Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari va printsiplari


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

6.6. Iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari va printsiplari 
Iqtisodiy rivojlanishning bugungi bosqichida standartlashtirish ijtimoiy ishlab 
chiqarishning jadallashuvini kuchaytirishda va samaradorlikni oshirishda borgan sari 
ko’proq texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.
Standartlashtirish – tarixan moddiy va ijtimoiy sohalarni, juda ko’p turli 
ob’ektlarni chegaralash faoliyati sifatida yuzaga kelgan.
SHuni ta’kidlash kerakki, u tartibga solish faoliyati sifatida juda ko’p ob’ektlarni 
qamrab oladi. Bunday hollarda standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash 
alohida ahamiyat kasb etadi, chunki samaradorlik ko’pchilik aspektlarning jumladan:

standartlashtirishning kelgusi rivojlanish alьternativlarini baholash, ya’ni 
makro darajada standartlashtirish muhim masalalarini yechilishini belgilaydi; 

standartlashtirishni ba’zi takrorlanadigan jarayonlar, voqealarni tartibga 
solish ishida foydalanishning maqsadga muvofiqligi; 

standartlashtirish ob’ektlarining tavsiflarini tanlash va optimallashtirish 
masalalarini yechishda standartlashtirish ob’ektining optimal parametrlari to’plami 
variantini tanlash; 

boshqaruv tsiklining turli bosqichlarida standartlashtirish tomonidan amalga 
oshirilayotgan boshqaruvni baholash; 

standartlashtirishni rivojlantirish yo’nalishlari orasida iqtisodiy resurslarni 
ratsional taqsimlash.
Standartlashtirishning 
iqtisodiy 
samaradorligini 
aniqlash 
standartlashtirish, 
shuningdek mahsulot sifatini oshirish bo’yicha ishlarni bajarishda yagona hisoblanadigan 
bir qator umumiy tizimlarga asoslanadi. Ularning birligi shunga asoslanadiki, ular fan-
texnika taraqqiyotini joriy etishning konkret formasini ifodalaydilar, shuning uchun 
standartlashtirishning 
iqtisodiy 
samaradorligi 
fan-texnika 
taraqqiyoti 
iqtisodiy 
samaradorligining yoki yangi texnika samaradorligining bir qismidir.
Umumiqtisodiy yondoshuvning zarurligi standartlashtirish samaradorligini 
baholashni amalga oshirishni butun mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlariga qaratishni 
taqozo qiladi. Standartlashtirishning umumiqtisodiy samaradorligini aniqlash–bu 
loyihalash, tayyorlash, muomala va iste’mol bosqichlarida standartlashtirish natijalarini 
e’tiborga olgan holda respublikamiz iqtisodiga ta’sirini aniqlashdir. Iqtisodiy 


93 
samaradorlikni 
maksimal 
qiymati 
standartlashtirilayotgan 
ko’rsatkichlar 
nomenklaturasini, bu ko’rsatkichlarning qiymatlarini, parametrlar qatorini tanlash va 
sinovlar o’tkazish usullarini optimallashtirishda standartlashtirish va unifikatsiyalash 
masalalarini hal etishda kriteriy bo’lib xizmat qiladi.
Umumiqtisodiy manfaatning ustuvorligi alohida standart yoki standartlar 
sistemasining samaradorligini baholash butun mahsulotning hayot tsikli davomida 
amalga oshirilishi kerakligini bildiradi. Agar standart umumtexnikaviy yoki tashkiliy-
uslubiy bo’lsa, u holda uning samaradorligini baholash umumiqtisodiy manfaatlar 
asosida amalga oshirilishi kerak.
Ayrim ishlab chiqarish zvenolarida samara olinishining salbiy bo’lishi mumkinligi 
ular tomonidan standartlashtirish ishlarini amalga oshirishda manfaatdorlik masalalarida 
qiyinchilik tug’diradi.
Standartlarning bir necha variantda bo’lishi – ular orasidan eng yaxshisini tanlab 
olish uchun zaruriy manbadir. Umumiqtisodiy yondoshuvning joriy etilishi alohida 
standartlar 
variantlaridan umumiqtisodiy nuqtai nazardan tanlash imkoniyati 
mumkinligiga tayanadi.
Iqtisodiy samaradorlik – xususiy optimallashtirish uslubi sifatida o’zining barcha 
imkoniyatlaridan standartlar loyihalarining ko’p variantli emasligi sababli foydalana 
olmaydi. Iqtisodiy nuqtai nazardan loyihalar samarasiz, faqatgina tavsiya etilgan 
parametrlarini hisobga olish faoliyatidan iborat bo’lib qoladi.
Yana bir muhim aspekt – standartlarni joriy etganda, faqatgina ulardan 
qo’llanilgan holatlarda emas, balki ular ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan sohalarda ham 
ularni joriy etishning asosiy hamda yondosh oqibatlarini iloji boricha to’liqroq hisobga 
olishning zaruriyligidir.
Standartlashtirishning 
iqtisodiy 
samaradorligini 
hisoblaganda 
standart 
mahsulotning butun hayotiy tsikli bo’yicha - loyihalash, tayyorlash, muomala va 
iste’molda qanday oqibatlarga olib kelishi hisobga olinadi.
Loyihalash bosqichida loyihalash ishlari hajmining, mahnat sarfining, loyihalash 
muddatlarining quyidagi omillar hisobiga qisqarishi hisobga olinadi: 
 
loyiha – konstruktorlik ishlarini tashkil etishni yaxshilash; 
 
standart texnik hujjatlashtirishning takroran ishlatilishi; 
 
standart shartli grafik tasvirlarning qo’llanishi;
 
nusxa ko’chirish ishlari hajmining qisqarishi; 
 
texnikaviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar hajmining qisqarishi; 
 
standartlarga to’liq mos kelgan holda loyihalarni qayta ishlashga ketgan 
harajatlarning qisqarishi; 
 
yangidan chiqarilayotgan texnikaviy hujjatlashtirishni muhokama qilish va 
tasdiqlashga ketgan vaqtning qisqarishi. 
Ishlab chiqarish bosqichida iqtisodiy samaradorlikni hisoblash uchun quyidagilar 
aniqlanadi: 
 
material sarfining qisqarishi; 
 
jarayonlar mehnat sarfining qisqarishi; 
 
unifikatsiyani; 
 
fond sig’imining qisqarishi; 
 
yoqilg’i va elektr energiyasi harajatlari ulushining qisqarishi; 
 
mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi hisobiga mahsulot birligiga 
to’g’ri keladigan shartli o’zgarmas harajatlar ulushining qisqarishi. 


94 
Muomala va iste’mol bosqichlarida iqtisodiy samarani hisoblash uchun iste’molchi 
harajatlarining qisqarishini hisobga olinadi. Bunda quyidagilar aniqlanadi: 
 mahsulotning texnikaviy darajasini va sifatini oshirish; 
 mahsulotni ortish-tashish va saqlash harajatlarini qisqartirish; 
 bitta standart mahsulot birligi bilan bir nechtasini almashtirish zarurligi; 
 buyumlarning xizmat ko’rsatish muddatlarini uzaytirish; 
 buyumlarning ishonchlilik ko’rsatkichlarini oshirish; 
 yoqilg’i, energiya, yordamchi materiallar sarfi ulushini qisqartirish; 
 xizmat ko’rsatuvchi personal sonini kamaytirish; 
 ta’mirlash ishlari qiymatini kamaytirish.
Umumiqtisodiy yondoshuv printsipi samaradorlikni hisoblashda mamlakatimiz 
iqtisodi uchun yagona bo’lgan kapital qo’yilma samaradorligi me’yoridan, ya’ni ishlab 
chiqarish vositalarida buyumlashgan mehnatdan foydalanishni taqozo qiladi..
Agar samara hisoblangan vaqtda to’xtalmasa, umumiqtisodiy yondoshuvning 
tavsifi to’liq bo’lmaydi. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichi aniqlanish davriga ko’ra 
quyidagicha farqlanadi: 
 yillik;
 standartlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarilish yillari bo’yicha; 
 standart kuchga ega bo’lgan muddat uchun; 
 standartlashtirilgan mahsulotning butun xizmat ko’rsatish muddati uchun, uni 
ishlab chiqarilgan barcha yillar uchun. 
Integral samara yangi mahsulotning natijaviy ko’rsatkichlarini yanada to’laroq 
tavsiflaydi. Ushbu ko’rsatkichlarni hisoblashda juda ko’p sonli omillarni yillar bo’yicha 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini, har yili ishlab chiqarilgan mahsulotning xizmat 
ko’rsatish muddatini, vaqt o’tishi bilan samaraning o’zgarishini hisobga olish kerak. 
Umuman olganda integral samara ko’rsatkichi yangi mahsulot ishlab chiqarilishi 
to’g’risida qaror qabul qilinayotganda barcha omillarni umumlashtiradi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling