Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

6.3. Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar 
Qator davlatlarda sifatni boshqarish bo’yicha milliy standartlar 70-yillardan beri 
mavjud. Ular birinchi navbatda aviatsiya, kosmonavtika, harbiy texnikani ishlab 
chiqarish kabi muhim tarmoqlarida loyihalashtirish va ishlab chiqarish bosqichlarida 
sifatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi va qo’llanildi.
Standartlashtirish va sifatni ta’minlash sitemasini qo’llash sohasidagi milliy 
tajribaga asoslanib ISO/TK-176. 1987 yil ISO 9000 seriyasidagi birinchi 5 ta standartni 
ishlab chiqdi. SHu bilan bir qatorda sifatni ta’minlash sohasi MS ISO 8402 dagi 
tushunchalar va ularni ta’rifi bo’yicha lug’at tayyorlandi.
1. Rasm. ISO 9000 seriyasidagi standartlar kompleksining tuzilishi. 
ISO 9000 seriyasidagi standartlar: 
ISO 9000 «Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlashda standart tanlash va 
qo’llash bo’yicha boshqaruv ko’rsatmalari» 
ISO 9001 «Sifat sistemasi. Loyihalash, ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab 
chiqarish, montaj va xizmat ko’rsatishda sifatni ta’minlash modeli» 
ISO 8402-86 
Tushunchalar va ularning ta’rifi 
ISO 9000-87 
ISO-9000 seriyasidagi standartlarni tanlashnin boshqarish 
 
ISO 9004-87 
Sifat sistemasining elementlari 
Sifatni ta’minlash 
modeli
 
 
ISO 9001 – 87 
ISO 9002 – 87 
ISO 9002 - 87 
 


89 
ISO 9002 «Sifat sistemasi. Ishlab chiqarish va montaj qilishda sifatni ta’minlash 
modeli» 
ISO 9003 «Sifat sistemasi. Yakuniy nazorat va sinov jarayonlarida sifatni 
ta’minlash modeli»
ISO 9004 «Sifatni umumiy boshqarish va sifat sistemasining elementlari. 
Boshqaruv ko’rsatmalari». 
1994 yil ISO/TK 176 ISO 9000 seriyasidagi standartlarni qayta ko’rib chiqishni 
yakunladi.
Standartlarni qayta ko’rib chiqishda ishchi guruhlar bozor talablariga muvofiq 
holda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’yadilar: 

Standartlarda ularni qo’llashning ilg’or amaliy tajribalarini aks ettirishni 
ta’minlash; 

Standartlarning muvofiqligi va stabilligini ta’minlash; 

Ularning katta-kichikligi, qaysi tarmoqqa tegishli ekanligi, qanday mahsulot ishlab 
chiqarilishidan qat’iy nazar kompaniyalar tomonidan standartlarning qo’llanishiga imkon 
berish. 
ISO 9000 seriyasidagi standartlarga o’zgarishlar kiritildi. ISO 9001, ISO 9002, ISO 
9003 standartlari qayta ko’rib chiqildi. ISO 9004 standartlariga kamroq o’zgarishlar 
kiritildi. Masalan, «Sifat halqasi» tushunchasi «Mahsulot hayot tsiklining tipik 
bosqichlari» tushunchasi bilan almashtirilib, «Texnikaviy yordam va xizmat ko’rsatish» 
bosqichidan keyin qo’shimcha sotilgandan keyingi faoliyat» qo’shildi. Hozir oltinchi 
bo’lim «Sifat sistemasining moliyaviy aspektlari» deb ataladi va moliyaviy ma’lumotlar 
elementlarini namoyon qilish va tahlil qilish uchun ma’lumotlar to’plashning turli 
usullari qisqacha tavsifi bilan to’ldirilgan.
ISO 9000 seriyasidagi to’ldirilgan standartlar 1994 yil iyulida nashr qilindi. 
Hozirgi kunda bu standartlar rus tiliga o’girilgan.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling