Namangan davlat universiteti xusanboyeva fotima rustsmjon qizi


Kosmik quyosh elektrostansiyalari


Download 83.55 Kb.
bet11/19
Sana17.02.2023
Hajmi83.55 Kb.
#1208257
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
dissertatsiya fotima

Kosmik quyosh elektrostansiyalari. Hozirgi kunda quyosh radiatsiyasi zichligining kamligi, uning yilning fasliga hamda ob – havoga bog‘likligi tufayli, quyosh energiyasidan katta miqdorda elektroenergiya olish imkoni yo‘q. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun yerning sun’iy yo‘ldoshi shaklidagi quyosh elektrostansiyalarini qurish lozim. Natijada ob – havoning qanday bo‘lishiga qaramasdan, quyosh energiyasidan kunning 24 soatida foydalanish mumkin. Sun’iy yer yo‘ldoshlariga o‘rnatilgan quyosh elektrostansiyalari ishlab chiqaradigan elektroenergiya, yerdagi iste’molchilarga ultra qisqa to‘lqinlar (uzunligi 10 sm ga 15

teng) kanali orqali uzatiladi. Uzatilgan to‘lqinlar yerdagi qabul qilish antennalari yordamida qabul qilinadi va erda sanoat chastotasi energiyasi (50 Hz) ga aylantirilib iste’molchiga uzatiladi [19, 29, 30].


Sun’iy yer yo‘ldoshlariga o‘rnatilgan quyosh elektrostansiyalari foydali ish koeffitsientini kelajakda 77 – 95 % ga yetkazish rejalashtirilgan. Quyosh elektrostansiyalarining o‘rtacha qamraydigan maydoni 20 km ga teng bo‘lib, uzatish antennasining diametri 1 km ga va qabul qilish antennasining diametri 7 – 10 km ga teng bo‘ladi. 1.6 – rasmda yerning sun’iy yo‘ldoshiga o‘rnatilgan quyosh elektrostansiyasi keltirilgan.
1.6 – rasm. Yerning sun’iy yo‘ldoshiga o‘rnatilgan quyosh elektrostansiyasi.
III bob Quyosh energiyasidan foydalanib issiqlik va energiya olishning samarali usullari....
3.1.Quyosh energiyasidan foydalanib issiqlik va energiya olishning samarali usullari.... Quyosh energiyasidan ikki xil usulda elektroenergiya ishlab chiqarish mumkin.
1. Ana’naviy usulda – suyuqlikni isitish va hosil bo‘lgan bug‘ni issiqlik turbinasiga uzatish orqali.
2. Fotoelektr usulida.
Ana’naviy usulda quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish uchun quyosh energiyasini yig‘ib oluvchi geliostatlarning – 1 energiyasi suvga to‘ldirilgan bug‘ qozoniga – 2 yo‘naltiriladi. Hosil bo‘lgan bug‘, generatorni – 4 harakatga keltiruvchi issiqlik turbinasiga – 3 uzatiladi. Turbinani harakatga keltirib ish bajargan bug‘ kondensatorga – 5, bug‘ni suvga aylantiruvchi moslamaga uzatiladi. Kondensatordan chiqqan suyuqlik yana quyosh geliostatlariga uzatiladi va shu tariqa jarayon davom etadi. 1.3 – rasmda quyosh energiyasini suyuqlik – bug‘ yordamida elektr energiyasiga aylantirish sxemasi berilgan.
Fotoelektr usulda elektr energiyasi ishlab chiqarish. Ma’lumki quyosh nurini eletromagnit to‘lqinlari deb qarash mumkin. Kvant nazariyasiga asosan, elektromagnit to‘lqinlariga nol massali elementar zarrachalar – fotonlar deb qaraladi. 11

Quyosh energiyasini fotoelektrik energiyaga qayta aylantirish asosida 1887 – yilda Gers tomonidan yaratilgan, yorug‘lik fotonlaring ba’zibir metallarning elektronlari bilan kirishuvi natijasida elektronlar ma’lum mikdordagi energiyaga ega bo‘ladilar. Mana shu energiyadan foydalangan holda quyosh energiyasidan to‘g‘ridan – to‘g‘ri elektroenergiya olish mumkin. Bu jarayonga fotoeffekt xodisasi deyiladi.




Download 83.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling