Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


-modda. O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

25-modda. O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo’mitasi hamda uning hududiy organlari vakolatlari 
(O’zR 05.04.2002 y. 364-II-son Qonuni taxriridagi modda nomi) 
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo’mitasi hamda uning hududiy organlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
maqsadida: (O’zR 05.04.2002 y. 364-II-son Qonuni taxriridagi xat boshi) 
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi 
ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini qo’llanish 
masalalari yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradilar;
iste’molchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risida ishlab 
chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) ko’rsatmalar yo’llaydilar;
iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib
sudga murojaat etishga haqlidir;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
26-modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo’lishini va ularning sifatini nazorat 
qiluvchi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari 
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishini va ularning sifatini ta’minlash maqsadida 
"O’zstandart" agentligi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston 
Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishi va sifati ustidan 
nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida: (O’zR 
25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi xat boshi) 
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni 
belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishiga va ularning sifatiga doir talablar buzilishini 


152 
bartaraf etish, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, chiqarish va realizatsiya 
qilishni 
to’xtatish (ishlar bajarilishini, xizmatlar ko’rsatilishini to’xtatish), ularni 
iste’molchilardan qaytarib olish to’g’risida ishlab chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) 
ko’rsatmalar
yo’llaydilar, shuningdek bu haqda iste’molchilarni xabardor qiladilar;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo’lishi va 
ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarda da’vo 
qo’zg’atadilar.
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga 
oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Hukumati 
muvofiqlashtirib boradi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling