Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalash


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

7.7. Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalash 
Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalash asrimizning 20-30-yillarida yuzaga keldi. 
Milliy sertifikatsiyalash sistemalari keyinroq tuzila boshladi. £ator davlatlarda ular faqatgina 
eksport qilinadigan maxsulotning sifatini oshirish maqsadida tuzildi (Yaponiya, Hindiston, 
Yugoslaviya va boshqalar). 
Frantsiyada milliy sertifikatsiyalash sistemasi NF belgisi uchinchi tomon orqali 
sertifikatsiyalash sistemasiga kiradi va quyidagilarni amalga oshiradi: 
- ishlab chiqaruvchi korxonalardan arizalarni berish; 
- korxonalarning sifatni ta’minlash sistemasini baxolashni amalga oshirish
- maxsulot namunalarini sinovdan o’tkazishni amalga oshirish; 
- sertifikatlarni yoki maxsulotni muvofiqlik belgisi bilan chiqarishga imkon beruvchi 
litsenziyani berish; 
- ishlab chiqarish, sotish soxalaridan olingan maxsulotni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish, 
shuningdek korxonalarda nazoratni amalga oshirish. 
1983 yil 2000 ta bir necha ming turdagi maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning 
maxsulotiga muvofiqlik belgisi berildi. Muvofiqlik belgisi bilan ishlab chiqarilayotgan 
maxsulotning xajmi 40 mlrd. frankka yetdi.
1981 yildan boshlab Frantsiya xukumati 18 ta milliy tashkilotni sertifikatsiyalash bo’yicha 
vakolatli tashkilot deb tan oldi. Ularning ichida AFNOR muxim o’rin tutadi.
Germaniyada 1920 yil Nemis standarti instituti (DIN) tomonidan muvofiqlik belgisi joriy 
etildi. U namunalarni sinovdan o’tkazishning maxsus tartibiga ega bo’lgan bir necha turdagi 
maxsulotlar, gaz uskunalari, suv ta’minoti uskunalaridan tashqari barcha maxsulotlar turiga 
tarqatildi.


106 
Standartlarga muvofiqlik sertifikatsiyasi sistemasi DIN 110dan ortiq maxsulotlar guruxini 
tanlab olgan. U orqali 15000 dan ortiq litsenziya DG-WK belgisi bilan chiqarishga berilgan. 
Ushbu sertifikatsiyalash sistemasida chet el ta’minotchilari xam amaldagi qoidalardan kelib 
chiqadigan majburiyatlarni qabul qilsalar ishtirok etishlari mumkin.
Germaniyada, shuningdek, ayrim maxsulotlar turlari bo’yicha setifikatsiyalash sistemalari 
xam mavjud, masalan, elektrotexnika va elektron asboblar bo’yicha. Ular Nemis elektrotexnika 
assotsiatsiyasi (VDE) tomonidan amalga oshiriladi. VDE DIN bilan bmrgalikdagi Kelishuv 
asosida elektrotexnika, elektronika va aloqa soxasidagi milliy standartlarni ishlab chiqaradi.
Umuman, 
Germaniyada 
juda 
ko’p 
sertifikatsiyalash 
sistemalari 
o’z-o’zini 
sertifikatsiyalash, uchinchi tomon orqali 4-chi va 5-sertifikatsiyalash sistemalari chegarasida 
faoliyat olib boradi.
Buyuk Britaniyada boshqa rivojlangan mamalakatlardagi singari bir necha milliy 
sertifikatsiyalash sistemalari faoliyat olib boradilar. Ulardan eng yirigi Britaniya standartlar 
instituti (BSI) tomonidan tuzilgan sistema xisoblanadi. U milily standartlarga muvofiqlikning 
maxsus belgisiga ega.
Ko’rsatilgan sistemalar chegarasida sertifikatsiyalash bo’yicha ishlarni sifatni ta’minlash 
bo’yicha boshqarma BSI QUAD amalga oshiradi. Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish 
tartibi xuddi Frantsiya va Germaniyadagi kabi.
Korxonalarning BSI ni xabardor qilmay turib, maxsulotni o’zgartirishga xaqqi yo’q. 
Maxsulotga kiritilgan o’zgarishlar sinovlar o’tkazib, o’zgartirilgan maxsulotning standartlarga 
javob berishi tasdiqlangach QUAD tomonidan tan olinadi. Litsenziya bir yil muddatga beriladi. 
Muddat tugagach, uni o’zgartirish kerak.
Britaniya sistemasi 250 ta milliy standartni o’z ichiga oladi. Milliy va chet el firmalariga 
mingdan ortiq litsenziyalar berilgan.
BSI muntazam ravishda sertifikatsiyalanadigan maxsulotlarga ko’rsatkich, shuningdek 
xaridorlar uchun boshqaruv ma’lumotlarini nashr qiladi, xar bir milliy standart bo’yicha 
berilgan sertifikatlar xaqida ma’lumotlar beradi.
Amerika Qo’shma SHtatlaridaboshqa Farbiy Yevropa davlatlaridan farqli ravishda yagona 
sertifikatsiyalash qoidalari yoki sertifikatlash bo’yicha yagona tashkilot yo’q. Turli ishab 
chiqaruvchilarning assotsiatsiyalari va xususiy kompaniyalarida yuzlab sistemalar faoliyat 
ko’rsatadi. Analogik xolatni standartlashtirish bo’yicha xam ko’rishimiz mumkin. Standartlarni 
turli statusga ega bo’lgan yuzlab tashkilotlar ishlab chiqadilar. SHuning uchun xam amaldagi 
sertifikatsiyalash sistemalari uchun umumiy kriteriy yaratish uchun xarakat qilinmoqda. SHu 
maqsadda sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash 
milliy sistemasi tuzilgan va 
sertifikatsiyalash sistemalarini ro’yxatga olish sistemasi yaratilmoqda.
AQSH da sertifikatsiyalashtirish milliy, shuningdek xalqaro darajada maxsulotning 
sifatiga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Sertifikatsiyalashtirishning zaruriyligi ishlab chiqaruvchi 
korxonalarning ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini yuqori darajada bo’lishini ta’minlashga, 
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilganligi bilan asoslanadi.
AQSHda milliy sug’urta kompaniyasi, Amerikaning gaz sanoati korxonalarining 
laboratoriyalari, Nebraska shtatidagi qishloq xo’jalik texnikasining sinov markazini 
sertifikatsiyalash sistemalari katta nufuzga ega. SHu bilan birga 2000 dan ortiq sinov 
laboratoriyalari keng assortimentdagi maxsulotning standartlariga muvofiqligini sinovdan 
o’tkazish bo’yicha o’z xizmatlarini taklif etadilar.
Sertifikatsiyalash ishlari Amerika standartlari instituti ishlab chiqqan standartlar asosida 
amalga oshiriladi. Xalqaro standartlar va boshqa davlatlarning standartlari AQSH me’yoriy 
xujjatlari shartlarini xisobga olmay turib, sertifikatsiya ishlarini amalga oshirish uchun qabul 
qilinmaydi, ya’ni import qilinayotgan maxsulot ma’lum ma’noda diskriminatsiya qilinadi.


107 
Yaponiyada 1949 yil maxsulot sifati muammosini o’rganish bo’yicha Yaponiya olimlari 
va muxandislari ittifoqida maxsus gurux tuzilgan. 60-yillarning oxirida mamlakatda ishlab 
chiqarishda sifatni nazorat qilish to’liq xajmda joriy etildi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling