Nazorat savollari:
1.ISO 9004-87 Sifat sistemasining elementlari o’z ichiga nimalarni oladi?
2.Sifatni ta’minlash modeli deganda nimani tushunasiz?
3.ISO 9001-87 sifat sistemasiga nimalar kiradi?
4.ISO 9002 - 87 sifat sistemasiga nimalar kiradi?
5.ISO 9002 -87 sifat sistemasiga nimalar kiradi?
6.Mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bosqichida standartlashtirish o’rni?
7. Muomala va sotish bosqichida standartlashtirish.
8. Iste’mol va ekspluatatsiya bosqichlarida standartlashtirish orqali qanday ishlar
bajariladi?
9. Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirishning o’rni?
10. Ishlab chiqarishda iqtisod qilishni oshirishda standartlashtirishning ahamiyati.
5-Mavzu. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi
5.1. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi
5.2. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari.
5 .3. Mahsulot sifati darajasini baholash.
5.4. Mahsulot sifatining shakllanish bosqichlari.
5.5. Mahsulot sifatini nazorat qilish.
5.6. Mahsulot sifatini boshqarish va tahlil qilish
statistik usullarining tizimli taxlili.
5.1.
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi
Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish yoki xizmatlar ko’rsatishda faqatgina
ko’proq foyda olish uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham
zarurdir.
Ma’lum foydalilikka ega bo’lib, sotilish bahosi bilan tannarx o’rta-sidagi farqga ega
bo’lgan tovarlar albatta sotilishi kerak. SHunday qilib tovarni sotilishining muhim
shartlari-xaridorning uning kafolatlangan sifatiga ishonch va bahosidir.
Mahsulot sifati deb, mana shu mahsulotga nisbatan qo’yilgan xalq ehtiyoji
talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko’rinishi,
ishlatilishining qulayligiga aytiladi.
Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko’rsatkichlari deyiladi va turlicha usullar
yordamida aniqlanadi.
Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroq-liligining asosiy
elementlari konstruktsiya sifati deyiladi. Konstruktsiya sifatini takomilashtirilishi bilan
uning qiymati ham ortadi.
Баµо
tannarx
Q
1
Q
2
Q
3
Q
4
Pulda
g
i i
fod
as
i
35
Do'stlaringiz bilan baham: |