Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

 
 
*Namuna tanlash 
va identifikatlash 
*Namunani sinash 
*Sinov 
bayonnomasini 
rasmiylashtirish 
 
Xizmat 
muvofiqligini 
bag’olash 
 
*Xizmat 
natijalarini 
tekshirish 
* Sinov 
bayonnomasini 
rasmiylashtirish 
 
Xodim 
muvofiqligini 
baќolash 
 
*Imtihon 
markazida imtihon 
topshirish 
*Imtihon 
bayonnomasini 
rasmiylashtirish 
 
Sertifikatlashtirish 
idorasida 
sifat 
tizimini 
tekshirish 
akti tahlili 
Natijalar tahlilini 
sertifikatlashtirish 
idorasida bayonnomada 
ko’rsatish 
Xizmat kuzatish 
natijalarini tahlil 
bayonnomasi 
Sertifikatlashtirish 
idorasida imtihon 
bayonnomasini 
tasdiqlash 
SERTIFIKATLASHTIRISH BO’YICHA QAROR 
*Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish (muvofiqlik belgisi)
*Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish 
INSPEKTSIYA NAZORAT 
Muvofiqlik belgisi va sertifikatdan to’g’ri foydalanishni davriy 
tekshirish 
 


116 
agentligi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi 
vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan 
birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshirishadi: 
chetdan keltirilayotgan mahsulotlardan akkreditatsiya qilingan idoralar va laboratoriyalar 
tomonidan sinov o’tkazish uchun namuna olishning cheklangan normalarini belgilash; 
akkreditatsiya qilingan idoralar va laboratoriyalar o’rtasida sinovlarning takrorlanishiga 
yo’l qo’ymaslik maqsadida sinovlar turlarini belgilash; 
o’zlariga qarashli akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda mahsulotlarni sinovdan 
o’tkazish xizmatlariga tariflarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida (uning hududiy 
bo’linmalarida) oldindan deklaratsiya qilish. 
Muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini tekshirish faqat majburiy tartibda sertifikatlanadigan 
mahsulotlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan vakolatli davlat organlari 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
"O’zstandart" agentligida "Standartlashtirish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasining 
Qonunida belgilangan standartlashtirish bo’yicha me’yoriy hujjatlar toifalarini tayyorlash va 
ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomning hamda Majburiy tartibda 
sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning har bir turini ularda sertifikatlashtirishning 
tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan xavfsizlik ko’rsatkichlari ko’rsatilgan Qoidalarining 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazadi va majburiy tartibda 
sertifikatlanadigan mahsulotlarning nomenklatura ro’yxati, ularning sifatini va xavfsizligini 
belgilovchi me’yoriy hujjatlarni ko’rsatgan holda, nashr etilishini hamda bojxona, soliq va 
akkreditatsiya qilingan idoralarga jo’natadi.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti : 
1. Ariza beruvchi zarur hollarda gigienik xulosa olish uchun hududiy sanitariya nazorati 
organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi. 
Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyiga borgan holda 
laboratoriya sinovlari o’tkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va ob’ektni tekshiradi. 
1a. CHorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchidan 
hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) veterinariya xizmati 
organiga buyurtmanoma jo’natadi. 
1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati organiga 
veterinariya xulosasini yoki xulosa berishni rad etishga sabab bo’lgan aniq qonun hujjatlari 
normalarini ko’rsatgan holda yozma javob yuboradi. 
Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolyatsiyalash-cheklash (karantin) choralarini 
belgilash huquqiga ega. Bunda veterinariya xulosasini berish tartiboti karantin muddati 
tugagunga qadar to’xtatib turiladi. 
1v. O’simlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan hujjatlar 
olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) o’simliklar karantini davlat 
xizmati organiga buyurtmanoma jo’natadi. 
1g. O’simliklar karantini davlat xizmati organi ikki kun muddatda fitosanitariya xulosasi 
yoki salbiy xulosa beradi. 
2. Laboratoriya sinovlari, shuningdek veterinariya hamda fitosanitariya xulosalaridan 
ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchiga gigienik xulosa 
beradi. 


117 
3,4. Ariza beruvchi o’z xohishiga ko’ra, tashkilot va ishlab chiqaradigan mahsuloti shtrixli 
kodda foydalaniladigan tovar kodini olish uchun "EAN Uzbekistan" ga murojaat qilishi 
mumkin. 
5. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikati olish uchun sertifikatlash bo’yicha akkreditatsiya 
qilingan organga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. (Ariza gigienik xulosa 
olish uchun beriladigan ariza bilan bir vaqtda berilishi mumkin). 
6. Sertifikatlash bo’yicha akkreditatsiya qilingan organ 15 ish kunidan ortiq bo’lmagan 
muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari normalarini ko’rsatgan holda yozma 
rad javobini beradi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling