Наманган Мухандислик Иктисодиёт Институти


Download 102 Kb.
bet3/6
Sana22.02.2023
Hajmi102 Kb.
#1220062
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Янги марказ низоми-2023

III. TA’LIM OLUVCHILAR.




3.1. Tinglovchilar o’quv-ishlab chiqarish markazi raxbari chiqargan buyruq asosida suxbat natijalariga binoan qabul qilinadilar.


3.2. O’quv-ishlab chiqarish markaziga yuridik shaxslar xodimlari shartnoma asosida, jismoniy shaxslar yakka tartibda ariza asosida o’qishga qabul qilinadilar.
3.3. Tinglovchilarning akademik guruxlari yo’nalishlari bo’yicha ajratilgan xolda tuziladi.
3.4.O’quv-ishlab chiqarish markazi tinglovchilari:
- tayanch, umummadaniy va iktisodiy bilimlarni egallaydilar;
- qatnashishlari shart bo’lgan o’quv fanlari bo’yicha materiallarni o’zlashtiradilar;
- dasturlarda belgilangan o’quv ishlarining barcha turlarini bajaradilar;
- O’quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritadilar;

3.5. Guruxlar uchun tuzilgan dastur va o’quv rejalari talablarini bajargan tinglovchilarga maxsus imtixon komissiyasining qarori bilan yo’nalishi bo’yicha olgan ixtisosligi ko’rsatilgan xolda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
3.6. Tinglovchi tomonidan o’quv rejalari bajarilmasa, institut ichki tartib-qoidalari qo’pol ravishda buzilsa, markaz raxbarining buyrug’i bilan tinglovchilar ro’yxatidan chiqariladi. Uning o’qish uchun to’lagan xaqi qaytarilmaydi va o’qishga qatnashganligini bildiruvchi ma’lumotnoma beriladi, sertifikat berilmaydi.


IV. O’QUV TARBIYAVIY VA ILMIY-USLUBIY ISHLAR.

4.1. Ta’lim jarayoni «Oliy matematika» kafedrasi yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarning bilimlarini markaz tomonidan tuzilgan komissiya o’qish muddati tugagach, kompyuter yordamida yakuniy suxbat asosida baxolaydi. Komissiya xulosasiga ko’ra bitiruvchilarga sertifikat beriladi.


4.2. O’qish 1, 3, 6 oy muddatlarda olib boriladi. O’qish davlat tilida tashkil etiladi. Agarda rus tilida ta’lim oluvchilarning to’la guruxi yig’ilsa, ta’lim rus tilida olib borilishi mumkin.



Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling