Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazlari –


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

 
10.3. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazlari – 
SMSHM 
Vazirlar Mahkamasi qarorini bajarish yo’lida «O’zstandart» agentligi o’zining viloyat 
markazlarini (SMSHM) tuzib, ularning ishlariga har taraflama ko’mak ko’rsatmoqda. 1993 
yilning 28 dekabridan boshlab "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida" gi 
qonun kuchga kirib, bu qonun asosida sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash borasidagi barcha 
ishlar mutlaqo yangicha ruknda yo’lga qo’yila boshlandi.
Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari ham jadal qadamlar bilan 
amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda 256 ta laboratoriya milliy sertifikatlashtirish tizimida 
akkrediditatlangan bo’lib, bu mahsulot ishlab-chiqarishning hamma sohasi bo’yicha yetarli 
darajada sinovlarni olib borish imkoniyatini beradi.
O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish sohasida Respublika sinov va 
sertifikatlashtirish markazi hamda hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari 
(SMB) faoliyat olib borishadi. Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi 17 ta hududiy 
markazlarni tashkil qiladi. Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining 
namunaviy tuzilmasi 6-rasmda keltirilgan. 


129 
Boshliq 
Boshliq o’rinbosari 
Akkreditatsiya 
qilingan 
hamda
attestatsiyadan 
o’tkazilgan 
organlar 
va 
laboratoriyalarni 
nazorat 
qilish 
bo’limi
Buxgalteriya 
Standartlashti
rishva 
standartlar 
ustidan 
davlat 
nazorati bo’limi 
Umumiy bo’lim 
Alkogolli 
mahsulotlar 
sifati 
bo’yicha 
inspektorlar 
Metrologik nazorat 
va o’lchovlarning 
yagonaligi 
ta’minlanishini 
nazorat 
qilish 
bo’limi 
6-rasm. Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB)ning namunaviy 
tuzilmasi 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazalari – SMSHM 
sertifikatlashtirish sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
- mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar (bajaruvchilar) ga va yetkazib 
beruvchilarga sertifikatlashtirish qoidalari haqida ma’lumot beradi; 
- BMS doirasida sertifikatlashtirish tadbirlari bo’yicha markaziy sertifikatlashtirish 
idoralari (MSI), bosh usuliyat markazlari (BUM) bilan o’zaro munosabatda bo’ladi; 
- sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilish ustidan davlat tekshiruvini (nazoratini), hamda 
ular tomonidan sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inpektsion nazoratni amalga oshiradi; 
- hududda sertifikatlashtirilgan mahsulotlar reestrini olib boradi; 
- sertifikatlashtirish bo’yicha hududiy idoralar va sinash laboratoriyalari (markazlari) ni 
akkreditlash bo’yicha «O’zstandart» agentligining topshirig’iga binoan komissiya tuzish, ularda 
ishtirok etish va ularning faoliyati ustidan inspektsion nazorat qilishni amalga oshirishidi. 
Sertifikatlashtirish va tekshirish bo’yicha vazifalarni amalga oshirish uchun SMSHM lar 
umumiy asoslarda O‘zDSt 5.2, O‘zDSt 5.3 va O‘zDSt 5.4 standartlariga muvofiq 
akkreditlanishi kerak. SMSHM akkreditlangandan so’ng sinov turlari va sertifikatlashtirilgan 
mahsulot turlari bo’yicha akkreditlashning ma’lum sohasida faoliyat ko’rsatish huquqini oladi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling