Namangan muhandislik-qurilish instituti sanoatni axborotlashtirish fakulteti
Download 371.36 Kb.
|
Hisobot ishim2
KORXONA BILAN TANISHUV
Men amaliyot o’tagan korxona Abdulla Avloniy nomidagi Namangan shahar Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy boshqarmasi Namangan viloyatidagi Xalq ta’limi hodimlarini belgilangan standart asosida o’qitish orqaqli malakasini oshirish boshqarmasi hisoblanadi. Ushbu boshqarmada 12 ta tuman va shahrlardagi Xalq ta’limi boshqarmalarida berilgan ro’yxat o’qituvchilarni o’qitiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash (OʻzRda) — uzluksiz taʼlim tizimi turlaridan biri, xalq xoʻjaligining barcha sohasida ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish jarayoni. Kadrlarning raqobatbardoshlik sifatlari hamda bilim va koʻnikmalarining zamon talablariga javob bera oladigan darajada boʻlishini taʼminlaydi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash har bir xodimning oʻz mutaxassisligi boʻyicha soʻnggi fan yutuklari, yangiliklari bilan tanishish, ularni oʻzlashtirish, yangi amaliy ish usullari, ilgor ish tajribalarinioʻrganishdan iborat ilmiy nazariy hamda amaliy tayyorgarlik jarayoni hisoblanadi. Malaka oshirish va kayta tayyorlash davriyligi turli mutaxassislar hamda rahbar xodimlar uchun turlicha boʻlib, 2—5 yilda 1-marta, zarur hollarda bundan qisqa muddatlarda oʻtkaziladi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash universitetlarda, malaka oshirish institutlarida qamda professional qayta tayyorlash huquqiga ega boʻlgan oʻquv markazlarida amalga oshiriladi. Mazkur jarayon ishlab chiqarishdan ajralgan, qisman ajralgan va ajralmagan holda boʻlishi mumkin. Uning shakli Malaka oshirish taʼlim muassasasi tomonidan taʼlim dasturining murakkabligi eʼtiborga olingan holda va buyurmachining u bilan tuzilgan shartnomasi asosidagi ehtiyojlariga muvofiq ravishda belgilanadi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash muddati turlicha boʻlib, har bir holda qoʻyilgan maqsad hamda vazifalarga muvofiq belgilanadi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasasi oʻquv jarayonini maqsadli tashkil etish, taʼlim shakli, uslublari, texnologiyasini qoʻllash orqali tinglovchilarga taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishlari uchun zarur sharoitlar yaratadi. Mazkur dasturlar malaka oshirish taʼlim muassasalari tomonidan buyurtmachi eqtiyojlarini, shuningdek, qoʻshimcha kasb taʼlimi dasturlari mazmuni oldiga qoʻyilgan davlat talablarini eʼtiborga olgan holda ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va amalga oshiriladi. Mutaxassislarni professional Malaka oshirish va kayta tayyorlash jarayoni yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi taʼlimni boshqarish boʻyicha tegishli davlat organlari tomonidan belgilanadi. Oʻquv rejasining barcha talablarini bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar Malaka oshirish va qayta tayyorgarlikdan oʻtganligi haqida belgilangan namunadagi diplom yoki sertifikat oladilar. Kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash tartibi OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga quyidagilar kiradi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; Maktabgacha, umumiy o‘rta hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash; Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti; tasarrufida xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari; xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari. Abdulla Avloniy nomidagi Namangan shahar Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy boshqarmasida 200 ga yaqin kompyuter texnik vositalari mavjud bo’lib , ularning dasturiy va texnik taminotini AXBOROT KAMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA TEXNIK TA’MINOT BO’LIMI tomonidan nazoratga olib boriladi. Axborot texnologiyasi deganda, mavjud axborotlar negizida yangi sifatdagi axborotni olish jarayoni uchun uchun zarur bo'lgan vositalar va uslublar jamlanmasi tushuniladi. Axborot texnologiyasining maqsadi - inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydiy xatti-harakatlarni bajarish bo'yicha aniq qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan axborotni ishlab chiqarishdan iborat ekan. Turli texnologiyalarni qo'llagan holda bitta moddiy resursning o'zidan bir nechta buyum yoki turli sifatdagi mahsulotlarni olish mumkin bo'lsa, bu holat axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham o'rinlidir. Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish jarayonining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya bosqichlaridan o'tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo'lishi bilan belgilanadi. Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik vositasi bo'lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni qurish va foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta'sir o'tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo'llanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda "yangi", "kompyuter" yoki "zamonaviy" sinonimlaridan birini qo'shish hisobiga uning nomini ham o'zgartirdi. Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.Bunda bo’lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi. Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo’lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va undan so’ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko’paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan. Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin. Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi. Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o’xshash ushbu sohada ko’plab ishlatiladigan amallarni tez va q ulay amalga oshirishi mumkin. Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATEX tahrirlovchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi. Download 371.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling