130
SMSITI
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-
uslubiy baza hisoblanadi. U ilgarigi sobiq Ittifoq Gosstandarti tarkibidagi
bosh ilmiy tadqiqot
institutiga tegishli bo’lgan funktsiyalarni bajarish bilan bir qatorda,
yuqorida qayd etilgan
sohalar bo’yicha fundamental tadqiqotlar olib boradi. SHu sohalardagi belgilangan maqsadlarni
amalga oshirish uchun u:
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot
sifati sohalarida hozirgi
xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi;
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot
sifati milliy tizimlarini
yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi;
- mahsulotning raqobatdoshlik qobiliyatini ta’minlaydigan, atrof-muhitni ishonchli
darajada
himoya qilishga, inson sog’lig’ini saqlashga, mehnat xavfsizligini ta’minlashga,
mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro, me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan
uyg’unlashadigan, asos bo’luvchi hujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi;
- standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki
uchraydigan muammolarni
tadqiqot qilish, davlat tilida me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug’atlar yaratadi;
- yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy masalalari
bo’yicha xalqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
- standartlashtirish,
metrologiya
va
sertifikatlashtirish
sohalarida
ishlayotgan
mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
- sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni tayyorlaydi va boshqalar.
Institut tashkil qilinganiga ko’p vaqt o’tmaganligiga qaramay shu kunga qadar Respublika
hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda.
O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining ilmiy-usuliyat markazi
bo’lib, «O’zstandart» agentligi qoshidagi standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish
ilmiy
tadqiqot
instituti
(SMSITI)
hisoblanadi.
Standartlashtirish,
metrologiya
va
sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 7-rasmda keltirilgan.