlarning to`liq sonini 24 aniqlash mumkin, ya’ni keng tarqalgan kremniy asosidagi QE lari konstruktsiyasi p- va nmaterialningbir-biriga tutashtirishdan hosil qilinadi. YaO` material ichidagi p- van-tip orasidagi o`tish sohasi (chegara xududi) elektronteshik yoki p-n o`tishdeyiladi.Termodinamik muvozanatda elektron va teshiklar muvozanat holatinibelgilovchi Fermi sathi materialda bir xil holda bo`lishi kerak. Bu shart p-n o`tishhududida ikkilangan zaryadli qatlam hosil qiladi va uni hajmiy zaryad qatlamideyilib, unga taalluqli elektrostatik potentsial paydo bo`ladi.P-n tuzilma sirtiga tushgan optik nurlanish, sirtdan material ichiga qarab p-no`tish yo`nalishiga perpendikulyar ravishda kontsentratsiyasi kamayib boruvchielektron-teshik juftliklar xosil qiladi. Agar sirt yuzasidan p-n o`tishgacha bo`lganmasofa nurning kirish chuqurligidan (1/αdan) kichik bo`lsa, elektron-teshikjuftliklar p-n o`tishdan ichkarida ham hosil bo`ladi. Agar p-n o`tish juftlik hosilbo`lgan joydan diffuzion uzunlikka teng masofa yoki undan kamroq masofadabo`lsa, zaryadlar diffuziya jarayoni natijasida p-n o`tishga yetib kelib, elektrmaydoni ta'sirida ajratilishi mumkin.Elektronlar p-n o`tishning elektron bor bo`lgan qismiga (n-qismiga),teshiklar p-qismiga o`tadi. Tashqi pva n-sohalarni birlashtiruvchi elektrodlarda(kontaktlarda) potensiallar ayirmasi hosil bo`lib, natijada ulangan yuklanmaqarshiligi orqali elektr toki oqa boshlaydi.P-n o`tishga diffuziyalangan asosiy bo`lmagan zaryad tashuvchilar, potensialto`siq bo`lganligi sababli, ikkiga ajratiladi. Ortiqcha hosil bo`lgan (to`siqyordamida ajratilgan) va to`plangan, n-sohadagi elektronlar va p-sohadagi teshiklarp-n o`tishdagi mavjud hajmiy zaryadni kompensatsiya qiladi, ya'ni mavjud bo`lganelektr maydoniga qarama-qarshi elektr maydonini hosil qiladi.Yoritilish tufayli tashqi elektrodlarda potensiallar ayirmasi hosil bo`lishibilan birga yoritilmagan p-n o`tishdagi mavjud potensial to`siqning o`zgarishi ro`yberadi. hosil bo`lgan foto-EYuK bor bo`lgan potensial to`siq qiymatinikamaytiradi. Bu esa o`z navbatida qarama-qarshi oqimlarning paydo 25 bo`lishinita'minlaydi, ya'ni elektron qismdan elektronlar oqimini, p-qismdan teshiklaroqimini hosil qiladi. Bu oqimlar 9-rasmda yoritilmagan p-n o`tishli yarimo`tkazgichda energetik sohalar strukturasi (a), elektrostatik potensial taqsimoti (b).2L - hajmiy zaryad sohasining kenglini, UE - p-va n- sohalar chegarasidagimuvozanat xol uchun elektrostatik potensial, Eg - man qilingan zona kengligi,shtrixlangan chiziq - muvozanat holi uchun Fermi sathi.p-n o`tishga qo`yilganelektr kuchlanishi ta'siri natijasida to`g`ri yo`nalishdagi tok bilan deyarli tengbo`ladi.Yoritilish jarayoni boshlangan vaqtdan boshlab ortiqcha (muvozanatdagiganisbatan) zaryadlarning to`planishi (elektronlarning n-sohada va teshiklarning psohada)potensial to`siq balandligini kamaytiradi, yoki boshqacha qilib aytgandaelektrostatik potensialni pasaytiradi. Bu esa o`z navbatida tashqiyuklanmadan oqayotgan tok kuchini oshiradi va qarama-qarshi oqimlar hosilqiluvchi elektronlar va teshiklar oqimini p-n o`tish orqali o`tishini ta'minlaydi.Yorug`lik tufayli hosil bo`lgan ortiqcha juftliklar soni p-n o`tish yoki tashqiyuklanma orqali ketayotgan juftliklar soniga teng bo`lganda statsionar muvozanathosil bo`ladi. Odatda bu hol yoritilish jarayonining mingdan bir soniyasi davomidaro`y beradi.QE qisqa tutashuv Iqt tokini, tushayotgan optik nurlanish zichligi va spektraltarkibiga bog`liq holda o`rganish, element tuzilmasi ichida bo`layotgan har birnurlanish kvantining elektr energiyasiga aylanish jarayoni samaradorligi haqidatasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi. Ma'lum yorug`lik oqimi zichligitushayotgan QE uchun quyidagi tenglamani keltirish mumkin. Download 83.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling