Namangan muhandislik-qurilish instituti «informatika va at» kafedrasi
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya mashg\'ulotlari USLUBIY KO\'RSATMA
Nazorat savollari
1. Silfonli manometrni prinsipial sxemasini keltiring, uni ishlashini qisqacha qilib tushuntirib yozing; 2. Silfonli manometrni kengaytirilgan va soddalashtirilgan struktura sxemalarini keltiring; 3. Ikkala sxemaning ham reaksiyalarini grafik ko‘rinishda keltiring va integral mezonlar asosida baholang. 21 8-LABORATORIYA ISHI DIFMANOMETRLI SARF O‘LCHAGICH Ishdan maqsad Sarf o‘lchagichdagi tipik zvenolarda boradigan qonuniyatlarni tushunib olish, strukturasini soddalashtirishni misollarda ko‘rish, o‘lchash asbobini xususiyatlarini mashinali eksperiment yordamida o‘rganish. Asosiy qism Modda sarfini o‘lchash va miqdorini hisoblash metodlari ko‘p va xilma-xildir. Ularni birinchi navbatda obyektning turlariga qarab xarakterlash mumkin: 1) truba orqali o‘tadigan suyuqlik va gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash metodlari; 2) sochiluvchan moddalar sarfini o‘lchash metodlari; 3) sanaladigan qattiq jismlar va narsalarni xisoblash metodlari. Truba orqali o‘tadigan suyuqlik va gazsimon moddalarni o‘lchash va hisoblash ikki xil texnik qurilma yordamida bajariladi: 1) sarf o‘lchagichlar —vaqt birligi ichida quvurdan o‘tadigan modda hajmini yoki massasini o‘lchaydi, o‘lchov birligi hajm bo‘yicha — м 3 /с; massa bo‘yicha—кг/с; 2) schyotchiklar—vaqt (t 1 – t2) oralig‘ida o‘tayotgan materiallarining uzunligini, moddaning hajmi yoki massasini o‘lchaydi. Ishlab chiqarishda sarf o‘lchagichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1. Bosim farqlari o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar; 2. Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar; 3. Satx o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar; 4. Induksion sarf o‘lchagichlar. Modda sarfi q bilan bosimlar farqi Р1 = Р1' - Р2' orasidagi bog‘lanish juda murakkab bo‘lgani sababli, uning to‘liq matematik ifodasini topib bo‘lmaydi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling