Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

Nazorat uchun savollar 
1.ISO 9004-87 Sifat sistemasining elementlari o’z ichiga nimalarni oladi? 
2.Sifatni ta’minlash modeli deganda nimani tushunasiz? 
3.Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirishning o’rni?
4.Ishlab chiqarishda iqtisod qilishni oshirishda standartlashtirishning ahamiyati?
5.Standartlashtirishning samaradorligi qanday baholanadi? 
6.Standartlashtirilayotgan mahsulotning bog’liqligini ta’minlash va standartlarning 
o’zaro bog’liqlik printsipi nimani bildiradi? 
7.Iqtisodiy samaraning aniq qiymatini olishning muhim sharti nimadan iborat? 
 
 
 
 
 
 


96 
7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash 
 
7.1. Sertifikatsiya – sifat kafolati. 
7.2. Sertifikatlash sistemasining turlari 
7.3. Sertifikatsiyalash tashkilotlari. 
7.4. Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar. 
7.5. Sertifikatsiya va xalqaro savdo. 
7.7. Milliy sertifikatsiyalash sistemalari. 
 
7.1. Sertifikatsiya – sifat kafolati 
Sertifikatsiya – bu maxsulotni standartlarga, texnik shartlarga javob berishini 
xujjatlar orqali tasdiqlashdir.
Maxsulot sertifikatlash maxsulotga muvofiqlik sertifikati berish orqali uning 
tegishli standartlar va texnik xujjatlarga javob berishini tasdiqlashdir.
«Sertifikatlash» tushunchasi standartlashtirish bo’yicha maxsus Xalqaro Kengash 
Komiteti tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan.
Sertifikatlash (muvofiqlik sertifikatlashi) umumiy tushuncha bo’lib, maxsulotni 
texnologik jarayonlarni va xizmatlarni sertifikatlashda uchinchi tomonning (bir tomon – 
ishlab chiqaruvchi, ikkinchi tomon – iste’molchi) ishtirok etishini nazarda tutadi. ISO 
muvofiqlikning 3 ta ko’rinishini o’rnatadi: 

muvofiqlik xaqida ariza; 

muvofiqlik attestatsiyasi; 

muvofiqlik sertifikatsiyasi; 
Muvofiqlik xaqida ariza – bu ishlab chiqaruvchining arizasi bo’lib, anda 
sertifikatlash tashkilotlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan maxsulot, texnologik jarayon 
yoki xizmatlarning ma’lum standartlarga yoki boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga 
javob berishiga ishlab chiqaruvchining o’z-o’zini sertifikatlash deb xam ataladi.
Muvofiqlik attestatsiyasi – bu ma’lum maxsulot namunasi ma’lum standartlar yoki 
me’yoriy-texnik xujjatlarga javob berishi to’risida uchinchi tomon, sinov 
laboratoriyasining arizasidir. Bunda ishlab chiqarilgan maxsulotlar seriyasining 
muvofiqligiga baxo berilmaydi, balki sinov o’tkazish uchun yuborilgan maxsulot 
namunasining sifatigagina kafolat beriladi.
Muvofiqlik sertifikatsiyasi – ishlab chiqarilgan maxsulot, texnologik jarayon yoki 
xizmatlarning ma’lum standart va me’yoriy texnik ujjatlarga javob berishiga uchinchi 
tomonning bergan kafolatidir. 
SHunday qilib, muvofiqlik sertifikatsiyasi uchinchi tomon orqali kafolatlanadi va 
o’rnatilgan qonunlarga muvofiq tashkiliy sistema chegarasida amalga oshirilgandagina 
tan olinadi. Bunda uchinchi tomon seriyali ishlab chiqarilgan maxsulotlarning standartlar 
shartiga absolyut jixatdan emas, balki ma’lum ishonchlilik darajasi bilan javob bera 
olishini tasdiqlaydi. Ushbu ishonchlilik darajasi maxsulotning o’rnatilgan shartlarga 
muvofiqligini ta’minlovchi ishlar xajmiga bog’liq xolda turlicha bo’lishi mumkin. 
Ishonchlilik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, maxsulot sifatini ta’minlash bo’yicha 
amalga oshirilgan ishlar xajmi shunchalik katta bo’ladi.
Muvofiqlik sertifikatsiyasi sertifikatlash sistemasi chegarasida amalga oshiriladi. 
Sistema chegarasida sertifikatsiyalash yagona qonunlar asosida amalga oshirilishi kerak. 
Sertifikatlash sistemalari 3 ta darajada: milliy, regional va xalqaro darajada yaratilishi 
mumkin. 


97 
Ayrim maxsulot turi, texnologik jarayon yoki xizmatlarga nisbatan sertifikatlash 
sistemasini ifodalovchi sertifikatlash sxemalari mavjud.
Maxsulotning standart shartlariga javob berishi muvofiqlik sertifikati yoki 
muvofiqlik belgisi bilan tasdiqlanadi.
Muvofiqlik sertifikati - maxsulot texnologik jarayon yoki xizmatlar tegishli standart 
yoki me’yoriy xujjatlarga mos kelishini tasdiqlovchi, sertifikatsiyalash sistemasi 
qoidalariga muvofiq berilgan xujjatdir.
Muvofiqlik belgisi – bu qonun tomonidan ximoyalanadigan belgi bo’lib, 
sertifikatsiyalash sistemasi qoidalariga ko’ra foydalanilib, maxsulot, texnologik jarayon 
yoki xizmatlartegishli standartlarga javob bera olishini kafolatlaydi.
Muvofiqlik sertifikati va belgisi tuzilishiga ko’ra xam, mazmuniga ko’ra xam 
sertifikatlash sistemasi tomonidan o’rnatilgan shartlarga javob berishi kerak. Ular 
amaldagi qonunlarga ko’ra beriladi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling