Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Standartlashtirishning nazariy asoslari


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

6.4. Standartlashtirishning nazariy asoslari 
 
Standartlashtirish – faqatgina bugungi kunning emas, balki jamiyatning ho’jalik-
iqtisodiy 
faoliyatining 
kelajakdagi 
rivojlanishining 
ham 
asosini 
belgilaydi. 
Standartlashtirish ilmiy texnika taraqqiyotiga to’liq javob bergan holda amalga oshirilishi 
kerak.
Zamonaviy standartlashtirishning nazariy asosi bo’lib ustuvor sonlar sistemasi 
hisoblanadi.
Ustuvor raqamlar deb yangidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 
parametrlari qiymatlarini belgilashda boshqa raqamlarga nisbatan afzallikka ega bo’lgan 
raqamlarga aytiladi.
Ustuvor raqamlar qatorlari quyidagi shartlarni qanoatlantirishlari kerak:
- ishlab chiqarish va ekspluatatsiyalarning shartlariga javob beradigan chegaraning 
ratsional sistemasini aks ettirishi
- sonlarning ortib borishi yoki kamayib borishining cheksiz bo’lishi; 
- har bir qatorning barcha o’ninchi darajali yoki kasr qiymatlarini kiritish; 
- oddiy va oson eslab qoladigan bo’lish. 
Ushbu shartlarga javob beradigan va qulay raqamlar qatori-geometrik qatorlar
masalan, geometrik progressiya qiymatlari qatoridir. Geometrik progressiya-bu har bir 
hadi o’zidan oldingi hadni bir xil songa ko’paytirish orqali hosil qilingan sonlar 


90 
qatoridir(4; 6; 9; 13,5; 20; 25;), bunda qatorning har bir hadini hosil qilish uchun o’zidan 
oldingi hadni ko’paytirish kerak bo’lgan son geometrik progressiyaning mahraji deyiladi.
Keltirilgan progressiyaning ijobiy xususiyatlari shundan iboratki, har bir o’nlik 
intervaldagi hadlar soni (1-10; 10-100; 100-1000 va h.k., shuningdek 1-0,1; 0,1-0,01; 
0,01-0,001; va h.k.) butun progressiya davomida doimiy, hamda yuqorida aytilgan 
progressiyalar mahraji uchun 5,10,20,40,80 va 160 ga teng. Progressiyaning ixtiyoriy 
ikkita hadining ko’paytmasi yoki nisbati ham shu progressiyaning hadi hisoblanadi. 
Progressiya ixtiyoriy hadining musbat yoki manfiy butun sonli ko’rsatkichi har doim 
uning hadi hisoblanadi.
Ko’pchilik rivojlangan davlatlar normal chiziqli o’lchamlarga milliy standartlarni 
qabul qilganlar. Xalqaro standartlash tashkiloti (ISO) ko’rsatmalari asosida tuzilgan 
GOST 8032-84 ustuvor raqamlarning 4 ta asosiy qatorini (R5, R10, R20, R40) va (R80 
va R160) qatorini o’rnatadi.
Agar ustuvor raqamlarni yaxlitlash samaradorlikning pasayishiga sabab bo’lsa 
yoki ba’zi texnikaviy sabablarga ko’ra iloji bo’lmasa, R80 va R160 qo’shimcha ustuvor 
raqamlar qatoridan foydalanish mumkin. Bunda R5 qator ko’rsatkichlarini R10 qator 
ko’rsatkichlaridan, R10 qator ko’rsatkichlari R20 qator ko’rsatkichlaridan, R20 qator 
ko’rsatkichlari R40 ko’rsatkichlaridan ustuvordir.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling