Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

8.5. Standartlashtirish va ekologiya 
Insoniyat texnik qurollanishining hozirgi holati, jahon hamjamiyatida ishlab chiqarish 
munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining hozirgi darajasida, Yer aholisi 
sonining o’sishida, urbanizatsiyaning ortishida, iste’mol jamiyati stereotipining yoyilishi – 
tabiiy resurslarni olish ko’lamlari, atrof muhitning ta’siri va ifloslanish darajasi bashariyatning 
o’zi uchun xavfli bo’lib qoldi. Tarixan yuzaga kelgan, evolyutsiyaning uzoq yillari mobaynida 
inson genetik jihatdan moslashgan hayot kechirish muhitining o’zgarishi yuz bermoqda. Global 
ekotizimlar sifatida biosferaning barqarorligini belgilab beruvchi Yerning bir qator tabiiy 
resurslari tugab bormoqda, biosferaning o’zi esa ishlab chiqarish-xo’jalik va ijtimoiy-madaniy 
faoliyat chiqindilarini assimilyatsiyalash qobiliyatini tobora yo’qotib bormoqda. 
Global ekologik inqiroz davrida tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza 
qilish masalasi keskin turadi. 
Profilaktiklik, ya’ni inson faoliyatidagi turli ta’sirlardan salbiy oqibatlarning oldini olishga 
yo’naltirilganlik; komplekslik, har joydalik, hududiy tabaqalanganlik va ilmiy ekologik 
asoslanganlik tabiiy muhitni muhofaza qilishning muhim tamoyillari hisoblanadi. 
Atmosferani muhofaza qilish va suvni zararli moddalar bilan ifloslanishdan himoyalash, 
ekotizimlar va landshaftlarni qo’riqlash, shovqinga qarshi kurashish, yer osti va ratsional 
xavfsizlikni himoyalash, o’simliklar, hayvonlar mikroorganizmlar bioxilma-xilligini va 
genofondini saqlash, turli antropogen ta’sirlar, shu jumladan ifloslanish kabilar tabiiy muhitni 
muhofaza qilishning asosiy muammolari hisoblanadi. 
Tabiatni muhofaza qilishda gap, birinchi galda, insonning salomatligini va farovonligini 
muhofaza qilish haqida boradi. Tabiatga nisbatan asrab-avaylab munosabatda bo’lish, uni 
muhofaza qilishning zarurligini qadimiy donishmandlar ham tushunishgan va jahonning barcha 
xalqlari tabiatdan foydalanish milliy an’analari ushbu tamoyilga to’liq javob berardi. 
Standartlashtirishning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish muammolari bilan 
bog’liq bir necha asosiy funktsiyalari mavjud: 
1. Standartlashtirishning muhofaza qilish (ijtimoiy) funktsiyasi – mahsulot (xizmatlar) 
iste’molchilari, ishlab chiqaruvchilar va davlatning xavfsizligini ta’minlash, bashariyatning 
tabiatni tsivilizatsiyaning texnogen ta’siridan himoyalash bo’yicha sa’y-harakatlarini 
birlashtirish. 
2. Standartlashtirishning resursni tejash funktsiyasi moddiy, energetika, mehnat va tabiiy 
resurslarning cheklanganligi bilan shartlangan bo’lib, resurslarni sarflash uchun asoslangan 
cheklovlar normativ hujjatlarining belgilanishidan iborat. 
Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash 
sohasida standartlar majmui ishlab chiqilgan. U 80 dan ortiq GOST bilan namoyon etilgan. 
Standartlar majmui ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarini qamrab olgan bo’lib, bir 
tabiiy resurslardan boshqalarining ziyoniga foydalanishni istisno etadi va xalq xo’jaligi barcha 
tarmoqlari korxonalari faoliyatining ko’ngilsiz oqibatlari oldini oladi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling