Namangan davlat universiteti xusanboyeva fotima rustsmjon qizi
Oddiy bochka shaklidagi Quyosh suv isitgichlari
Download 83.55 Kb.
|
dissertatsiya fotima
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish
3.3. Oddiy bochka shaklidagi Quyosh suv isitgichlari.
Berk qoraga bo’yalgan bochka idish ichiga quyilgan suv yoz kunlarida juda tez isiydi. Bunday isigan suvlardan foydalanib maishiy xizmat ko’rsatish ishlarida, kirlarni yuvish va oshxonalardagi idish – tovoqlarni tozalashda foydalanish mumkin bo’ladi. Ko’pgina shaxsiy xo’jalik dushdan shunday maqsadlarda foydalanadi. Bunday qurilmalarda sferik va slindrik sirtlar, yassi sirtlarga nisbatan issiqlikni kam yig’ishni ko’p hollarda e’tibordan chetda qoldirganmiz. Ilmiy kuzatishlar turli turlardagi past temperaturali isitgichlarning samaradorligini o’rganishlar natijasida 35 ,,issiqlik quti’’ turi eng yaxshi qurilma ekanligini ta’kidlash mumkin. Quvurli quyosh suv isitgichlari. Tadqiqotlar yuqorida keltirilgan suv isitgichlarning turlari orasida eng qulayi quvurli Quyosh suv isitgichlari ekanini ko’rsatadi, ularning tuzilishi va ishlash jarayoni juda sodda (7 – rasm). 7 – rasm. Quvurli quyosh suv isitgichi tuzilishining sxemasi. 1 – izolyatsiyalangan ,,issiqlik quti’’, 2 – issiqlik izolyatsiya qatlami, 3,4 – metall kollektor, 5 – shisha. Uning asosiy qismi suv isituvchi element – metall kollektor (2)dan iborat bo’lib, quyosh radiatsiyasini ko’proq yutish maqsadida uning sirti qora lakka bo’yadim. Kollektor sifatida biri ustiga ikkinchisi joylashtirdim, o’zaro payvandlangan to’lqinsimon po’lat yoki alyuminiy tunuka, suv quvurlari, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yassi radiatorlar bo’lishi mumkin. Kollektor taxta, plastassa yoki metalldan yasalgan va ustki qismi bir yoki ikki qavat (5) shisha qoplangan ,,issiq quti’’ deb ataluvchi yassi quti (1) ichiga o’rnatiladi. Quyosh energiyasidan maksimal foydalanish maqsadida geliosuv isitgichlar quyosh radiatsiyasiga nisbatan mumkin qadar tik o’rnatishim kerak edi. Uni gorizontga nisbatan egallagan burchagi joyining geografik kengligiga bog’liq bo’ldi. Hisoblashlardan ma’lum bo’ldiki, 40 – 41o kenglikda geliosuvisitgich gorizontga nisbatan qiyaligi 30o burchak ostida o’rnatilsa, uning unumdorligi eng katta bo’lar ekan. Shishaning shunday xususiyati borki, u o’zidan qisqa to’lqinli quyosh nurini ,,issiq quti’’ ichiga o’tkazadi, lekin qizigan metall kollektor sirtidan 36 chiqayotgan uzun to’lqinli nurni tashqariga o’tkazmaydi, natijada ,,issiqxona effekti’’ hosil bo’lib, ,,issiq quti’’ ichida harorat ko’tarildi, kollektor va undan o’tayotgan suv isidi.Bu suv bak – akkumulyatorga to’planib, undan zarur maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Bak – akkumulyator ichida issiq suvni uzoq muddat saqlab qolish maqsadida , bak devorlari ikki qavat yasab, ular orasi issiqlikni yomon o’tkazadigan material bilan to’ldiriladi. Quvurli suv isitgichida yog’och quti (1) ning tagiga issiqlik izolyatsiya qatlami (2) joylandi. Issiqlik izolyatsiyasi ustini qoraga bo’yalgan metall tunuka qozon (3) bilan qoplandi. Qozon (3) dagi parallel kanalchalarga metall quvurlar (4) yotqizildi, quvurlarning ikkala uchiga rezinka quvurlar yordamida katta diametrli quvur kollektor maxkamlandi, kichikroq o’lchamga ega isitgichlarda quvurlarni kollektorni mos joylarida bevosita kavsharlab qo’yildi. Kichikroq o’lchamga ega bo’lgan suv isitgichlarning yuzini ancha qalin oyna bilan qoplandi, kattaroq (yuzi 10m2) isitgichlarda esa odatda isitgich yuzining ustki yarmisini ikki qavat oyna bilan qoplanadi. Amalda gelioqurilma sirtiga yil davomida tushgan yig’indi radiatsiya miqdori, olingan foydali issiqlik miqdori bo’linib, geliosuvisitgichning foydali ish koeffitsiyentini hisoblash mumkin. Toshkent viloyati sharoitida bu FIK 0,36 dan 0,45 gacha bo’lishi aniqlangan ekan.1930 – 1935 yillarda K.G.Trofimov tomonidan O’zbekistonda qurilgan birinchi geliosuvisitgich kollektor zich joylashgan suv quvurlaridan, ayrimlari yassi qora tunukadan iborat bo’lib, tunuka sirtiga suv ilon izi tarzida oqishi uchun to’siqchalar o’rnatilgan ekan.B.V.Petuxov quvur turidagi geliosuvisitgichlarning har xil konstruksiyalarini o’rgangan bo’lib, uning geliosuvisitgichining har 1m2 sirtidan kuniga harorati 55oC bo’lgan 65 lissiq suv olish mumkin bo’lgan. 37 8 – rasm Bu qurilmada bak – akkumulyator isigan suv yig’iladigan va issiqlikni yomon o’tkazadigan moddalar bilan o’ralgan idishdan iboratdir. Sovuq suv keladigan quvuq (4) quvur bak – akkumulyator (3) ning pastki qismiga ulangan bo’lib, bundan tashqari bak – akkumulyator pastki sirkulyatsiya quvuri (2) yordamida isitgich (1) ning pastki kollektor quvuriga biriktiriladi. Isitgich yuqorisidagi kollektor quvuri ham sirkulyatsiya quvuri orqali bak – akkumulyatorning ustki qismi bilan tutashtirildi. Isigan suvni bak – akkumulyatordan quvur (5) bo’yicha olib ketadi. Qo’zg’almas qilib joylashtirilgan bunday suv isitgichini janub tomonga qaratib quyosh nurlanish radiatsiyasi maksimal tushadigan qilib gorizontga og’ma ravishda o’rnatilgan.Suv isitgichdan yoz oylaridagina foydalanish nazarda tutilsa, uni janubga qaratib gorizont bilan olingan joyning geografik kengligidan 10 – 12okam burchak ostida o’rnatilsa bo’ladi. Agar suv isitgichdan 7 oy davomida foydalanilsa, ularning olingan joyning geografik kengligiga teng burchakda gorizontga qiya qilib o’rnatiladi. Shu tarzda tayyor bo’lgan qurilmani suv bilan to’ldirsak, quyosh nurlari tushishida suvning isishi natijasida isitgich va bak – akkumulyator bo’ylab suvning termosifon aylanishi ro’y berdi. Isitgich yuqorisidagi sirkulyatsiya quvurni bak – akkumulyatorning ustki kollektoriga nisbatan bir oz yuqoriroq o’rnatildi. Bak – akkumulyatordagi suv sathi ustki kollektor sathidan past bo’lmasligi kerak, aks holda termosifon aylanish ro’y bermaydi. Bak – akkumulyatorni sovuq suv bilan ta’minlash suv o’tkazish tizimi yoki boshqa biror katta hajmli idish – bochka orqali bajariladi. Bak – akkumulyatordagi suvning 38 temperaturasi kranni ochish yoki yopish bilan boshqariladi. Olib borilgan tekshirishlarda yoz vaqtida kun davomida quvurli suv isitgichda suvni 15o C dan 50o C gacha isitilgan suv isitgichning har 1m2 yuzasidan 60 – 70 l gacha, 75o C gacha isitilganda 20 – 30 l gacha suv olingan. Ko’rinib turibdiki, isitgichdan olinadigan isigan suvning temperaturasi qanchalik orta borsa, suv isitgichlarning har 1m2 yuzasida kun davomida isitiladigan issiq suv miqdorini isitgichning unumdorligi deyiladi. Quyidagilar isitgichning unumdorligini oshiradi: 1) Suv isitgichning quyoshning ko’rinma harakati bo’yicha burila olishligi; 2) Isitgichdan olinadigan issiq suv, sovuq suv va muhit temperaturasi; 3) Isitgichning konstruksiyasi; 4) Isitgichni yasashdagi ish sifati; Quyosh suv isitgichlari ham barcha quyosh qurilmalari kabi turli xil yoqilg’ilarni tejash imkonini beradi. Bu fikrimning dalili sifatida quyidagi misolni keltiraman. Quyosh suv isitgichining 1m2 yuzi temperaturasi 15o C bo’lgan 60 l suvni kun davomida 50o C gacha isitadi. Mavsum davomida (210 kun ) shuncha suvni 15o C gacha isitishda tejalgan yonilg’i ( tosh ko’mir ) miqdorini aniqlaymiz. Yonilg’i bilan ishlaydigan suv isitgichning F.I.K. 50% ga tengligidan Quyosh suv isitgichi 1m2 yuzi hisobiga 1 kunda 0,6 kg toshko’mirni tejash mumkin bo’ladi. 210 kun davomida esa 126 kg toshko’mir tejash mumkin. Zavod ishlab chiqargan dastlabki geliosuvisitgichning uzunligi 2,71 m, eni 1,21 m va yuzi 3,39 m2 bo’lib, kollektor uzunligi 2,5 m, eni 1,08 m va yuzi 2,70 m2 ga teng.Quyosh suv isitgichlarini yasash uchun sarflangan harajatlar 2,5 – 3 yilda qoplanadi. Shuning uchun quyosh suv isitgichlarini keng joriy qilish zarur. Endi quyosh suv isitgichdan foydalanishga misollar keltirsak. Quyosh isitgichlarida mamlakatimiz sharoitida yoz oylarida hammomlarda, kir yuvish 39 bo’limlarida, dam olish lagerlarida, sanatoriyalarda issiq suv yetkazib berishda foydalanish mumkin. Shuningdek, daladagi fermer xo’jaliklari shiyponlarida, maktablarda quyosh suv isitgichidan foydalanish ko’p qulayliklar yaratadi. Shunday qilib, quyosh suv isitgichlari turli – tuman sohalarda qo’llanilsa bo’ladi.Bir qavatli shishada 82 % , ikki qavatli shishada 69 % , uch qavatli shishada 50 % va hokazo tushuvchi quyosh nurlanish radiatsiyasini o’tkazadi.,,Issiq quti’’ quyoshga nisbatan shunday joylashtirildiki, tushuvchi quyosh nurlari 90o burchak hosil qiladi. Hisoblashlarimiz shuni ko’rsatadiki, quyosh nurlarining tushish burchagi normalga nisbatan 20o bo’lganida shisha 6 % ni, 40o bo’lganida shisha 24 % ni, 60o bo’lganida shisha 50 % ni, 80o bo’lganida shisha 83 % ni issiqlikni isrof qiladi.,,Issiq quti’’ da quyidagi fizik jarayon sodir bo’ladi: quyosh nurlarining qisqa to’lqinli elektromagnit qismi issiqxona qutisi ichiga joylashgan qora materialda yutiladi; quti asosan uzun to’lqinli issiqlikni nurlantiradi, shisha bu nurlanishni tashqariga chiqarmaydi. Shunday qilib, quti ichidagi havo qiziydi, termoizolyatorli asos va devorlar issiqlik isrofini kamaytiradi. Agar bunday ,,issiq quti’’ ni gorizontal joylashtirib, qoraytirilgan metall quti ichiga kiritsak va suv to’latilsa unda bu suv 60o gacha isishi aniqlandi.Yaxshi natija olish uchun, qozon va jamlagichni bir – biridan bo’ladi. Bunday konstruksiya suv quvurli isitgich deb ataladi. Bu kostruksiyaning asosida yassi qozon bor bo’lib, ichki ostki va yuqori ustki taraflari temir plastinka bilan qotiriladi. Bunda isitiladigan sirt bilan plastinkalar orasidan yupqa suv qatlami o’tadi va u isiydi.Qozonga ichiga quyilgan suv isish natijasida yuqoriga ko’tarildi va suv sirkulyatsiyalanishini hosil qildi. Bunday qurilmalar yordamida soat 12 – 13oo larda suv juda tez isiy boshladi. 40 9 – rasm. Suv isitgich Qish faslida xonadonlarni issiq suv bilan isitish va issiq suv bilan ta’minlash masalalarini faqat geliosuvisitgichlar yordamida hal qilib bo’lmaydi.SHuninguchungeliosuvisitgichlarbilanbirqatordaqo’shimchasuvisituv chimanbalar – dublyorlarbo’lishikerak. Bu qurilma 9- rasmdako’rsatilgan.Qishmavsumida, bulutlikunlardasuvqo’shimchamanbayordamidaisitilibiste’molchilargayuboriladi . Bundaysistemalarxonadonlarniisitishuchunsarfbo’lganyoqilg’ining 50-60% nitejashimkoniyatiniberadi. Geliohavoisitgichlaryordamidaxonadonlarniisitishko’zdatutilgandaissiqliknito’pl ashakkumulyatsiyaqilishmaqsadidaoddiytoshlardanfoydalanishtavsiyaetiladi. Uynin gjanubtomonigaqaratilgandevorivatomigagofrlanganvasirtiqoragabo’yalgantunu kao’rnatilib, uningustkiqismibiryokiikkiqavatderazashishasibilanqoplandi. Qizigantunukasirtibo’yalibventilyatoryordamida haydalganhavoisiydivauuydevorlariorasigajoylashtirilgantoshlarorasidano’tishin atijasidaissiqlikniakkumulyatsiyaqilinadi. Bu to’plangan issiqlik tufayli kechalari uy haroratini normal ushlab turishga imkon beradi. 1973 yilda shunday uylardan biri qurildi. U ikkita bir qavatli uch xonali yog’och uylardan iborat. Har bir uy maydoni 58,6 м2 bo’lib, foydali maydoni 50,9 м2 ga teng. 41 Uyning ichki devorlariga toshlar to’ldirilgan konteyner-akkumulyatorlardan 10 tasi o’rnatilgan. Tashqi muhit temperaturasi (- 150C ) bo’lganda bu uy har soatda qarayib 1,1×109 J issiqlik yo’qotadi. Uy tomiga sirti 74 м2 bo’lgan va gorizontga nisbatan 3 0 0 burchak ostida joylashtirilgan geliosuvisitgichlar tashqi temperatura 3- 60C va quyosh radiatsiyasi 1,26×107 J/( м2 / кун) bo’lganda beradigan issiqlik miqdori 2,29×107 J, ya’ni ikki marta ko’pdir qiymatni tashkil qiladi. Uyning janub tomoniga ham sathi 54 м2 bo’lgan oynavand issiqxona qurilgan. Bu issiqxona uyni isitish uchungina emas, balki bodring, pomidor, ukrop, petrushkalar yetishtirish uchun ham foydalaniladi. Geliosuvisitgichlarga bo’lgan ehtiyoj ulardan qanday maqsadlar uchun foydalanishga va olinishi zarur bo’lgan issiq suv miqdoriga bog’liqdir. Uy-xo’jalik maqsadlari uchun kishi boshiga 1- 1,5 м2 geliosuvisitgich yetarli hisoblansa, turar joy va korxonalarni isitish uchun 4-5 м2 geliosuvisitgichlar talab etiladi.Komplektasiya tanlash vaqtida quyidagi qoidalarni nazarda tutish lozim: 1. Tizim turi - integratsiyalashtirilgan (passiv) yoki split (aktiv). 2. Agarda siz qish fasli mo'tadil kechadigan hududda (qish kunlari quyoshli. kechasi havo harorati -10°C dan pastga tushmayidi) bolsangiz, kollektorni mavsumiy ishlashini inobatga olib integratsiyalashtrililgan tizim tanlanadi. Qolgan holatlarda quyoshli kontur muzlamaydigan suyuqlik bilan toldirilgan split tizimi qo'llanilgani ma'qul. 3. Quyoshli kollektor hamda bak olchami. Odatiy honadon sharoiti uchun ushbu parametrlami quyidagi mutanosiblikdan kelib chiqqan holatda qo'llash mumkin: 1 kishi uchun bakning 100 litr hajmi, har 100 litrga kollektor uchun 1 kvadrat metrdan kam bo’lmagan maydon talab qilinadi. Ya'ni, 3 kishilik oila uchun 300 litr hajmga ega bak va maydoni 3 kvadrat metrdan iborat kollektor o’rnatiladi. Bak va kollektoming aniq o’lchamini iste’mol qilinayotgan issiq suv hajmidan, quyosh radiatsiyasi kuchi, hamda iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan 42 holda hisoblanadi.Kollektor. Quyosh energiyasi kollektorida quyosh (infraqizil) nurlari ta'sirida quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylanish jarayoni kechadi. Natijada, panel qizib uning kanallari orqali suyuq issiqlik tashuvchi trubkalar o'ziga issiqlik quwatini singdirib oladi. Quyoshli kollektorlarni janub tomonga yo'naltirilishi tavsiya etiladi (60° gacha tizim samarasiga jiddiy ta’sir ko'rsatmaydi). Shuningdek, bir guruh kollektorlarni g'arbga, boshqa guruhini esa sharqqa qaratib o'rnatish imkoni mavjud. O'zbekiston hududining o'rta qismida yoz faslida kollektorlarning 30-35° qiyalik burchagi ostida o'rnatilishi maksimal samaralikka erishish imkonini beradi; yil bo’yi ishlashga mo'ljallangan kollektorlarning 50-60° qiyalik burchagi ostida o'rnatilishi maqsadga muvofiq bo'ladi (yoz faslida samaralik kamaygani hisobiga boshqa fasllarda samaralik oshadi); qish mavsumida ishlashga moljallangan kollektorlar (isitish tizimlari uchun) 80-90° qiyalik burchagi ostida o'rnatiladi va qishda ishlash samaradorligi oshib yoz faslida kamayadi.Bak-lssiqlikalmashuvi-akkumulaytor. Quyosh energiyasidan ishlaydigan tizim, quyoshning issiqlik energiyasini to'plab, uning kunning turli vaqtida islash ehtiyojini keltirib chiqaradi, ya'ni bak-akkumulyator qo’llashni talab qiladi. Bunday talab quyosh nurlari kun davomida barqaror emasligi, issiq suv va isitish ta'minotiga bo'lgan talab esa quyosh nurlari yo'q bo'lganda ham mavjud ekanligidan kelib chiqadi.Quyosh isitish tizimlari samaradorligi bak-akkumulaytorni to'gri hajmga egaligiga bogliq. Barcha boylerlaryopiq joyda va iqlim ta'siridan himoyalangan (ochiq havoda ishlashga mo'ljallanmagan) bo'lishi lozim. Quyoshli tizimlardan suv isituvchi moslamalarning quyidagi turlarini ajratib o'tish mumkin:Vositali isuvchan vertikal baklar. Tabiiy hamda issiqlik uzatuvchi qurilmani majburiy sirkulyasiya qiluvchi tizimlarda qollash mumkin. Bir dona issiqlik almashtirib beruvchi qurilma bilan: bir dona issiqlik almashtirib beruvchi qurilma maydoni o'rnatilayotgan quyoshli kollektorlarning maydonidan olinadigan issiqlik quwatini to'plash uchun yetarli bo'lgan, hamda bir konturli qozon bilan qoshimcha isitishga hojat bo'lmagan tizimlarda qo'llaniladi (qo'shimcha vosita sifatida trubkali elektr isituvchi element (TEN) o'rnatiladi yoki ikki konturli 43 qozon orqali qo'shimcha isitish amalga oshiriladi). Ikki dona issiqlik almashtirib beruvchi qurilma bilan: bir konturli qozondan takroriy vosita sifatida, shunungdek isitish tizimi uchun quyoshning issiqlik energiyasini to'plashga ehtiyoj mavjudligida qo'llaniladi. Agarda siz qozonxona qurayotgan bo'lsangiz va kelajakda quyoshli tizim o'rnatishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz bir konturli qozon va ikkita issiqlik almashtirib beruvchi qurilmali bak (tepadagisiga qozon ulanadi) o'rnatish maqsadga muvofiq bo'ladi. Vositali isuvchan gorizontal baklar. Bak hajmi 125-200 litr. Issiqlik almashtirib beruvchi vositaning tabiiy sirkulyatsiyaga ega quyosh tizimlarida va vertikal bak o'rnatish imkoni yo'q holda qo'llaniladi. Gorizontal bak tom qismida qulayjoyiashadi. Qolgan holatlarda vertikal bak qo'llanishini tavsiya etamiz. Kontroller- issiqlik almashtirib beruvchi qurilmani majburiy sirkulyasiya qiluvchi quyoshli tizimning ajralmas qismi. U quyosh energiyasidan isish jarayoni va tizimning holatini boshqarish, hamda umumiy tizimdagi texnik jarayonlarni boshqatish uchun zarur. Kontroller harorat o'lchagichdan (ulardan biri quyoshli kollektor ichida bo'lishi shart) malumot qabul qilib kerak bo'lgan ish rejimini tanlaydi. Quyoshli tizimning samaradorligi va havfsizligi kontrollerga bog'liq, ya'ni quyoshli tizimning ishlashi uchun o'rnatilgan algoritmlar va elementlarning ishonchli ekanligiga bog'liq.Nasos stantsiyasi majburiy sirkulyatsiyali quyoshli tizimlarda (bunday tizim tabiiy sirkulyatsiyali tizimdan 30% ga samarador) qo'llanilib issiqlik tashuvchi moddani kollektor aylanasida sirkulyatsiyasini ta'minlab beradi (bak-kollektor-bak). Kollektor aylanasining gidravlik qarshiligi past bo'lgani sababli kam quwatli, olinayotgan issiqlikka qaraganda juda ham kam elektr quwati sarflaydigan nasoslar qo'llash mumkin. Nasosning quvvati quyidagi omillarga bog'liq: 1.Kollektorlar soni 2.Issiqlik tashuvchi modda 3.Quyoshli kollektorlardan bakgacha o'tgan quvurning uzunligi va diametri. 44 Quvur va issiqlik izoIyatsiyasi.Plastik trubalar yuqori haroratlarga chiday olmasligi sababidan (hatto samarasi past quyoshli kollektorlarning konturidagi bug’ning maksimal harorati 150°C, issiqlik tashuvchi moddaning ishchi harorati esa 110°C ga yetadi) metal quvur qo'llash lozim (mis, zanglamas polat). Xuddi shu sababdan yuqori haroratga chiday oladigan va nam tortmaydigan bo'lishi kerakligi uchun issiqlik izolyatsiyasiga yuqori talab qo'yiladi. Ko'pirtirilgan kauchukli izolyatsiya bu borada barcha talablarga javob beradi. Quvurdagi issiqlik quwati yo'qotilishini etarlicha kamaytirish, hamda havfsizlik nuqtai nazaridan 19 mm dan kam bolmagan issiqlik izolyatsiyasi ishatilishi shart. Haroratni pasaytiruvchi qatlamsiz ko'pirtirilgan polietilendan o'ralgan issiqlik izolyatsiyasini ishlatish mumkin emas. Quvurning diametri tizimning gidravlik qarshiligidan va issiqlik tashuvchi moddaning ishlab chiqaruvchi harajatidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Tanlanayotgan tizim parametrlari va quvur diametrik nasos stantsiyalari paramatrlari bilan mutanosib bo'lishi kerak. Kengayuvchan baklar. Quyosh kollektorlarining konturi -yopiqdir, issiqlik darajasi o'zgarishida suyuqlik hajmi o'zgaradi va hajm o'zgarishlarini kompensatsiyalash uchun keneavuvchan baklardan fovdalanish lozim. Zaruriv talablar: • ishlash bosimi 6 atm., maksimum 10 atm. • ishlash muddatini uzaytirish uchun, azot yostig’ini hosil qildirish kerak. Armatura.Sistemaning boshqa elementlariga bo'lganday armaturasiga ham asosiy talab bu uzoq muddat ekspluatatsiya qilina olinishi va chidamlilik. O’rnatish metallokonstruktsiyasi. Barcha konstruktsiya va qotirish elementlari zanglashning oldini oluvchi materiallardan yasaladi (zanglamas po'lat yoki anodlangan aluminiy) va shamolning 30 m/s tezligiga mo’ljallangan bo'ladi 3.4 2.2 Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish Yer atmosferasi o‘zining optik xususiyatlariga asosan selektiv yorug‘lik filtri bo‘lib, koinotdan kelayotgan quyosh nurlanishini o‘zgartiradi. Agar nurlanish oqimi atmosferadan o‘tib Yer sirtiga tik tushsa, u holda nurlanish bosib o‘tgan optik masofa bir atmosfera massasiga teng deb hisoblanadi va AM1 bilan belgilanadi. Qiya tushayotgan nurlarning optik masofasi uzunligini ularning AM1 optik masofa kattaligiga qiyoslab aniqlash mumkin. Agar nurlanish oqimi atmosfera ta’sirida o‘zgarmasa, uning optik atmosfera massasi nolga teng bo‘lib, u AM0 deb belgilanadi. 27 To‘g‘ridan – to‘g‘ri tushayotgan Quyosh nurlanishi oqimining dengiz sathida qoq tush paytida ochiq havoda Yer sirtidagi energetik yoritilganligi 2 100mW sm ga teng deb hisoblanadi [2]. Insolyatsiya deb, ma’lum geografik hududda Yer sirtiga tushayotgan Quyosh nurlanishining miqdoriga aytiladi. Insolyatsiya, Yer – Quyosh tizimida masofaning Ultrabinafsha nurlanish, koinotda yuqori intensivlikka ega bo‘lishiga Download 83.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling