Direktor
Direktorning
ilmiy
ishlar
bo’yicha
o’rinbosari
Ilmiy kotib
Moliya-
iqtisodiyot
bo’limi
Standartlashtirish,
klassifikatsiyalash
va
kodlashtirish bo’limi
Malaka
oshirish
markazi*
Umumiy bo’lim
Sertifikatlashtirish
bo’limi
Metrologiya,
terminologiya
va
tarjimalar bo’limi
*Moliyalashtirish xo’jalik faoliyatidan olinadigan o’z mablag’lari hisobiga amalga
oshiriladi.
7-rasm. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining
tuzilmasi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti – SMSITI
quyidagi vazifalarni bajaradi:
- mahsulotlarni sertifikatlashtirish va akkreditlash bo’yicha asos bo’luvchi me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqish va yuritish;
- akkreditlash bo’yicha komissiya, mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar,
sinov va sotsiologik laboratoriyalar (markazlar) faoliyatlarida inspektsion nazoratida ishtirok
etish;
- sertifikatlashtirish bo’yicha mutaxassislar va ekspert-auditorlarni attestatlash bo’yicha
komissiyalarda ishtirok etish;
- sertifikatlashtirish bo’yicha mutaxassislarni va ekspert-auditorlarni sertifikatlashtirish
idoralarida, sinash va sotsiologik laboratoriyalar (markazlar) da ishlash uchun o’qitish va
tayyorlash;
- tashkilotlarga bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini va sifatini
ta’minlash tizimlarini ishlab chiqishda uslubiy yordam ko’rsatish;
- usuliyatli tavsifdagi ma’lumotlarni ishlab chiqish va nashr qilish;
- yuqorida ko’rsatilgan masalalar bo’yicha maslahatlar berish kabi vazifalarni bajaradi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari ham
o’z yo’nalishiga egadir.
132
Do'stlaringiz bilan baham: |