Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Sertifikatlash sistemasining turlari


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

7.2. Sertifikatlash sistemasining turlari 
 
Yuqorida aytib o’tilganidek, sertifikatsiya o’z-o’zini sertifikatlash va uchinchi 
tomon orqali sertifikatlashga bo’linadi.
O’z-o’zini sertifikatlashda muvofiqlik sertifikatlari tayyorlovchilar tomonidan 
beriladi. Ularda, oqibatda, korxonani nomi, maxsulotning sertifikatlashga tegishli bo’lgan 
tavsiflari ro’yxati, qabul qilingan maxsulotlar partiyasini tartib raqami, shuningdek mana 
shu maxsulotga nisbatan amaldagi me’yoriy-texnikaviy xujjatlar ko’rsatiladi. 
O’z-o’zini sertifikatlashda quyidagilarga asoslanadi: 
 maxsulotga nisbatan aniq va to’liq ma’lumotlarning (standartlar, texnik shartlar 
va boshqa me’yoriy texnikaviy xujjatlarning) bo’lishi; 
 korxonada sifatni nazorat qilishni tashkil etishning yuqori darajasi: materiallar va 
yarimfabrikatlar, texnologik jarayonning barcha bosqichlari, tayyor maxsulot, uni o’rash-
joylash bo’yicha; 
 ishlab chiqaruvchilar tomonidan muvofiqlik arizasiga ko’ra maxsulotning 
standart shartlariga va boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga javob berishiga to’liq 
mas’uliyatni, javobgarlikni tan olish. Bunda yuridik yoki administrativ mas’uliyat emas, 
balki iste’molchilar oldidagi ma’naviy mas’uliyat, sifatning nomuvofiqligi sababli 
bozorda o’z maxsulotiga nisbatan talabni yo’qotib qo’yish xavfi mas’uliyati nazarda 
tutiladi. Umuman olganda firmaning nufuzi uchun javobgarlik nazarda tutiladi.
O’z-o’zini sertifikatlash AQSH, Kanada, Germaniya, Gollandiya va boshqa 
ko’pgina xolatlarda keng tarqalgan. Bu davlatlarda ko’p xollarda ishlab chiqaruvchi 
korxona maxsus o’rash joylash ishlarini amalga oshirish yoki maxsulotning milliy 
standartlarga 
javob 
berishini 
tasdiqlovchi 
sertifikatlar 
berish 
orqali 
uning 
sertifikatlashtirilganligini ko’rsatadi.
O’z-o’zini 
sertifikatlashdan 
farqli 
ravishda 
uchinchi 
tomon 
orqali 
sertifikatsiyalashtirish betaraf tomon orqali amalga oshiriladi.

baxolash ishlarining sertifikatlashtirishning amaldagi qoidalariga muvofiq xolda 
to’ri amalga oshirilganligini baxolash va tasdiqlash; 

namunalarni sinovdan o’tkazish; 

ishlab chiqarishning texnologik jarayoni xolatini nazorat qilish; 
ISO 9000 ga muvofiq sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirishning 10 ta sistemasi 
mavjud. Ular maxsulot sifatini aniqlash va ta’minlash ishlarining xajmiga ko’ra bir-
biridan farqlanadi. 1-5 sistemalar maxsulot namunalarini umumiy xolda nazorat qilishga 


98 
asoslanib, ishlarining xajmiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. 1-5 sistemalar maxsulot 
namunalarini umumiy xolda nazorat qilishga asoslanib, nazorat ishlari xajmining o’sib 
borishi bilan tavsiflanadi. 6-8 sistemalar o’zaro bog’lanmagan, 1-5 sistemalarga xam 
bog’liq emas.
1-sistema. 
Ushbu sistema uchinchi tomon orqali maxsus sinov markazlarida 
maxsulotni umumiy xolda sinovdan o’tkazishga asoslangan. Bunday sertifikatlashda 
faqatgina namunaning tegishli standart va me’yoriy xujjatlarga muvofiqligi o’rnatiladi.
2-sistema. Bunda 1-sistemadan farqli ravishda savdo soxasidan olingan maxsulot 
namunalarini vaqti-vaqti bilan nazorat sinovidan xam o’tkaziladi. Sertifikatlashning 
ushbu sistemasi iste’molchilarga sifatsiz maxsulot yetkazilishi oldini olish imkonini 
beradi. 
3-sistema. 
Bu sistemada, 2-sistemadan farqli nazorat sinovlari vaqti-vaqti bilan 
maxsulot savdo soxasiga borib tushmasdan o’tkaziladi. Bu esa standartlarga javob 
bermaydigan maxsulotlarning jo’natilishining oldini oladi. 
4-sistema. Sertifikatsiyalash sistemasining asosida 1-3 sistemalarida nazarda 
tutilgan namunalarning vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat sinovlari yotadi. Ushbu 
sistema yaroqsiz maxsulotning sotib olinish extimolini kamaytiradi. Ammo bunda 
maxsulot sifatini nazorat qilish ishlarining xajmi ortadi.
SHuni ta’kidlash lozimki, 1-4 sistemalar maxsulotlarni standartlar shartiga va 
boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga muvofiqligini attestatsiyadan o’tkazish uchun 
tavsiflidir.
5-sistema. Sertifikatlashning bu sistemasi 4-sistemadan farqli qo’shimcha ravishda 
ishlab chiqaruvchi korxonada sifatni ta’minlash sistemasining faoliyati va ishlab 
chiqaruvchi korxonani attestatsiyadan o’tkazishni ko’zda tutadi. Bunday sistema 
faqatgina maxsulotning sifatini o’rnatibgina qolmay, balki korxonaning talab etilayotgan 
sifat darajasida maxsulot ishlab chiqara olish imkonitini xam baxolashga imkon beradi. 
5-sistema xalqaro sertifikatsiyalash sistemalarida va sanoat rivojlangan mamlakatlarda 
keng tarqalgan.
6-sistema. Ushbu sistema faqatgina ishlab chiqaruvchi korxonada maxsulot sifatini 
ta’minlash sistemasini ta’minlashni amalga oshirishgagina asoslangan. Ba’zi xollarda uni 
korxonani attestatsiyadan o’tkazish deb xam ataladi. Bu sistema standart tugallangan 
maxsulotga nisbatan shartlarni qanoatlantirmay, faqatgina ishlab chiqarish turiga nisbatan 
shartlarni o’rnatganda qo’llanadi.
7-sistema. Ushbu sistema xar bir tayyorlangan maxsulotlar partiyasidan 
tanlanmalarni sinovdan o’tkazishga asoslangan. Sertifikatsiyalashning bu turi uchun 
ishlab chiqarilgan maxsulotlarning xajmi va o’rnatilgan sifat darajasiga bog’liq xolda 
tanlanmaning xajmini aniqlash muximdir.
8-sistema. 7-sistemadan farqli xar bir ishlab chiqarilgan maxsulotning standartlar 
shartlariga muvofiqligini sinovdan o’tkazishga asoslangan. Bu sistemada maxsulot 
sifatiga nisbatan qat’iy shartlar qo’yilib, ularning tegishli standartlardan biroz bo’lsada 
chetlanishi iste’molchiga katta zarar yetkazishi mumkin bo’lgan xollarda qo’llaniladi.
Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish uchun quyidagilar asos bo’lib xizmat 
qiladi: 
 Tovar ishlab chiqaruvchining imkoniyatlariga, import qiluvchi davlat 
qonunlariga, iste’mol shartlariga javob berishi to’risida xulosa chiqarish mumkin bo’lgan 
kriteriylarni tanlash; 
 Sertifikatsiyalash tashkilotining reputatsiyasi, uning kompetentligi, shuningdek 
sinov o’tkazuvchi davtgoxlar va o’lchov asboblarini takomillashtirish; 


99 
 Texnologik jarayonlar va sifatni boshqarish sistemasini qo’llashning muqimligi; 
 qabul qilingan sertifikatsiyalash printsiplarini boshqa sertifikatsiya-lash 
sistemalari printsiplari bilan o’zaro taqqoslash mumkinligi; 


99 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling