Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 CHet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

9.7. CHet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish 
Sertifikatlashtirish organi e’tirof etish to’g’risida bitim tuzilgan MDH mamlakatlaridan va 
uzoq xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan mahsulotga sertifikatlarni e’tirof etish huquqiga 
ega. 
E’tirof 
etish 
tartiboti 
sertifikatlashtirish 
organining 
bir 
turdagi 
mahsulotni 
sertifikatlashtirish tartibida, "O’zstandart" agentligining normativ hujjatlariga muvofiq 
belgilangan bo’lishi kerak. 


121 
Xalqaro tizimlar va bitimlar doirasida amalga oshiriladigan sertifikatlarni e’tirof etish 
ushbu tizimlar va bitimlarda belgilangan, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid 
bo’lmagan qoidalarga muvofiq o’tkaziladi. 
Sertifikat talablarga muvofiq bo’lgan, O’zbekiston Respublikasida belgilangan ana 
shunday talablardan qolishmaydigan mahsulot uchun e’tirof etiladi. 
Normativ hujjatlarda sertifikatlashtirish uchun shart bo’lgan yoki kontraktda belgilangan 
qo’shimcha talablar mavjud bo’lgan taqdirda mahsulot ushbu talablarga muvofiqlik yuzasidan 
sinab ko’rilishi kerak. 
Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish, shuningdek mahsulotni identifikatsiyalash 
asosida sertifikatlashtirish organi chet el muvofiqlik sertifikatini e’tirof etish (etmaslik) 
to’g’risida qaror qabul qiladi. 
Eksport qiluvchi mamlakatning Milliy sertifikatlashtirish tizimiga berilgan muvofiqlik 
sertifikatini e’tirof etish uni import qiluvchi mamlakatning muvofiqlik sertifikatiga qayta 
rasmiylashtirish va Yagona davlat reestriga kiritish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
9.8. Mahsulotni shtrixli kodlashtirish 
Ariza beruvchi o’z xohishiga ko’ra tasniflash Yevropa tovar raqamlanishi uyushmasi 
(EAN) tomonidan kodlashtirish borasida korxonaning ro’yxatdan o’tkazish raqamini hamda 
ishlab chiqariladigan tovarning bir kun mobaynida beriladigan raqamli kodini olish uchun 
"EAN Uzbekistan"ga murojaat qiladi. 
"O’zstandart" agentligi tomonidan, belgilangan tartibga muvofiq shtrixli kodning original-
maketi tayyorlanadi va beriladi. 
Kod berish bo’yicha xizmatlar qiymati, shuningdek a’zolik badallari miqdori "EAN 
Uzbekistan" qatnashchilari tomonidan belgilanadi. SHtrixli kodning original-maketlarini 
tayyorlash va berish qiymati O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va 
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi bilan kelishilgan, O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligida deklaratsiya qilingan tariflar bo’yicha belgilanadi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling