Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi umumiy qoidalari


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

9.4. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi umumiy qoidalari 
Yuqoridagi Qarorda mahsulotlarni sertifikatlashtirishning umumiy tartibi belgilangan. 
Ushbu Qaror asosida ishlab chiqilgan sertifikatlashtirish tartibi, muddatlari va ketma-ketligi 
belgilangan xolda «Uzstandart» Agentligi tomonidan «Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari» 
ishlab chikilib 18.03.2005 y. Adliya Vazirligida N 1458-sonli hujjat sifatida kuchga kiritilgan. 
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi «O’zstandart» Agentligi tomonidan 
ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida sertifikatlashtirishning tegishli 
qoidalari sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan. 
«Mahsulotlarni 
sertifikatlash 
qoidalari»da 
ko’rsatilganidek 
sertifikatlashtirigan 
mahsulotlarga qo’shimchalar yoki o’zgartirishlar kiritilishi davomida ilgari tekshirilgan 
xavfsizlik bo’yicha mahsulot tavsifiga salbiy ta’sir etmaydigan bo’lsa, yangi chiqarilayotgan
mahsulotga 
qo’shimcha 
sertifikatlashtirish 
o’tkazilishi talab etilmaydi. Mahsulot 
sertifikatlashtirilishi uchun talab etiladigan xavfsizlik majburiy tavsiflari standartlashtirish 
bo’yicha tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilanadi. 
Ushbu qoidadagi talablar mahsulot yoki xizmatlarni majburiy va ixtiyoriy 
sertifikatlashtirishga davomida tatbiq etilishi mumkin. 
Yuqorida keltirilgan qaror va qoidaga asosan majburiy sertifikatlashtiriladigan mahsulotlar 
ro’yxatidan ma’lum qismi ularning tegishli talablarga muvofiqligini deklaratsiyalash yo’li bilan 
tasdiqlanishi mumkin bo’ladi. 
Sertifikatlashtirishni amalga oshirish qoidaga asosan ikki bosqichda o’tkaziladi. 
Birinchi bosqich - bir vaqtning o’zida, zaruriyatga ko’ra, veterinariya va fitosanitariya 
xulosalari tegishli ravishda davlat veterinariya nazorati va o’simliklar karantini bo’yicha davlat 
xizmati organlarida rasmiylashtirilgan holda "O’zstandart" agentligi tomonidan akkreditatsiya 
qilingan davlat sanitariya nazorati organlarida gigienik sertifikat rasmiylashtirilishini o’z ichiga 
oladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’ekti: 
- gigienik sertifikatni rasmiylashtirish uchun ariza bilan birgalikda belgilangan tartibda 
akkreditatsiya qilingan sertifikat-lashtirish organlariga (keyingi o’rinlarda sertifikatlashtirish 
organlari deb ataladi) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish yuzasidan ariza berishga; 
- zarurat bo’lganda tegishli xulosalar olish uchun veterinariya va fitosanitariya nazorati 
organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqlidir.
Ikkinchi bosqich - sertifikatlashtirish organlari tomonidan muvofiqlik sertifikati berishdagi 
faoliyat. 
Bunda akreditatsiyadan o’tgan Idoralar sertifikatlashtirish faoliyatiga qo’shimcha 
ravishda, tadbirkorlik sub’ektlarining yozma arizasiga muvofiq davlat sanitariya nazorati 
organlarida, davlat veterinariya nazorati va o’simliklar karantini bo’yicha davlat xizmati 
organlarida, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat organlarida sertifikatlashtirishni 
o’tkazish va barcha zarur xulosalarni olish yuzasidan agentlik xizmatlari ko’rsatishga haqlidir. 


118 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2004 y. №318-sonli 
«Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soda-lashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida»gi Qarorigacha oldingi xatboshida keltirib o’tilgan talab yo’q edi, buning oqibatida 
sertifikatlashtirish ishlari asossiz ravishda cho’zilib, tadbirkorlarning noroziligiga sabab bo’lar 
edi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling