Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


-modda. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

27-modda. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlik uchun javobgarlik 
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo’mitasi hamda uning hududiy organlari, agar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) 
iste’molchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish to’g’risidagi ko’rsatmalarni bajarishdan 
bo’yin tovlasa yoki o’z vaqtida bajarmasa, unga jarima solishga haqli. (O’zR 05.04.2002 y. 
364-II-son Qonuni taxriridagi qism) 
"O’zstandart" agentligi va ushbu Qonun 26-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan 
davlat boshqaruvining boshqa organlari: (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi xat 
boshi) 
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlash qoidalari ishlab chiqaruvchi 
(ijrochi) tomonidan buzilsa;
o’zlarining ko’rsatmalarini ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bajarishdan bo’yin 
tovlasa, o’z vaqtida yoki lozim darajada bajarmasa;
normativ hujjat talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga 
zarar yetkazilsa, jarimalar solishga haqlidir.
O’zR 05.04.2002 y. 364-II-son Qonuniga muvofiq beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari 
tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin 
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining ko’rsatmasini to’liq 
yoki qisman haqiqiy emas deb topish yoxud jarima solish haqidagi qarorni bekor qilish yoki 
o’zgartirish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishi haqidagi talablarga javob bermaydigan tovar (ish, 
xizmat)lar tufayli iste’molchilarga zarar yetkazilsa, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo’lishi 
va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining 
mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling