Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

 
8.2. Xizmatlarni standartlashtirish 
Standartlashtirish 
iste’molchilar huquq va manfaatlarining davlat tomonidan 
himoyalanishini amalga oshirish yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Xizmatlar sifati e’lon 
qilingan xizmat ko’rsatish sinfi uchun belgilangan standartlar, ko’rsatkichlar,talablarga mos 
kelishni tekshirish orqali tasdiqlanadi. Bunda hamma vaqt xavfsizlik eng asosiy talab 
hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq, 
standartlashtirish – bu: 
a) 
mahsulot, ishlar va xizmatlarning atrof muhit, inson hayoti, salomatligi, mol-mulki 
uchun xavfsizligini; 
b) 
fan, texnika va texnologiyaning rivojlanish darajasiga muvofiq mahsulot, ishlar va 
xizmatlar sifatini; 
v) o’lchovlarning yagonaligini; 


110 
g) barcha turdagi resurslarning tejalishini; 
d) 
xo’jalik ob’ektlarining xavfsizligini; 
e) 
mamlakatning mudofaaga qodirliginita’minlash maqsadida normalar, qoidalar va 
tavsiflarni belgilash faoliyati. 
O’zbekiston Respublikasining "Iste’molchilar huquqlarini himoyalash to’g’risida"gi 
Qonuni mazkur sohada standartlashtirishning rivojlanishiga turtki berdi. Majburiy sertifikatlash 
O’zR Davstandartitomonidan tanlangan asosiy mexanizmlardan biri hisoblanadi. Bunga qadar 
xizmatlar sifatiga nisbatan qo’yiladigan talablarni normativ huquqiy hujjatlarda hamda idoraviy 
va ishlab chiqarish hujjatlarda belgilanar edi. 
Xizmatlar sohasidaqo’llaniladigan ko’p sonli qonun osti hujjatlari (qoidalar, yo’riqnomalar 
va h.k.) sertifikatlashning asosiy normativ bazasiga aylana olmadi – majburiy talablarga ega 
bo’lgan davlat standartlari zarur edi. SHunday qilib, mamlakatimizda boshlangan majburiy 
sertifikatlash xizmatlar sohasidastandartlashtirish ishlariga turtki berdi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling