Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


-modda. Moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

28-modda. Moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
Moliyaviy xizmatlar ko’rsatadigan ijrochi o’zining tugatilishi yoki bankrot bo’lishi 
ehtimolini nazarda tutgan holda iste’molchilarning talablarini qondirish maqsadida o’z 
javobgarligini sug’urta qildirishi shart.
Moliyaviy xizmatlar ijrochisi iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun o’zining javobgarligi 
to’g’risida sug’urta shartnomasi borligi haqida iste’molchiga axborot berishi shart.
29-modda. Iste’molchilarning huquqlarini sud orqali himoya qilish 
Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, 
agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan 
yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.


153 
Iste’molchilar o’z huquqlarining buzilishi bilan bog’liq da’volar bo’yicha, shuningdek 
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi 
davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar 
nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko’zlab qo’zg’atiladigan da’volar bo’yicha davlat boji 
to’lashdan ozod qilinadilar.
30-modda. Iste’molchilarning jamoat birlashmalari 
Iste’molchilar o’z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda 
iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin.
Iste’molchilarning birlashmalari o’z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiruvchi jamoat birlashmalaridir.
Xozirgi kunda, sir emas butun dunyoda iste’molchilar xuquqlari turli darajada poymol 
etilishi davom etmoqda. Iste’molchilar xuquqlarini poymol bo’lishiga qarshi barcha rivojlangan 
davlatlarda “Iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish” federatsiyalari tuzilgan. 
Bu borada eng masuliyatlik ishni standartlashtirish tashkilotlari amalga oshirayapdi. 
Albatta, sizga talabga javob bermaydigan maxsulot sotilgan bo’lsayu, sotuvchi yoki 
yetkazib beruvchi sizning talabingizga (etirozingizga) ijobiy javob bermasa, unday xolllarda 
huquq targ’ibot, jamoat tashkilotlari yoki advokatura idoralariga murojaat qilishingiz mumkin
ular esa faqat qonungaamal qilgan xolda ish ko’radilar. Siz esa “Iste’molchilarning xuquqlarini 
ximoya qilish to’g’risida”gi qonunni yaxshi bilishingiz kerak bo’ladi. Qonunni yaxshi bilish 
muammoni yechimini topishda katta kuch xisoblanadi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling