Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

7.6. Sertifikatsiya va xalqaro savdo 
 
Yuqorida aytib o’tilganidek, sertifikatsiya, ko’p xollarda chet ellik raqobatchilarga 
nisbatan protektsionistik siyosat sifatida qo’llanadi. SHunga qaramasdan sertifikatsiyaning 
asosiy maqsadi – bu xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni 
yaratib berishdir. Tabiiyki, bu maqsadni amalga oshirish uchun tegishli xalqaro kelishuvlar 
zarur. Bu borada «Tokio raund» (1979y) da tuzilgan GATT savdodagi texnikaviy to’siqlar 
bo’yicha Kelishuv ayniqsa axamiyatga ega. Kelishuv davlatlar o’rtasidagi savdo aloqalarida 
protektsionizm va diskriminatsiyani cheklash uchun qo’yilgan birinchi qadamdir. U GATT ga 
kiruvchi davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklatadi: 
1) Texnikaviy reglament va standartlarni protektsionistik maqsadlarda qo’llamaslik, 
ularni ishlab chiqishda amaldagi xalqaro standartlarni e’tiborga olish; 
2) Milliy sinov markazlari va maxsulotni sertifikatsiyalash sistemalariga boshqa davlatlar 
ishtirokchilarini ruxsatnoma bilan diskriminatsiya qilmaslik; 
3) Ishtirokchi mamlakatlar tovarlariga standartlar va texnikaviy reglamentlarni joriy etish 
bo’yicha milliy tartibni yaratib berish; 
4) Ishtirokchi mamlakatlar davlat tashkilotlari tomonidan maxsulotni sinovdan o’tkazish 
natijalarini, kelishuvga qo’l qo’ygan boshqa tashkilotlar va muvofiqlik belgilarini tan olinishini 
ta’minlash; 
5) Ishtirokchi mamlakatlar o’rtasida milliy standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish 
bo’yicha ma’lumotlarni o’zaro almashuvini amalga oshirish.
Kelishuv milliy standartlar, texnikaviy reglamentlar sertifikatlash qoidalarini xalqaro 
standartlar va ko’rsatmalar bilan moslashuviga imkon beradi. Bu esa maxsulotning texnikaviy 
darajasi va sifatini yaxshilashga, uning eksport quvvatini oshirishga imkon beradi. Umuman 
olganda Kelishuv ishtirokchi davlatlar o’rtasidagi xalqaro savdo aloqalarini normalashtirish va 
kengaytirish imkonini beradi.
Kelishuvning bajarilishini nazorat qilish GATT qo’mitasiga yuklatilgan. U Kelishuvning 
amalga oshirilishini nazorat qiladi, ekspertlar guruxi yordamida tortishuvlarning yechilishiga, 
maslaxatlar o’tkazishiga imkon yaratadi. Sertifikatsiyalash bo’yicha bir qator xalqaro 
tashkilotlar mavjud. Ulardan elektron-texnika buyumlarini sertifikatsiyalash sistemasining 
(IET) Xalqaro iqtisodiy qo’mitasi (MEK) ikki tomonlama axamiyatga ega: 
 Birinchidan, u xar bir tayyorlangan IET partiyasini tegishli me’yoriy-texnikaviy 
xujjatlarga muvofiq xolda sinovdan o’tkazadigan yagona xalqaro sistemadir 
 Ikkinchidan, unda sobiq SSSR davlatlari ishtirok etadilar. 
MEK sertifikatsiyalash sistemasining asosiy maqsadi IET ishlab chiqaruvchi mamlakatlar 
o’rtasidagi savdoga ularga nisbatan yagona shartlarni o’rnatish orqali imkon berish.
Bu sistemaga kiruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan maxsulotlar boshqa barcha 
ishtirokchi davlatlarda qayta sinov o’tkazilmasdan ishlatilishi mumkinligini ko’rsatadi.
Boshqa MEK Farbiy Yevropa IETiga nisbatan raqobatbardosh bo’lgan Amerikaning 
IETiga diskriminatsiya maqsadlarida tuzilgan edi. Keyinchalik MEK da butun dunyo miqyosida 
IET sertifikatsiyalash sistemasini tuzish masalasi paydo bo’ldi.
Har qanday IET ishlab chiqaruvchi korxona MEK sistemasi chegarasida ishlab chiqargan 
maxsulotlarini sertifikatlash xuquqi uchun litsenziya olishi mumkin. Buning uchun u vakolatli 
milliy tashkilotga IETni tayyorlashda asos qilib olingan umumiy va guruxli texnikaviy 
shartlarni yuborishlari shart. Bunda korxona milliy nazorat xizmati vakillariga IETning ishlab 
chiqarish uchastkalariga kirish imkonini beradi. Sir saqlanadigan ishlab chiqarish uchastkalari 
korxonaning bosh nazoratchisining nazoratida bo’lishi kerak. Bosh nazoratchining asosiy 
majburiyatlari quyidagilardan iborat: 


104 
 Milliy nazorat xizmati bilan aloqani ta’minlash; 
 qabul qilingan IET partiyasining sifati uchun javobgarlik; 
 nazorat o’lchash va sinov ishlarini xisobga olish, ularning natijalarini milliy nazorat 
xizmatiga uzatish; 
 muvofiqlik belgisi bilan qabul qilingan maxsulotlar partiyasinining o’rash-joylash 
ishlari uchun javobgarlik; 
 chiqarilgan partiyalar sinovlarining protokollarini ifodalanishing to’riligi; 
 IET ni qo’shimcha sinov va nazoratdan o’tkazilishi uchun javobgarlik. 
Ishlab chiqaruvchi korxona, MEK sistemasi chegarasida sertifikat olgach, bosh 
nazoratchining va milliy nazorat xizmatining ishtirokida maxsulot sifatini nazorat qilishni 
tashkil etishi kerak. Har bir partiyaning qabul qilinish kriteriyasi mazkur IET tipiga nisbatan 
texnik shartlar bo’yicha o’rnatiladi.
MEK Sistemasi qoidalariga muvofiqlik belgisi bilan o’raladi yoki ularga muvofiqlik 
sertifikati tayyorlanadi. O’rash va muvofiqlik sertifikatining berilishi bosh nazoratchining 
bevosita nazorati ostida beriladi. IET uzoq va vaqt saqlashdan keyin jo’natilsa, uni jo’natishdan 
oldin takroran sinov ishlari amalga oshiriladi.
Ishlab chiqaruvchi davlat qonunlariga muvofiq qayd etilgan muvofiqlik belgisi o’rash 
uchun ishlatiladigan materialga yopishqoq lenta orqali tushiriladi. Muvofiqlik belgi yoniga 
quyidagi ma’lumotlar qo’yiladi: 
 
Milliy nazorat xizmatiga
 
Korxonaning attestatsiyadan o’tganligi to’risidagi guvoxnoma; 
 
Nazorat partiyasiga(ssыlka). 
£abul qilingan IET partiyasi uchun berilgan muvofiqlik sertifikati quyidagi ma’lumotlarni 
o’z ichiga oladi: 
- korxonaning nomi va joylashgan o’rni; 
- korxonaning savdo belgisi; 
- katalog va kod bo’yicha buyumning to’liq nomi; 
- nazorat partiyasining tartib raqami; 
- mazkur buyum tipi uchun texnikaviy shartlar; 
- milliy nazorat xizmatining nomi; 
- sertifikat bergan vakolatli shaxsning imzosi; 
- ishlab chiqaruvchi korxonaning attestatsiyadan o’tganligi to’risidagi guvoxnomaning 
tartib raqami; 
- buyum qabul qilib olingan sana; 
- sertifikat berilgan sana. 
Sertifikatsiyalash bo’yicha juda katta ishlar ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) 
chegarasida sertifikatsiya bo’yicha qo’mita (SERTIKO) boshchiligida amalga oshiriladi. Uning 
faoliyat soxasi quyidagicha aniqlanadi: 
 
milliy va regional sertifikatsiyalash 
sistemalarini, 
muvofiqlik belgilarini, 
maxsulotning tavsifini yana kengroq, bir-birini tan olishga qaratilgan vositalarni o’rganish; 
 
milliy yoki regional sertifikatsiyalash sistemalarini protektsionistik maqsadlarda 
foydalanilishiga barxam berish yoki cheklash maqsadida tegishli kelishuvlarni tuzish 
qoidalarini ishlab chiqish. 
 
SERTIKO da quyidagi ishchi guruxlari tuzilgan: 
o tushunchalar bo’yicha; 
o sinov protokollari formasi bo’yicha; 
o sinov laboratoriyalari tomonidan o’tkaziladigan malakali sinovlar bo’yicha; 


105 
o yuridik javobgarlik masalalari bo’yicha; 
o ISOga muvofiqlik belgisi bo’yicha; 
o Korxonalarda sifatni baxolash usullari bo’yicha. 
SERTIKO «Tegishli standartlar va uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemalariga 
tegishli printsiplarni jamlash» ni boshqarishni ishlab chiqdi. U milliy xamda regional 
sertifikatsiyalash sistemalarini boshqa sistemalar bilan xamda boshqa davlatlarning ularda 
ishtirok etishi bilan o’zaro muvofiqligi nuqtai nazaridan tashkiliy printsiplarni o’rnatadi. 
Masalan, milliy va regional sertifikatsiyalash sistemalarini tuzishda ular imkoni boricha ISO 
xalqaro standartlariga asoslanishi kerak. Bunda ushbu standartlar muvofiqlik sertifikatsiyasi 
shartlarini o’zida aks ettirishlari lozim: 
 
Sertifikatsiyalanayotgan maxsulotning tavsiflari darajasini aniq o’rnatish; 
 
Sinov va o’lchash ishlarini aniq amalga oshirish usullari; 
 
Standartlarga maxsulot sifatini ta’minlash shartlarini kiritish; 
 
Texnika va texnologiyaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi sharoitlar. 
Raxbarlik qilish maxsulotning barcha ishlab chiqaruvchilarini yaratilayotgan sistemalarda 
xech bir diskriminatsion shartlarsiz ishtirok etishini ta’minlashning zaruriyligini nazarda tutadi.
U xalqaro savdoni sertifikatsiyalash vositalari, barcha mamlakatlarning sistemalarda erkin 
ishtirok etishini ta’minlash yo’li bilan rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga 
qaratilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sertifikatsiya davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarini 
osonlashtiradi, import qilinayotgan davlatlarda maxsulotni qayta sinovdan o’tkazish ishlariga 
ketadigan xarajatlar qisqaradi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling