Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Sertifikatlashning tashqi savdo xolatiga ta’siri


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

7.5. Sertifikatlashning tashqi savdo xolatiga ta’siri. 
 
Sertifikatlashtirish davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarini yengillashtiradi
maxsulotni import qilinayotgan davlatlarda qayta sinovdan o’tkazish, tashish xarajatlari 
qisqaradi. Yagona xalqaro standartlar birliklariga amal qilishga asoslangan xalqaro 
sertifikatsiyalash sistemalarini joriy etilganda, ish yanada osonlashadi.
Ammo, ko’pchilik davlatlarda sertifikatlashtirish milliy chegaralarda kiritilgan. Natijada 
sertifikatlashning milliy qoidalari, sinovlarni o’tkazish tartibi va natijalarni ifodalashda farq 
yuzaga keladi. SHuning uchun xam milliy sertifikatsiyalash bilan bog’liq bo’lgan xalqaro 
savdodagi nomuvofiqlikni yo’qotish ko’pchilik xalqaro tashkilotlarning diqqat markazidadir.
SHu bilan bir qatorda sertifikatlash va standartlashning milliy qoidalaridagi farqlar, 
shuningdek, ayrim maxsulot turlariga nisbatan qo’yilgan talablardagi ob’ektiv farqlar ba’zi 
mamlakatlarda protektsionistik maqsadlarda, ya’ni chet ellik ishlab chiqaruvchilarga bu 
mamlakatlarning bozoriga kirib kelishlarining yo’lini yopish yo’lida xam foydalanmoqdalar.
CHet el maxsulotlarining ichki bozorga kirib kelishining oldini olishda standartlardan 
foydalanishning oldini olishga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin: 

ma’lum konstruktsiyadagi buyumlarni standartlar orqali tavsiflash; 

ma’lum bir materiallarni qo’llash; 

buyumning qandaydir tavsifi miqdorini boshqa davlatlarda qabul qilinganiga nisbatan 
yuqoriroq ko’tarish (masalan, kafolatli xizmat ko’rsatish muddatini). 
Bunday protektsionizm to’risida Germaniyaning ulgurji va tashqi savdo Ittifoqining 
Prezidenti Gans Xaytvich shunday degan: «O’z iqtisodini zararli raqobatdan ximoyalashni 
kuchaytirishda davlatlar judayam ixtirochi bo’ladilar. Bugungi kunda umumiy bozor 
mamlakatlarida 900 dan ortiq savdo aloqalarining o’rnatilishiga xalal beradigan davlat 
texnikaviy reglamentlarining mavjud. Ular davlatlarning ichki bozoriga chet el maxsulotlarining 
kirib kelishiga qarshilik qiladi, xamda o’z maxsulotini chet el maxsulotlari raqbatidan asrashga 
yordam beradilar.» 
Ba’zi xollarda protektsionistik choralar jamoatning talabiga ko’ra amalga oshiriladi. 
Bunday xolatda iste’molchilar qiziqishini ximoya qilish, ularning sog’lig’ini, atrof-muxitni 
ximoya qilish uchun qonuniy aktlar va qarorlar qabul qilinadi.
CHet el tovarlari diskriminatsiyasi uchun ularning sertifikatsiyalash sinovlarini 
o’tkazishga milliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qo’llanadigan xaq yuqori qilib belgilanadi. 
Natijada, sertifikat olish uchun yuqori xaq to’lash, ko’pincha maxsulotni eksport qilishni 
samarasiz bo’lishiga olib keladi. 


103 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling