Наманган Мухандислик Иктисодиёт Институти


Download 102 Kb.
bet1/6
Sana22.02.2023
Hajmi102 Kb.
#1220062
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Янги марказ низоми-2023


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI


«T A S D I Q L A Y M A N»

Namangan muhandislik-texnologiya


instituti rektori, professor


__________ O.O.Mamatkarimov


«_____»___________ 2023 y.


"INFORMASION TEXNOLOGIYALAR" KAFEDRASI QOSHIDAGI
O‘QUV-ISHLAB CHIQARISH MARKAZINING

NIZOMI




Namangan 2023



  1. UMUMIY QOIDALAR.

1.1. O’quv-ishlab chiqarish markazi «informatsion texnologiyalar, matematika» deb nomlanib, uning manzili Namangan shaxri, 3-kichik noxiya, Kosonsoy ko‘chasi 7-uy, Namangan muxandislik-texnologiya institutining «Informatsion texnologiyalar» kafedrasida joylashgan.
1.2. O’quv-ishlab chiqarish markazi turli mulkchilik shakllaridagi korxona, tashkilot va firmalarga, shuningdek, jismoniy shaxslarga kompyuter operatorlari, internet va elektron pochta foydalanuvchilari, boshlovchi dasturchilar va boshka shu kabi xodimlar tayyorlab beradi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-xunar ta’limi tayanch fanlari buyicha ko‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi. O’quv jarayoni kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllarida olib boriladi.
1.3. O’quv-ishlab chiqarish markazi turli mulkchilik shakllaridagi korxona, tashkilot va firmalarga, shuningdek, jismoniy shaxslarga kompyuterlarni ta’mirlash, programma maxsulotlarini o‘rnatib berish, programma maxsulotlarini ishlab chiqarish, kichik tirajli chop qilish ishlari, reklama saytlari ishlab chiqarish, nazariy va amaliy masalalarning ilmiy yechimlarini topish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.
1.4. Mulkchilik shakli tijorat asosida bo‘lib, o‘quv-ishlab chiqarish markazi o‘z faoliyatida o’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga, o’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Karorlariga, Xukumat qarorlariga, o’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi buyruqlari va ko‘rsatmalariga, Namangan muxandislik iqtisodiyot instituti rektorining buyruq va ko‘rsatmalariga, shuningdek o’zbekiston Respublikasining boshka me’yoriy xujjatlariga va o‘z Nizomiga amal kiladi.
1.5. O’quv-ishlab chiqarish markazida o‘qitish va boshka xizmatlar pullik shaklda bo‘lib, shartnoma asosida korxona, tashkilot, firmalar mablag‘lari evaziga, shuningdek yakka tartibda shaxslar arizasiga binoan olib boriladi. Xar bir tinglovchidan bir-gurux soat uchun olinadigan o‘qish xaqi o‘z daromadlari bilan o‘z xarajatlarini toplash, markazni rivojlantirish, uning moddiy texnika bazasini kengaytirish, turli xil xomiylik yordamlarini ko’rsatish nuqtai nazaridan kelib chiqib «Amaliy matematika» kafedrasi tomonidan tasdiqlanadi.
1.6. O’quv-ishlab chiqarish markazida o’qish ishlab chiqarishdan ajralgan xolda va ajralmagan xolda amalga oshiriladi. O’qish muddatlari va shakli «Oliy matematika» kafedrasi tomonidan belgilanadi.
1.7. O’quv-ishlab chiqarish markazi zimmasiga quyidagilar yuklanadi:

  • turli mulk shakllaridagi korxona, tashkilot, muassasa va firmalariga kompyuter operatorlari, internet va elektron pochta foydalanuvchilari, boshlovchi dasturchilar va boshka shu kabi mutaxassislarni tayyorlab berish.

  • tinglovchilarni bozor iktisodiyoti sharoitidagi zamonaviy kompyuterlar va ularning ta’minotlarini o’zlashtirishlarida zarur bo’lgan jixozlar va materiallar bilan ta’minlash.

  • turli fanlar bo’yicha tinglovchilarni qo’shimcha o’qitib berish;

  • kompyuterlarni ta’mirlash, programma maxsulotlarini o’rnatib berish, programma maxsulotlarini ishlab chiqarish, kichik tirajli chop qilish ishlari, reklama saytlari ishlab chiqarish va boshqa axborot-kommunikatsion texnologiyalari xizmatlari bilan shug’ullanish.

1.8. O’quv-ishlab chiqarish markazi o’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq tinglovchilarni qabul qiladi, tasdiqlangan o’quv rejalariga muvofiq ularni o’qitadi, bitiruv imtixonlarini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga tegishli malaka va belgilangan na’munadagi xujjat beradi. Yuridik va jismoniy shaxslar bilan xodimlar tayyorlash bo’yicha amaliy aloqalarni xar tomonlama kengaytiradi va mustaxkamlaydi. Bunday kadrlarni tayyorlash bo’yicha ularning extiyojlarini o’rganadi va umumlashtiradi. O’quv metodik, pedagogik kengash, predmet komissiyalari ishlarini tashkil qiladi, o’quv jarayonini o’quv qo’llanmalari, ish qog’ozlari va boshqa jixozlar bilan ta’minlaydi, belgilangan tartibda o’qituvchilarni attestatsiyadan o’tkazish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi, moddiy texnika bazasini rivojlantirish chora tadbirlarini ko’radi.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling