Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish tartibi


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

9.6. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish tartibi 
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish sertifikatlash organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Sertifikatlashtirish organini tanlash arizachi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. 
Ariza beruvchi istalgan vaqtda, sertifikatlashtirish organlari esa arizachining birinchi talabi 
asosida quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart: 
a) majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulot turlarining ro’yxati yoki 
ro’yxatdan ko’chirma; 
b) Idora sertifikatlashtirish doirasiga taalluqli bo’lgan mahsulotni sertifikatlash qoidalari;
v) sertifikatlashtirish bo’yicha xizmatlar narxlari (tariflari) preyskuranti; 
g) davlat vakolatli organida akkreditatsiya qilinganlikni tasdiqlovchi hujjat. 
Sertifikatlashtirish organi, ko’rsatib o’tilgan hujjatlar nusxalarini taqdim etganda ularning 
nusxalarini tayyorlash uchun ketgan xarajatlarnigina so’rovchidan undirishga haqli. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun ariza 
beruvchi sertifikatlashtirish organiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar 
ilova qilinadi: 
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi; 
- mahsulotni yorliklash namunasi (mahsulot to’g’risida axborot); 
- gigienik sertifikat nusxasi.
Ariza beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigienik sertifikat va muvofiqlik sertifikati 
olishga ariza berilgan taqdirda gigienik sertifikat nusxasi talab etilmaydi. 
CHetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagilar taqdim 
etiladi: 
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi (u mavjud bo’lganda); 


120 
- mahsulotni yorliklash namunasi (mahsulot to’g’risida axborot);
- bojxona hududiga yetib kelganligi to’g’risida belgi qo’yilgan ilova hujjat (tovar-
transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) lar nusxasi. 
Ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga akkreditatsiya qilingan laboratoriyalardagi 
mahsulot sinovlari bo’yicha qo’shimcha hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Agar mahsulotni 
alohida parametrlari bo’yicha sinovlar turli sinov laboratoriyalarida o’tkazilgan bo’lsa, u holda 
sinovlarning ijobiy natijalari bilan birga barcha zarur protokollarning mavjudligi mahsulotning 
belgilangan talablarga muvofiqligining ijobiy bahosi hisoblanadi. 
Respublikada chetdan keltiriladigan, majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak bo’lgan 
mahsulotga normativ hujjat mavjud bo’lmaganda, sifat va xavfsizlik bo’yicha sertifikatsiya 
sinovlari mahsulotning ana shunday turlari talablariga muvofiqligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Arizachi tomonidan chetdan olib kelinayotgan mahsulotga zarur normativ hujjat yoki 
texnik tasnifnomalar taqdim etilmagan taqdirda, mazkur mahsulotni sertifikatlash mahsulotning 
ana shunday turlariga hujjatlar bo’yicha yoki gigienik sertifikat asosida, uni identifikatsiya 
qilgan holda amalga oshiriladi (oziq-ovqat mahsulotiga va oziq-ovqatga qo’shiladigan mahsulot 
uchun). 
Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari, shuningdek hujjatlarning to’liq bo’lmagan 
komplektini taqdim etish muvofiqlik sertifikati berishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bu 
to’g’rida sertifikatlashtirish organi ariza beruvchiga aniq qonunchilik normalarini ko’rsatgan 
holda yozma ravishda xabar qiladi. 
Xulosa berishni rad etganlik yuzasidan ariza beruvchi belgilangan tartibda shikoyat qilishi 
mumkin. 
Sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlar va sinovlarning ijobiy natijalari asosida 
ikki ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi. 
Muvofiqlik sertifikati chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga mahsulot yaroqliligining 
kafolatli muddatiga, ko’plab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun esa 3 yilga beriladi. 
Tekshirishni o’tkazish muddati, ishlab chiqarishning shakli va toifalariga ko’ra, sinovlar 
uchun namunalar tanlab olingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Tekshirish 
o’tkazilganligi uchun to’lov amalda sarflangan vaqt bo’yicha va belgilangan tartibda 
tasdiqlangan xarajatlar kalьkulyatsiyasiga binoan undiriladi. 
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish organi 
tomonidan sinovlar natijalari olingan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi kerak. 
Inspektsiya nazorati natijalari bo’yicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tasdiqlanishi 
yoki to’xtatib turilishi yoxud belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin. 
Laboratoriya sinovlarini o’tkazganlik, sertifikatni rasmiylashtirganlik va berganlik uchun 
to’lov tartibi, litsenziya ajratmalari miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
kelishilgan holda "O’zstandart" agentligining yo’l-yo’riq hujjatlarida belgilanadi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling