Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarda qatnashuvchi korxonalar


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

9.9. Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarda qatnashuvchi korxonalar 
O’z SMT da sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni quyidagi tashkilotlar amalga oshiradi: 
- mahsulotlarni sertifikatlashtirishni bir turdagi mahsulot-larni sertifikatlashtirish bo’yicha 
akkreditlangan idoralar; 
- sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlash-tirishni sifat tizimi va ishlab 
chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar; 
- O’zbekiston Respublikasida aniq mahsulotni sertifikatlash-tirish bo’yicha akkreditlangan 
idoraning bo’lmagan taqdirlarda uni sertifikatlashtirish masalasini sertifikatlashtirish bo’yicha 
milliy idora «O’zstandart» agentligi hal qiladi; 
- sertifikatlashtirish sinovlarini akkreditlangan sinash laboratoriyalari (markazlar) amalga 
oshirishadi; 
- bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralarni akkreditlashni 
sertifikatlashtirish milliy idorasi (keyinchalik - SMI) rahbari tasdiqlagan komissiya O‘zDSt 
5.2:2001 O’z SMT. Sertifikatlashtirish idorasiga qo’yiladigan umumiy talablar standartiga 
muvofiq o’tkazadi; 
- sinash laboratoriyalari (markazlari) ni akkreditlashni akkreditlash bo’yicha idora O‘zDSt 
5.3 O’z SMT. Sinash laboratoriyalari (markazlari)ni akkreditlash. Asosiy qoidalari. Standarti 
talablariga muvofiq o’tkziladi. 


122 
- ekspert-auditorlarni attestatlash O‘zRH 51-014 O’z SMT. Ekspert-auditorlarga qo’yilgan 
talablar rahbariy hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. 
9.10. Sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari 
O’z SMT sertifikatlashtirish tizimida sertifikatlashtirishning quyidagi ob’ektlari mavjud: 
- mahsulotlar; 
- jarayonlar; 
- sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar; 
- xizmatlar; 
- xodimlar. 
O’z SMT sertifikatlashtirish tizimida sertifikatlashtirishda quyidagi sub’ektlari mavjud: 
- bir turdagi mahsulotlarni sertfikatlashtirish bo’yicha idoralari; 
- sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralari; 
- sinov laboratoriyalari; 
- ekspert-auditorlar. 
O’z SMT sertifikatlashtirish tizimida sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari O‘zDSt 
5.0-98 O’z SMT. Asosiy qoidalar. standartiga muvofiq ro’yxatga olinadi. Ushbu standarga 
asosan O’z SMT da quyidagi Reestrlarni yuritish amalga oshiriladi: 
- bir turdagi mahsulotlarni sertfikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar; 
- sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlagan idoralari; 
- akkreditlangan sinav laboratoriyalari (markazlari); 
- attestatlangan ekspert-auditorlar; 
- sertifikatlashtirilgan mahsulotlar; 
- sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar; 
- bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning ro’yxatga olingan tizimlari. 
O’z SMT Davlat reestrini yuritish qoidalari O‘zRH 51-021 O’z SMT. Davlat reestrini olib 
borish tartibi rahbariy hujjatida belgilangan. SMI Davlat reestrining me’yorlarini, shuningdek
sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va tizimning boshqa ishtirokchilaridan olingan axborotlarni 
nashr qilib boriladi. 
Sertifikatlashtirish, akkreditlash va tekshirish o’tkazish bo’yicha harajatlarni O‘zRH 51-
032 O’z SMT. Ishlar haqini to’lash tartibi rahbariy hujjatida o’rnatilgan tartib bo’yicha 
shartnoma orqali so’rovchilar to’lashadi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling