Namangan davlat universiteti xusanboyeva fotima rustsmjon qizi


Oddiy bochka shaklidagi Quyosh suv isitgichlari


Download 83.55 Kb.
bet16/19
Sana17.02.2023
Hajmi83.55 Kb.
#1208257
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
dissertatsiya fotima

3.3. Oddiy bochka shaklidagi Quyosh suv isitgichlari.
Berk qoraga bo’yalgan bochka idish ichiga quyilgan suv yoz
kunlarida juda tez isiydi. Bunday isigan suvlardan foydalanib maishiy
xizmat ko’rsatish ishlarida, kirlarni yuvish va oshxonalardagi idish –
tovoqlarni tozalashda foydalanish mumkin bo’ladi. Ko’pgina shaxsiy xo’jalik
dushdan shunday maqsadlarda foydalanadi. Bunday qurilmalarda sferik va
slindrik sirtlar, yassi sirtlarga nisbatan issiqlikni kam yig’ishni ko’p
hollarda e’tibordan chetda qoldirganmiz. Ilmiy kuzatishlar turli turlardagi
past temperaturali isitgichlarning samaradorligini o’rganishlar natijasida
35
,,issiqlik quti’’ turi eng yaxshi qurilma ekanligini ta’kidlash mumkin.
Quvurli quyosh suv isitgichlari. Tadqiqotlar yuqorida keltirilgan suv
isitgichlarning turlari orasida eng qulayi quvurli Quyosh suv isitgichlari
ekanini ko’rsatadi, ularning tuzilishi va ishlash jarayoni juda sodda (7 –
rasm).
7 – rasm. Quvurli quyosh suv isitgichi tuzilishining sxemasi.
1 – izolyatsiyalangan ,,issiqlik quti’’, 2 – issiqlik izolyatsiya qatlami,
3,4 – metall kollektor, 5 – shisha.
Uning asosiy qismi suv isituvchi element – metall kollektor (2)dan iborat
bo’lib, quyosh radiatsiyasini ko’proq yutish maqsadida uning sirti qora
lakka bo’yadim. Kollektor sifatida biri ustiga ikkinchisi joylashtirdim, o’zaro
payvandlangan to’lqinsimon po’lat yoki alyuminiy tunuka, suv quvurlari,
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yassi radiatorlar bo’lishi mumkin.
Kollektor taxta, plastassa yoki metalldan yasalgan va ustki qismi bir yoki
ikki qavat (5) shisha qoplangan ,,issiq quti’’ deb ataluvchi yassi quti (1)
ichiga o’rnatiladi.
Quyosh energiyasidan maksimal foydalanish maqsadida geliosuv isitgichlar
quyosh radiatsiyasiga nisbatan mumkin qadar tik o’rnatishim kerak edi. Uni
gorizontga nisbatan egallagan burchagi joyining geografik kengligiga
bog’liq bo’ldi. Hisoblashlardan ma’lum bo’ldiki, 40 – 41o kenglikda
geliosuvisitgich gorizontga nisbatan qiyaligi 30o burchak ostida o’rnatilsa,
uning unumdorligi eng katta bo’lar ekan.
Shishaning shunday xususiyati borki, u o’zidan qisqa to’lqinli quyosh
nurini ,,issiq quti’’ ichiga o’tkazadi, lekin qizigan metall kollektor sirtidan
36
chiqayotgan uzun to’lqinli nurni tashqariga o’tkazmaydi, natijada
,,issiqxona effekti’’ hosil bo’lib, ,,issiq quti’’ ichida harorat ko’tarildi,
kollektor va undan o’tayotgan suv isidi.Bu suv bak – akkumulyatorga
to’planib, undan zarur maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Bak –
akkumulyator ichida issiq suvni uzoq muddat saqlab qolish maqsadida ,
bak devorlari ikki qavat yasab, ular orasi issiqlikni yomon o’tkazadigan
material bilan to’ldiriladi. Quvurli suv isitgichida yog’och quti (1) ning
tagiga issiqlik izolyatsiya qatlami (2) joylandi. Issiqlik izolyatsiyasi ustini
qoraga bo’yalgan metall tunuka qozon (3) bilan qoplandi. Qozon (3) dagi
parallel kanalchalarga metall quvurlar (4) yotqizildi, quvurlarning ikkala
uchiga rezinka quvurlar yordamida katta diametrli quvur kollektor
maxkamlandi, kichikroq o’lchamga ega isitgichlarda quvurlarni kollektorni
mos joylarida bevosita kavsharlab qo’yildi. Kichikroq o’lchamga ega
bo’lgan suv isitgichlarning yuzini ancha qalin oyna bilan qoplandi, kattaroq
(yuzi 10m2) isitgichlarda esa odatda isitgich yuzining ustki yarmisini ikki
qavat oyna bilan qoplanadi. Amalda gelioqurilma sirtiga yil davomida
tushgan yig’indi radiatsiya miqdori, olingan foydali issiqlik miqdori
bo’linib, geliosuvisitgichning foydali ish koeffitsiyentini hisoblash mumkin.
Toshkent viloyati sharoitida bu FIK 0,36 dan 0,45 gacha bo’lishi
aniqlangan ekan.1930 – 1935 yillarda K.G.Trofimov tomonidan
O’zbekistonda qurilgan birinchi geliosuvisitgich kollektor zich joylashgan
suv quvurlaridan, ayrimlari yassi qora tunukadan iborat bo’lib, tunuka
sirtiga suv ilon izi tarzida oqishi uchun to’siqchalar o’rnatilgan
ekan.B.V.Petuxov quvur turidagi geliosuvisitgichlarning har xil
konstruksiyalarini o’rgangan bo’lib, uning geliosuvisitgichining har 1m2
sirtidan kuniga harorati 55oC bo’lgan 65 lissiq suv olish mumkin bo’lgan.
37
8 – rasm
Bu qurilmada bak – akkumulyator isigan suv yig’iladigan va issiqlikni
yomon o’tkazadigan moddalar bilan o’ralgan idishdan iboratdir. Sovuq suv
keladigan quvuq (4) quvur bak – akkumulyator (3) ning pastki qismiga
ulangan bo’lib, bundan tashqari bak – akkumulyator pastki sirkulyatsiya
quvuri (2) yordamida isitgich (1) ning pastki kollektor quvuriga biriktiriladi.
Isitgich yuqorisidagi kollektor quvuri ham sirkulyatsiya quvuri orqali bak –
akkumulyatorning ustki qismi bilan tutashtirildi. Isigan suvni bak –
akkumulyatordan quvur (5) bo’yicha olib ketadi. Qo’zg’almas qilib
joylashtirilgan bunday suv isitgichini janub tomonga qaratib quyosh
nurlanish radiatsiyasi maksimal tushadigan qilib gorizontga og’ma ravishda
o’rnatilgan.Suv isitgichdan yoz oylaridagina foydalanish nazarda tutilsa, uni
janubga qaratib gorizont bilan olingan joyning geografik kengligidan 10 –
12okam burchak ostida o’rnatilsa bo’ladi. Agar suv isitgichdan 7 oy
davomida foydalanilsa, ularning olingan joyning geografik kengligiga teng
burchakda gorizontga qiya qilib o’rnatiladi. Shu tarzda tayyor bo’lgan
qurilmani suv bilan to’ldirsak, quyosh nurlari tushishida suvning isishi
natijasida isitgich va bak – akkumulyator bo’ylab suvning termosifon
aylanishi ro’y berdi. Isitgich yuqorisidagi sirkulyatsiya quvurni bak –
akkumulyatorning ustki kollektoriga nisbatan bir oz yuqoriroq o’rnatildi.
Bak – akkumulyatordagi suv sathi ustki kollektor sathidan past bo’lmasligi
kerak, aks holda termosifon aylanish ro’y bermaydi. Bak – akkumulyatorni
sovuq suv bilan ta’minlash suv o’tkazish tizimi yoki boshqa biror katta
hajmli idish – bochka orqali bajariladi. Bak – akkumulyatordagi suvning
38
temperaturasi kranni ochish yoki yopish bilan boshqariladi. Olib borilgan
tekshirishlarda yoz vaqtida kun davomida quvurli suv isitgichda suvni 15o
C dan 50o C gacha isitilgan suv isitgichning har 1m2 yuzasidan 60 – 70
l gacha, 75o C gacha isitilganda 20 – 30 l gacha suv olingan. Ko’rinib
turibdiki, isitgichdan olinadigan isigan suvning temperaturasi qanchalik orta
borsa, suv isitgichlarning har 1m2 yuzasida kun davomida isitiladigan issiq
suv miqdorini isitgichning unumdorligi deyiladi. Quyidagilar isitgichning
unumdorligini oshiradi:
1) Suv isitgichning quyoshning ko’rinma harakati bo’yicha burila
olishligi;
2) Isitgichdan olinadigan issiq suv, sovuq suv va muhit temperaturasi;
3) Isitgichning konstruksiyasi;
4) Isitgichni yasashdagi ish sifati;
Quyosh suv isitgichlari ham barcha quyosh qurilmalari kabi turli xil
yoqilg’ilarni tejash imkonini beradi. Bu fikrimning dalili sifatida
quyidagi misolni keltiraman. Quyosh suv isitgichining 1m2 yuzi
temperaturasi 15o C bo’lgan 60 l suvni kun davomida 50o C gacha
isitadi. Mavsum davomida (210 kun ) shuncha suvni 15o C gacha
isitishda tejalgan yonilg’i ( tosh ko’mir ) miqdorini aniqlaymiz. Yonilg’i
bilan ishlaydigan suv isitgichning F.I.K. 50% ga tengligidan Quyosh
suv isitgichi 1m2 yuzi hisobiga 1 kunda 0,6 kg toshko’mirni tejash
mumkin bo’ladi. 210 kun davomida esa 126 kg toshko’mir tejash
mumkin. Zavod ishlab chiqargan dastlabki geliosuvisitgichning uzunligi
2,71 m, eni 1,21 m va yuzi 3,39 m2 bo’lib, kollektor uzunligi 2,5 m,
eni 1,08 m va yuzi 2,70 m2 ga teng.Quyosh suv isitgichlarini yasash
uchun sarflangan harajatlar 2,5 – 3 yilda qoplanadi. Shuning uchun
quyosh suv isitgichlarini keng joriy qilish zarur. Endi quyosh suv
isitgichdan foydalanishga misollar keltirsak. Quyosh isitgichlarida
mamlakatimiz sharoitida yoz oylarida hammomlarda, kir yuvish
39
bo’limlarida, dam olish lagerlarida, sanatoriyalarda issiq suv yetkazib
berishda foydalanish mumkin. Shuningdek, daladagi fermer xo’jaliklari
shiyponlarida, maktablarda quyosh suv isitgichidan foydalanish ko’p
qulayliklar yaratadi. Shunday qilib, quyosh suv isitgichlari turli – tuman
sohalarda qo’llanilsa bo’ladi.Bir qavatli shishada 82 % , ikki qavatli
shishada 69 % , uch qavatli shishada 50 % va hokazo tushuvchi quyosh
nurlanish radiatsiyasini o’tkazadi.,,Issiq quti’’ quyoshga nisbatan
shunday joylashtirildiki, tushuvchi quyosh nurlari 90o burchak hosil
qiladi. Hisoblashlarimiz shuni ko’rsatadiki, quyosh nurlarining tushish
burchagi normalga nisbatan 20o bo’lganida shisha 6 % ni, 40o
bo’lganida shisha 24 % ni, 60o bo’lganida shisha 50 % ni, 80o
bo’lganida shisha 83 % ni issiqlikni isrof qiladi.,,Issiq quti’’ da quyidagi
fizik jarayon sodir bo’ladi: quyosh nurlarining qisqa to’lqinli
elektromagnit qismi issiqxona qutisi ichiga joylashgan qora materialda
yutiladi; quti asosan uzun to’lqinli issiqlikni nurlantiradi, shisha bu
nurlanishni tashqariga chiqarmaydi. Shunday qilib, quti ichidagi havo
qiziydi, termoizolyatorli asos va devorlar issiqlik isrofini kamaytiradi.
Agar bunday ,,issiq quti’’ ni gorizontal joylashtirib, qoraytirilgan metall
quti ichiga kiritsak va suv to’latilsa unda bu suv 60o gacha isishi
aniqlandi.Yaxshi natija olish uchun, qozon va jamlagichni bir – biridan
bo’ladi. Bunday konstruksiya suv quvurli isitgich deb ataladi. Bu
kostruksiyaning asosida yassi qozon bor bo’lib, ichki ostki va yuqori
ustki taraflari temir plastinka bilan qotiriladi. Bunda isitiladigan sirt
bilan plastinkalar orasidan yupqa suv qatlami o’tadi va u
isiydi.Qozonga ichiga quyilgan suv isish natijasida yuqoriga ko’tarildi
va suv sirkulyatsiyalanishini hosil qildi. Bunday qurilmalar yordamida
soat 12 – 13oo larda suv juda tez isiy boshladi.
40
9 – rasm. Suv isitgich
Qish faslida xonadonlarni issiq suv bilan isitish va issiq suv bilan
ta’minlash masalalarini faqat geliosuvisitgichlar yordamida hal qilib
bo’lmaydi.SHuninguchungeliosuvisitgichlarbilanbirqatordaqo’shimchasuvisituv
chimanbalar – dublyorlarbo’lishikerak. Bu qurilma 9-
rasmdako’rsatilgan.Qishmavsumida,
bulutlikunlardasuvqo’shimchamanbayordamidaisitilibiste’molchilargayuboriladi
. Bundaysistemalarxonadonlarniisitishuchunsarfbo’lganyoqilg’ining 50-60%
nitejashimkoniyatiniberadi.
Geliohavoisitgichlaryordamidaxonadonlarniisitishko’zdatutilgandaissiqliknito’pl
ashakkumulyatsiyaqilishmaqsadidaoddiytoshlardanfoydalanishtavsiyaetiladi.
Uynin
gjanubtomonigaqaratilgandevorivatomigagofrlanganvasirtiqoragabo’yalgantunu
kao’rnatilib, uningustkiqismibiryokiikkiqavatderazashishasibilanqoplandi.
Qizigantunukasirtibo’yalibventilyatoryordamida
haydalganhavoisiydivauuydevorlariorasigajoylashtirilgantoshlarorasidano’tishin
atijasidaissiqlikniakkumulyatsiyaqilinadi. Bu to’plangan issiqlik tufayli
kechalari uy haroratini normal ushlab turishga imkon beradi. 1973 yilda
shunday uylardan biri qurildi. U ikkita bir qavatli uch xonali yog’och uylardan
iborat. Har bir uy maydoni 58,6 м2 bo’lib, foydali maydoni 50,9 м2 ga teng.
41
Uyning ichki devorlariga toshlar to’ldirilgan konteyner-akkumulyatorlardan 10
tasi o’rnatilgan. Tashqi muhit temperaturasi (- 150C ) bo’lganda bu uy har soatda
qarayib 1,1×109 J issiqlik yo’qotadi. Uy tomiga sirti 74 м2 bo’lgan va gorizontga
nisbatan 3 0 0 burchak ostida joylashtirilgan geliosuvisitgichlar tashqi temperatura
3- 60C va quyosh radiatsiyasi 1,26×107 J/( м2 / кун) bo’lganda beradigan issiqlik
miqdori 2,29×107 J, ya’ni ikki marta ko’pdir qiymatni tashkil qiladi. Uyning
janub tomoniga ham sathi 54 м2 bo’lgan oynavand issiqxona qurilgan. Bu
issiqxona uyni isitish uchungina emas, balki bodring, pomidor, ukrop,
petrushkalar yetishtirish uchun ham foydalaniladi. Geliosuvisitgichlarga bo’lgan
ehtiyoj ulardan qanday maqsadlar uchun foydalanishga va olinishi zarur bo’lgan
issiq suv miqdoriga bog’liqdir. Uy-xo’jalik maqsadlari uchun kishi boshiga 1-
1,5 м2 geliosuvisitgich yetarli hisoblansa, turar joy va korxonalarni isitish uchun
4-5 м2 geliosuvisitgichlar talab etiladi.Komplektasiya tanlash vaqtida quyidagi
qoidalarni nazarda tutish lozim:
1. Tizim turi - integratsiyalashtirilgan (passiv) yoki split (aktiv).
2. Agarda siz qish fasli mo'tadil kechadigan hududda (qish kunlari quyoshli.
kechasi havo harorati -10°C dan pastga tushmayidi) bolsangiz, kollektorni
mavsumiy ishlashini inobatga olib integratsiyalashtrililgan tizim tanlanadi.
Qolgan holatlarda quyoshli kontur muzlamaydigan suyuqlik bilan toldirilgan
split tizimi qo'llanilgani ma'qul.
3. Quyoshli kollektor hamda bak olchami. Odatiy honadon sharoiti uchun
ushbu parametrlami quyidagi mutanosiblikdan kelib chiqqan holatda qo'llash
mumkin:
1 kishi uchun bakning 100 litr hajmi, har 100 litrga kollektor uchun 1 kvadrat
metrdan kam bo’lmagan maydon talab qilinadi. Ya'ni, 3 kishilik oila uchun 300
litr hajmga ega bak va maydoni 3 kvadrat metrdan iborat kollektor o’rnatiladi.
Bak va kollektoming aniq o’lchamini iste’mol qilinayotgan issiq suv
hajmidan, quyosh radiatsiyasi kuchi, hamda iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan
42
holda hisoblanadi.Kollektor. Quyosh energiyasi kollektorida quyosh (infraqizil)
nurlari ta'sirida quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylanish jarayoni
kechadi. Natijada, panel qizib uning kanallari orqali suyuq issiqlik tashuvchi
trubkalar o'ziga issiqlik quwatini singdirib oladi. Quyoshli kollektorlarni janub
tomonga yo'naltirilishi tavsiya etiladi (60° gacha tizim samarasiga jiddiy ta’sir
ko'rsatmaydi). Shuningdek, bir guruh kollektorlarni g'arbga, boshqa guruhini esa
sharqqa qaratib o'rnatish imkoni mavjud. O'zbekiston hududining o'rta qismida
yoz faslida kollektorlarning 30-35° qiyalik burchagi ostida o'rnatilishi maksimal
samaralikka erishish imkonini beradi; yil bo’yi ishlashga mo'ljallangan
kollektorlarning 50-60° qiyalik burchagi ostida o'rnatilishi maqsadga muvofiq
bo'ladi (yoz faslida samaralik kamaygani hisobiga boshqa fasllarda samaralik
oshadi); qish mavsumida ishlashga moljallangan kollektorlar (isitish tizimlari
uchun) 80-90° qiyalik burchagi ostida o'rnatiladi va qishda ishlash samaradorligi
oshib yoz faslida kamayadi.Bak-lssiqlikalmashuvi-akkumulaytor. Quyosh
energiyasidan ishlaydigan tizim, quyoshning issiqlik energiyasini to'plab, uning
kunning turli vaqtida islash ehtiyojini keltirib chiqaradi, ya'ni bak-akkumulyator
qo’llashni talab qiladi. Bunday talab quyosh nurlari kun davomida barqaror
emasligi, issiq suv va isitish ta'minotiga bo'lgan talab esa quyosh nurlari yo'q
bo'lganda ham mavjud ekanligidan kelib chiqadi.Quyosh isitish tizimlari
samaradorligi bak-akkumulaytorni to'gri hajmga egaligiga bogliq. Barcha
boylerlaryopiq joyda va iqlim ta'siridan himoyalangan (ochiq havoda ishlashga
mo'ljallanmagan) bo'lishi lozim. Quyoshli tizimlardan suv isituvchi
moslamalarning quyidagi turlarini ajratib o'tish mumkin:Vositali isuvchan
vertikal baklar. Tabiiy hamda issiqlik uzatuvchi qurilmani majburiy sirkulyasiya
qiluvchi tizimlarda qollash mumkin. Bir dona issiqlik almashtirib beruvchi
qurilma bilan: bir dona issiqlik almashtirib beruvchi qurilma maydoni
o'rnatilayotgan quyoshli kollektorlarning maydonidan olinadigan issiqlik
quwatini to'plash uchun yetarli bo'lgan, hamda bir konturli qozon bilan
qoshimcha isitishga hojat bo'lmagan tizimlarda qo'llaniladi (qo'shimcha vosita
sifatida trubkali elektr isituvchi element (TEN) o'rnatiladi yoki ikki konturli
43
qozon orqali qo'shimcha isitish amalga oshiriladi). Ikki dona issiqlik almashtirib
beruvchi qurilma bilan: bir konturli qozondan takroriy vosita sifatida,
shunungdek isitish tizimi uchun quyoshning issiqlik energiyasini to'plashga
ehtiyoj mavjudligida qo'llaniladi. Agarda siz qozonxona qurayotgan bo'lsangiz
va kelajakda quyoshli tizim o'rnatishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz bir konturli
qozon va ikkita issiqlik almashtirib beruvchi qurilmali bak (tepadagisiga qozon
ulanadi) o'rnatish maqsadga muvofiq bo'ladi. Vositali isuvchan gorizontal
baklar. Bak hajmi 125-200 litr. Issiqlik almashtirib beruvchi vositaning tabiiy
sirkulyatsiyaga ega quyosh tizimlarida va vertikal bak o'rnatish imkoni yo'q
holda qo'llaniladi. Gorizontal bak tom qismida qulayjoyiashadi. Qolgan
holatlarda vertikal bak qo'llanishini tavsiya etamiz. Kontroller- issiqlik
almashtirib beruvchi qurilmani majburiy sirkulyasiya qiluvchi quyoshli
tizimning ajralmas qismi. U quyosh energiyasidan isish jarayoni va tizimning
holatini boshqarish, hamda umumiy tizimdagi texnik jarayonlarni boshqatish
uchun zarur. Kontroller harorat o'lchagichdan (ulardan biri quyoshli kollektor
ichida bo'lishi shart) malumot qabul qilib kerak bo'lgan ish rejimini tanlaydi.
Quyoshli tizimning samaradorligi va havfsizligi kontrollerga bog'liq, ya'ni
quyoshli tizimning ishlashi uchun o'rnatilgan algoritmlar va elementlarning
ishonchli ekanligiga bog'liq.Nasos stantsiyasi majburiy sirkulyatsiyali quyoshli
tizimlarda (bunday tizim tabiiy sirkulyatsiyali tizimdan 30% ga samarador)
qo'llanilib issiqlik tashuvchi moddani kollektor aylanasida sirkulyatsiyasini
ta'minlab beradi (bak-kollektor-bak). Kollektor aylanasining gidravlik qarshiligi
past bo'lgani sababli kam quwatli, olinayotgan issiqlikka qaraganda juda ham
kam elektr quwati sarflaydigan nasoslar qo'llash mumkin. Nasosning quvvati
quyidagi omillarga bog'liq:
1.Kollektorlar soni
2.Issiqlik tashuvchi modda
3.Quyoshli kollektorlardan bakgacha o'tgan quvurning uzunligi va diametri.
44
Quvur va issiqlik izoIyatsiyasi.Plastik trubalar yuqori haroratlarga chiday
olmasligi sababidan (hatto samarasi past quyoshli kollektorlarning konturidagi
bug’ning maksimal harorati 150°C, issiqlik tashuvchi moddaning ishchi harorati
esa 110°C ga yetadi) metal quvur qo'llash lozim (mis, zanglamas polat). Xuddi
shu sababdan yuqori haroratga chiday oladigan va nam tortmaydigan bo'lishi
kerakligi uchun issiqlik izolyatsiyasiga yuqori talab qo'yiladi. Ko'pirtirilgan
kauchukli izolyatsiya bu borada barcha talablarga javob beradi. Quvurdagi
issiqlik quwati yo'qotilishini etarlicha kamaytirish, hamda havfsizlik nuqtai
nazaridan 19 mm dan kam bolmagan issiqlik izolyatsiyasi ishatilishi shart.
Haroratni pasaytiruvchi qatlamsiz ko'pirtirilgan polietilendan o'ralgan issiqlik
izolyatsiyasini ishlatish mumkin emas. Quvurning diametri tizimning gidravlik
qarshiligidan va issiqlik tashuvchi moddaning ishlab chiqaruvchi harajatidan
kelib chiqqan holda tanlanadi. Tanlanayotgan tizim parametrlari va quvur
diametrik nasos stantsiyalari paramatrlari bilan mutanosib bo'lishi kerak.
Kengayuvchan baklar. Quyosh kollektorlarining konturi -yopiqdir, issiqlik
darajasi o'zgarishida suyuqlik hajmi o'zgaradi va hajm o'zgarishlarini
kompensatsiyalash uchun keneavuvchan baklardan fovdalanish lozim. Zaruriv
talablar:
• ishlash bosimi 6 atm., maksimum 10 atm.
• ishlash muddatini uzaytirish uchun, azot yostig’ini hosil qildirish kerak.
Armatura.Sistemaning boshqa elementlariga bo'lganday armaturasiga ham
asosiy talab bu uzoq muddat ekspluatatsiya qilina olinishi va chidamlilik.
O’rnatish metallokonstruktsiyasi. Barcha konstruktsiya va qotirish elementlari
zanglashning oldini oluvchi materiallardan yasaladi (zanglamas po'lat yoki
anodlangan aluminiy) va shamolning 30 m/s tezligiga mo’ljallangan
bo'ladi
3.4 2.2 Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish
Yer atmosferasi o‘zining optik xususiyatlariga asosan selektiv yorug‘lik filtri bo‘lib, koinotdan kelayotgan quyosh nurlanishini o‘zgartiradi. Agar nurlanish oqimi atmosferadan o‘tib Yer sirtiga tik tushsa, u holda nurlanish bosib o‘tgan optik masofa bir atmosfera massasiga teng deb hisoblanadi va AM1 bilan belgilanadi. Qiya tushayotgan nurlarning optik masofasi uzunligini ularning AM1 optik masofa kattaligiga qiyoslab aniqlash mumkin. Agar nurlanish oqimi atmosfera ta’sirida o‘zgarmasa, uning optik atmosfera massasi nolga teng bo‘lib, u AM0 deb belgilanadi.
27
To‘g‘ridan – to‘g‘ri tushayotgan Quyosh nurlanishi oqimining dengiz sathida
qoq tush paytida ochiq havoda Yer sirtidagi energetik yoritilganligi
2 100mW sm ga teng deb hisoblanadi [2].
Insolyatsiya deb, ma’lum geografik hududda Yer sirtiga tushayotgan Quyosh
nurlanishining miqdoriga aytiladi. Insolyatsiya, Yer – Quyosh tizimida masofaning
Ultrabinafsha nurlanish, koinotda yuqori intensivlikka ega bo‘lishiga

Download 83.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling