Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov
Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarda qatnashuvchi korxonalar
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.10. Sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari
9.9. Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarda qatnashuvchi korxonalar
O’z SMT da sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni quyidagi tashkilotlar amalga oshiradi: - mahsulotlarni sertifikatlashtirishni bir turdagi mahsulot-larni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar; - sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlash-tirishni sifat tizimi va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar; - O’zbekiston Respublikasida aniq mahsulotni sertifikatlash-tirish bo’yicha akkreditlangan idoraning bo’lmagan taqdirlarda uni sertifikatlashtirish masalasini sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora «O’zstandart» agentligi hal qiladi; - sertifikatlashtirish sinovlarini akkreditlangan sinash laboratoriyalari (markazlar) amalga oshirishadi; - bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralarni akkreditlashni sertifikatlashtirish milliy idorasi (keyinchalik - SMI) rahbari tasdiqlagan komissiya O‘zDSt 5.2:2001 O’z SMT. Sertifikatlashtirish idorasiga qo’yiladigan umumiy talablar standartiga muvofiq o’tkazadi; - sinash laboratoriyalari (markazlari) ni akkreditlashni akkreditlash bo’yicha idora O‘zDSt 5.3 O’z SMT. Sinash laboratoriyalari (markazlari)ni akkreditlash. Asosiy qoidalari. Standarti talablariga muvofiq o’tkziladi. 122 - ekspert-auditorlarni attestatlash O‘zRH 51-014 O’z SMT. Ekspert-auditorlarga qo’yilgan talablar rahbariy hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. 9.10. Sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari O’z SMT sertifikatlashtirish tizimida sertifikatlashtirishning quyidagi ob’ektlari mavjud: - mahsulotlar; - jarayonlar; - sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar; - xizmatlar; - xodimlar. O’z SMT sertifikatlashtirish tizimida sertifikatlashtirishda quyidagi sub’ektlari mavjud: - bir turdagi mahsulotlarni sertfikatlashtirish bo’yicha idoralari; - sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralari; - sinov laboratoriyalari; - ekspert-auditorlar. O’z SMT sertifikatlashtirish tizimida sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari O‘zDSt 5.0-98 O’z SMT. Asosiy qoidalar. standartiga muvofiq ro’yxatga olinadi. Ushbu standarga asosan O’z SMT da quyidagi Reestrlarni yuritish amalga oshiriladi: - bir turdagi mahsulotlarni sertfikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar; - sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlagan idoralari; - akkreditlangan sinav laboratoriyalari (markazlari); - attestatlangan ekspert-auditorlar; - sertifikatlashtirilgan mahsulotlar; - sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar; - bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning ro’yxatga olingan tizimlari. O’z SMT Davlat reestrini yuritish qoidalari O‘zRH 51-021 O’z SMT. Davlat reestrini olib borish tartibi rahbariy hujjatida belgilangan. SMI Davlat reestrining me’yorlarini, shuningdek, sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va tizimning boshqa ishtirokchilaridan olingan axborotlarni nashr qilib boriladi. Sertifikatlashtirish, akkreditlash va tekshirish o’tkazish bo’yicha harajatlarni O‘zRH 51- 032 O’z SMT. Ishlar haqini to’lash tartibi rahbariy hujjatida o’rnatilgan tartib bo’yicha shartnoma orqali so’rovchilar to’lashadi. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling