Наманган Мухандислик Иктисодиёт Институти
VII. MARKAZGA RAXBARLIK QILISH
Download 102 Kb.
|
Янги марказ низоми-2023
VII. MARKAZGA RAXBARLIK QILISH.
7.1. O’quv-ishlab chiqarish markazi raxbari Namangan muxandislik-texnologiya istituti rektori tomonidan tayinlanadi va o’z vazifasidan ozod etiladi. Raxbarlikning yuqori organi – Institut Ilmiy Kengashi xisoblanadi. 7.2. O’quv-ishlab chiqarish markazining raxbari: - o’quv-ishlab chiqarish markaziga raxbarlik kiladi, zarur xujjatlarni imzolaydi; - o’quv-ishlab chiqarish markaziga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar ijrosi va mexnat intizomlari uchun javob beradi; - o’quv-ishlab chiqarish markazi ishlarining samaradorligini, xar bir xodimning topshirilgan vazifasiga ma’suliyatini oshirish choralarini ko’radi, yillik va joriy rejalar loyixasi muxokamasida jamoa ishtirokini ta’minlaydi, mazkur rejalarning bajarilish natijalari xaqida axborot berib turadi - o’quv-ishlab chiqarish markazini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash chora tadbirlarini ko’radi; - markaz o’qituvchilari va xodimlarini ishga qabul kiladi va ozod etadi. - markaz tinlovchilarini qabul qiladi, bitiruvchilar bilan yakuniy suxbat komissiyasi tarkibini belgilaydi. 7.3. O’quv-ishlab chiqarish markazi raxbari xuquqlari: - yozma buyrugi bilan qo’l ostidagi xodimlar ma’sul bo’lgan vazifalarni bo’lib berish, xar bir xodimga u bajaradigan ishlar bayon etilgan lavozim yuriknomasi tuzish; - o’z xuquqi doirasida markaz bo’yicha bo’yruqlar chiqarish va ko’rsatmalar berish; - o’quv-ishlab chiqarish markaziga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha o’tkaziladigan yigilish majlislarda ishtirok etish; - o’quv-ishlab chiqarish markazi xodimlarini ishga kabul qilish, ishdan bo’shatish, o’z xuquqi doirasida ularni rag’batlantirish, zarur xollarda, ularga jazo, tanbex berish; - o’quv-ishlab chiqarish markaziga tegishli bo’lgan mulkni belgilangan tartibda idora etish, ishlatish. 7.4. O’quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlarga raxbarlik qilishni markaz uslubchisi (metodisti) amalga oshiradi. U o’quv rejalari va dasturlarning bajarilishiga javob beradi, o’qituvchilar tarkibi, ishlarini, o’quv mashg’ulotlari jadvalini tuzadi, uning bajarilishini nazorat kiladi. Raxbarning mexnat ta’tili davrida uning vazifasini bajaradi. U o’quv markazi raxbari tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi. 7.5. O’quv-ishlab chiqarish markazining xisobchisi markaz raxbari tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi.. 7.6. O’quv-ishlab chiqarish markazida tashkiliy, o’quv-uslubiy va tarbiyaviy kabi asosiy ishlar kafedra yigilishida muxokama qilinadi. Download 102 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling