Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-Mavzu. Metrologiya xizmat. O’lchovlarga bo’lgan ehtiyojning paydo bo’lishi 11.1. Metrologiya rivojlanishining qisqacha tarixi 11.2. O’lchov ob’ektlari va vositalari
- 11.1. Metrologiya rivojlanishining qisqacha tarixi.
134 Nazorat uchun savollar 1. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazlari – SMSHM 2. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti vazifalari 3. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari 4. Akkreditlangan sinash laboratoriyalari 5. Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralari 11-Mavzu. Metrologiya xizmat. O’lchovlarga bo’lgan ehtiyojning paydo bo’lishi 11.1. Metrologiya rivojlanishining qisqacha tarixi 11.2. O’lchov ob’ektlari va vositalari 11.3. O’lchash nazariyasining asoslari 11.4. Davlat metrologik ta’minoti asoslari 11.5. Metrologik nazorat. Hukumat metrologik ta’minotining asosiy vazifalari 11.1. Metrologiya rivojlanishining qisqacha tarixi. . Metrologiya fani fan sifatida o’lchash bilan bog’liq bo’lgan ancha muammolarni o’z ichiga oladi. Metrologiya so’zi qadimgi grek tilidan olingan bo’lib "metro" - o’lchov, "logos" - ta’limot degan ma’noni anglatadi. Metrologiya bu o’lchovlar ularning birliklarini ta’minlash vositalari va talab qilingan aniqlikka erishish usullari haqidagi fandir. GOST 16263-70 ga ko’ra metrologiya – o’lchashlar, ularni birligini ta’minlashning usullari va vositalari va talab qilinadigan aniqlikka erishish usullari haqidagi fan. O’lchovlarga bo’lgan ehtiyoj juda qadim zamonlardan beri paydo bo’lgan. Qimmatbaho toshlar og’irligi o’lchangan karat birligi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ma’nosi janubiy sharqiy tillarda dukkakli don urug’i, nuxat degan ma’noni bildiradi. Kiev rusida xalq orasida vershok uzunlik birligi ishlatilgan bo’lib uzunligi ko’rsatkich barmoqning oxirgi bug’in o’zunligiga teng bo’lgan. Pyadь uzunlik birligi, "pyaternya", "pyatь" so’zlaridan olingan bo’lib, kerilgan bosh va ko’rsatkich barmoqlar orasidagi masofa. SHu bilan birga tabiiy o’lchovlar ham o’zining kelib chiqish tarixiga ega. Ular hozirgi vaqtda keng tarqalgan vaqt o’lchov birliklaridir. Astronomik kuzatishlar asosida qadimgi vavilonliklar yil, soat, oy birliklarini topishgan. Er sharining o’z o’qi atrofida aylanish davri ulushining 1/86400 qismiga teng kattalik sekund deb nom olgan. Eramizdan oldingi II asrda Vavilonda vaqt mina birligida o’lchangan. Mina bu suv soatidan oqib tushgan vaqtga teng bo’lgan, suvning og’irligi 500gr. ga teng bo’lgan. SHundan so’ng minut so’zi kelib chiqqan. 1824 yil uzunlik birligi sifatida yard qabul qilingan. Savdo sotiqning rivojlanishi nafaqat o’lchovlarni aniqlashtirishni, balki ularni dengizorti o’lchovlari bilan moslashtirish, nazorat tekshiruv faoliyatini kuchaytirishni ham taqozo etadi. 10 lik asosda o’lchov tizimini qurish g’oyasi XVII asrda Frantsiyada yashab o’tgan astronom Mutanga tegishli. Feodallar o’zlarining o’lchov birliklaridan foydalanish huquqiga ega bo’lgan Frantsiyada soliqlar yig’ish va boj to’lovlarini undirishda yakdillikka erishish masalasi dolzarb bo’lgan. 1790 y. 8 mayda Frantsiya Ta’sis yig’ini o’lchov sistemasini isloh qilish haqida dekret qabul qildi va Parij fanlar akademiyasiga mos takliflar ishlab chiqishni topshirdi. Lagranj rahbarlik qilgan akademiya komissiyasi o’lchov birliklarining o’nlik tizimini 135 taklif qildi, tarkibiga Laplas kirgan boshqa bir komissiya uzunlik o’lchovi birligi sifatida yer meridianining milliondan bir qismini qabul qilishni taklif qildi. Ana shu yagona birlik metr asosida metrik sistema shakllandi. Maydon- m 2 , hajm - m 3 , massa - kg (4 o S temperaturada toza suvning 1 dm 3 dagi massasi) ushbu metrik tizim asosida qabul qilingan. 1799 yil bu ish xalqaro komissiya nazorati ostida kuzatilib Frantsiya arxiviga topshirilgan. Afzalliklariga qaramasdan metrik sistema qiyinchilik bilan joriy qilindi. O’zbekiston Respublikasining metrologiya haqidagi qonuni Oliy davlat hukumatining asosiy metrologik qoidalari 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan "Metrologiya to’g’risidagi qonun" da ko’rsatilgan. Bu qonun 5 ta bo’lim, 21 ta moddadan iborat. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling