3-rasm. Korxonada sifatni boshqarish
Amalga oshirish funktsiyasi konstruktsiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor
mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish,
qo’llanadigan dastgohlar, mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va
nazorat qilish uslublarini aniqlashni o’z ichiga oladi.
Nazorat funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya
qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi
uni sotilishi bilan tasdiqlanadi.
Boshqaruvning ta’siri funktsiyasi mahsulotni realizatsiya qilish chora-tadbirlarini
belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni
tashkil etishni o’z ichiga oladi.
Yuqorida sanab o’tilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat -boshqaruvning
ta’siri funktsiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha bo’limlari boshqaruv va
nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qo’llab,
mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma’suliyat bilan o’z vazifalarini
bajarishlari lozim.
SHunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning ehtiyojini
qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo’lgan tovarlarni
loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir”
5.2.
Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari
Mahsulot sifatini baholash va uni oshirish uchun sifat darajasini baholash zarurdir.
Mahsulot sifatini miqdoriy jihatdan baholash bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasiga
kvalimetriya deyiladi.
Mahsulotning sifati darajasini baholash mahsulot sifatini sistemasida zaruriy
boshqaruv ta’sirini amalga oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy ko’rinishida mahsulot sifatini baholash quyidagi bosqichlarda amalga
oshirilishi mumkin.
Boshqaruv
таъсири
Rejalashtirish
тириш
Nazorat
Amalga oshirish
Лойи
µ
алаштириш
Turli ma’lumotlardan
foydalanish
Texnik xizmat
ko’rsatish
Tovordan foydalanganda
sifatning tasdiqlanishi
37
(4. rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |