Namangan muhandislik-qurilish instituti "kimyoviy texnologiya" kafedrasi


Fan bo’yich talabalarni bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.Talaba


Download 372.5 Kb.
bet2/5
Sana16.01.2023
Hajmi372.5 Kb.
#1095746
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.-MAVZU.

Fan bo’yich talabalarni bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.Talaba:
  • -Yer qatlamini tuzilishi; kimyoviy elementlarning tarqalganligi; yerdagi evalutsion jarayonlar; nurlanish va uning atrof muhitga ta’siri; atmosferaning tuzilishi va tarkibi; gidrosferaning kimyoviy tarkibi xaqida tasavvurga ega bo’lish;
  • - atmosferaning barqarorlik sharoitlarini; ozon qatlamiga ifloslantiruvchilarning ta’sir etish mehanizmini; atmosferada organik moddalarni kimyoviy o’zgarishlarini; atmosferada fotokimyoviy smog hosil bo’lish jarayonini;
  • - xavoni oltingugurt birikmalari bilan ifloslanishini; tabiiy suvlarning sinflanishini; tabiiy suv havzalardagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • - atrof muhitda ifloslantiruvchi moddalarning ta’sirida ro’y berayotgan o’zgarishlarni baholash; atmosfera havosida va tabiiy suv havzalaridagi kimyoviy jarayonlarni tahlil qilish; atrof muhitda ifloslantiruvchilarning ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarni oldindan aytib berish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
  • Fanni o’rganish “Oliy matematika”, “Fizika”, ‘Umumiy va noorganik kimyo”, “Analitik kimyo”, “Organik kimyo”, “Fizik kimyo”, “Kalloid kimyo”, “Ekalogiya”, “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, “Umumiy kimyoviy texnologiya” kabi fanlar o’tilganda olingan bilimlarga tayanadi.
    • 1.1. “Atrof muhit kimyosi”fanining maqsadi va vazifalari.
    • 1.2. Yerning paydo bo‘lishi va tuzilishi Yerdagi evolyusion jarayonlar.
    • Yer shari 4,6 mlrd. yil avval koinotda yuz bergan katta portlash natijasida gaz-chang bulutidan paydo bo‘lgan va hozirgi holatiga kelguncha bir necha evolutsiya bosqichlardan o‘tgan.
    • Boshlang‘ich atmosferadagi issiqlik ta’sirida hosil bo‘lgan gazlar asosan vodorod, metan, uglerod oksidlari, karbonat kislotasi, ammiak, oltingugurt angidridi, vodorod sulfid va boshqa gazlardan hamda suv bug‘laridan tashkil topgan bo‘lib, ularning tarkibida erkin kislorod bo‘lmagan. 4 mlrd. yil avval suv bug‘larining kondensatsiyasi natijasida gidrosfera hosil bo‘lgan.
    • Yerda hayot paydo bo‘lishidan avval atrof-muhitda organik moddalar hosil bo‘lib to‘planib borgan. Birinchi organik moddalar metan, karbonat angidrid, vodorod, suv bug‘lari, ammiak gazlaridan quyosh radiatsiyasi ta’sirida hosil bo‘lgan. Quyosh energiyasi ta’sirida avval uglevodorodlar, aldegid va ketonlar, karbonat kislotasi hamda aminokislotalar hosil bo‘lgan.
    • Bu moddalar esa organik moddalarning aylanma harakatiga kirishib, destruksiya va sintez jarayonlari natijasida murakkab organik moddalarni hosil qilgan. Bu moddalar gidrosferada to‘plangan. Birinchi sodda tirik organizmlar okean suvlarida paydo bo‘lgan, chunki suv ularni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoyalab, hayotning rivojlanishiga imkon yaratgan.

    • Download 372.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling