Namangan muhandislik qurilish instituti islombek akhmadjanov


Download 6.52 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi6.52 Kb.
#1601134
1   2
Bog'liq
Menejment tizimida menejerlar faoliyatini tashkil etish. Namanga-fayllar.org

Menejment ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (77 % ) hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli hujjatlar almashinuvini doimo takomillashtirib borish lozim.
Hujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida o‘tish texnologiyasi, axborot uzatilishining maqbul yo'llari belgilanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin bo‘lmagan hujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog'liq ish vaqtini tejashda maxsus namunali matnlar, standart varaqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar o 'rtasida yozishmalarda kelgan hujjatni javobi bilan qaytarish keng qo'llaniladi. Hujjjatlarni birxillashtirish va standartlash menejer mehnatini tashkil etishning muhim yo‘nalishidir. Standart varaqlarni qo'llash xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari qisqarishiga olib keladi.
3. Mehnat unumdorligi
Mehnat unumdorligiga - psixologik omil, xodimlar va rahbar, shuningdek, xodimlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ham katta ta’sir ko'rsatadi. Ularning kayfiyati, mehnat faolligi, mehnat natijalari bu omilga bog'liq bo'ladi. Boshqaruvning samaradorligi asosan rahbar o'z vazifasini qanchalik muvaffaqiyatli bajarishi bilan bog'liq bo'ladi. Hozirgi davr menejeri mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy yechimlari, usullarini qo’Ilashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. Menejer ham tashkilotchi, ham tarbiyachi, ham izlanuvchi, ma’muriyatchi sifatlariga ega bo'lishi kerak.
Rahbar ishi sur’atining tezligi, uning mehnat faoliyati to'laqonli dam olish bilan, shuningdek, ish kuni davomida mehnat turlari almashinishini talab etadi, chunki faqat shunday qilinganda mehnat yuqori samarali bo'lishi, ish qobiliyati to'liq tiklanishi mumkin.
Rahbar mehnati samaradorligining muhim omillaridan biri - qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir. Nazorat rahbarning doimiy vazifasi bo'lib, uning ish rejasida hisobga olinishi lozim hamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan ma’lumot berish uchun qabul qilish, inspeksiya qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Nazorat qilishning qulay shakli topshiriqlarni maxsus muddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida hisobga olishdir. Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun sharoit yaratishi lozim , chunki butun menejment tizimi va natijada butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga bog'liqdir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!



Xulosa:

Menejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi
hisoblanadi. Menejer mehnati predmeti sifatida ishlab chiqarish jarayoni
elementlari, boshqaruv munosabatlari, axborot, turli hujjatlar, boshqaruv
qarorlari olinadi. Zamonaviy menejerga yuksak iqtisodiy tafakkur, kasb mahorati, uzoqni ko'ra bilish, sotsiologiya va ruxshunoslikka oid bilim lozim.
http://fayllar.org
Download 6.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling