Namangan muhandislik qurilish instituti sanoatni axborotlashtirish fakulteti informatika va at kafedrasi
Download 44.93 Kb.
|
Barkamol avlod bolalar maktabining asosiy vazifalari va funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab faoliyatini tashkil etish
Maktab quyidagi huquqlarga ega:
Maktab xodimlari, to‘garak a’zolari va ularning ota - onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) dan o‘z Ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish; to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishni takomillashtirish va ta’lim jarayonini metodik ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish; moliyalashtirishning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan turli manbalari hisobiga budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish; to‘garak mashg‘ulotlari uchun belgilangan to‘lovni ota - onalar ( yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ) dan o‘z vaqtida undirishni nazorat qilish; Maktabning bo‘sh turgan bino va yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish. Maktabning majburiyatlari: xalq ta’limi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa hujjatlari, ko‘rsatmalarini bajarish; o‘z Ustavida nazarda tutilgan vazifalarni ijro etish; maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari, belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv qo‘llanmalari va dasturlari asosida ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil etish; o‘quvchilarning maktabdan tashqari ta’limga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, nazarda tutilayotgan to‘garak a’zolari kontingentini aniqlash; o‘quv rejasini tegishli xalq ta’limi organlari bilan kelishish; ta’lim-tarbiya jarayonini belgilangan tartibda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga hamda xavfsizlik qoidalariga muvofiq tashkil etish; bino va inshootlar, yer uchastkalari, to‘garak xonalarini davlat – xususiy sheriklik shartlari asosida ijaraga berish; Maktabning moddiy – texnik ta’minoti va kadrlar salohiyatini rivojlantirish; to‘garaklarni tashkil etishda to‘garak a’zolarining yoshi, ruhiy – fiziologik holati, layoqati va qiziqishlarini inobatga olish. Maktab faoliyatini tashkil etish Maktab ko‘p tarmoqli bo‘lib, u faoliyat yuritadigan hududning o‘ziga xos xususiyati, o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, yoshlar turizmi va ekologiya, xorijiy tillar, sport, maktabga va oliy ta’lim muassasalariga tayyorlov, shuningdek ota - onalar xohishlaridan kelib chiqib, Vazirlik bilan kelishuv asosida boshqa yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan holda faoliyat ko‘rsatadi. Maktab 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ularning har tomonlama kamol topishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi va pullik xizmatlar ko‘rsatadi. Maktab tomonidan pullik xizmat asosida tashkil etiladigan to‘garaklarga 6 yoshgacha va 18 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar ham jalb qilinishi mumkin. Maktab muassis tomonidan tashkiliy – huquqiy shakliga ko‘ra davlat muassasasi sifatida tashkil etiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Umum ta’lim tashkilotlarida joylashgan mavjud maktablar shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgan alohida binoda, yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan bino va inshootlarda yoki istisno tariqasida umumta’lim tashkilotlari binolarining alohida o‘quv bloklarida, alohida chegara hududini belgilagan holda, kirish joyi bilan ta’minlangan va maktabdagi umumiy o‘rta ta’lim jarayoniga xalaqit bermaydigan tarzda tashkil qilinadi hamda mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatadi. Umumta’lim tashkilotlari binolarining alohida o‘quv bloklarida tashkil qilingan maktablarda elektr energiyasini hisobga olishning alohida priborlari o‘rnatiladi va elektr energiyasi uchun to‘lovlar elektr ta’minoti tashkiloti bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi. Qolgan kommunal xarajatlar esa Maktab egallab turgan binoning maydoni va hajmidan kelib chiqib, umumta’lim tashkilotlariga moliya organlari bilan kelishuv bo‘yicha qoplab beriladi. Shuningdek maktab uchun umumta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan tarmoq to‘garaklari, o‘quv tajriba – sinov maydonchalari, bog‘lar, issiqxonalar, virtual maydonlar, ixtiro va kashfiyotlarni sinovdan o‘tkazish maydonchalari, texnoparklar hamda ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, chekka hududlarda ularning filiallari ham tashkil etilishi mumkin. Maktab tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda har yili moddiy - texnika bazasini mustahkamlashga oid chora - tadbirlarni amalga oshiradi. Maktabda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan to‘garaklar ro‘yxati asosida to‘garaklar va kurslar tashkil etiladi. Maktabda “STEAM — ta’lim” dasturi bo‘yicha tabiiy fanlar, texnologiyalar, muhandislik, san’at, matematika yo‘nalishidagi to‘garak faoliyati mazkur sohada yetuk xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda joriy etiladi. Vazirlik bilan kelishgan holda Maktabda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘quvchi-yoshlar uchun robototexnika, injenerlik, mental arifmetika, Java, Scratch, 3D dizayn va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy kurslar hamda kunning kechki vaqtida maktabda aholi uchun ijodiy ishlar xaridi, sog‘lomlashtirish va psixologik qo‘llab - quvvatlash xizmatlari, turli seminar va treninglar tashkil etilishi mumkin. Maktabda tashkil etiladigan to‘garak mashg‘ulotlari maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq tegishli o‘quv dasturlari asosida sinflarga bo‘lib o‘tkaziladi. To‘garak mashg‘ulotlari o‘quv dasturlari talablariga ko‘ra butun o‘quv yili uchun hamda qisqaroq muddatlarda ham tashkil etiladi. Maktabda to‘garak mashg‘ulotlari o‘quv yilining 15 – sentabridan boshlanib, 25-mayida yakunlanadi. Yozgi ta’til kunlarida maktab tomonidan to‘garak mashg‘ulotlari alohida reja asosida (o‘quvchilarni sayohatlarga olib chiqish, turli to‘garaklar, pullik oromgohlarni tashkil etish, festival va tanlovlar tashkil etilishini o‘z ichiga olgan holda) tashkil etiladi. Maktabda to‘garak rahbarlari yilning 26 – mayidan 1-iyuniga qadar o‘quv yili yakuni munosabati bilan jurnallarni rasmiylashtirish, to‘garakning yoz mavsumi o‘quv rejasini ishlab chiqish va tasdiqlatish, shuningdek, 2 - sentabrdan 15 – sentabrga qadar yoz mavsumi o‘quv rejasi yakuni bo‘yicha jurnallarni rasmiylashtirish, yangi o‘quv yili rejasini tuzish va tasdiqlatish, bolalarni sinflarga (guruhlarga) bo‘lish kabi ishlarini amalga oshiradi. Maktabning to‘garak mashg‘ulotlari jadvali to‘garak a’zolari uchun qulay tartibda, ularning yoshi, psixofiziologik xususiyatlari va sanitariya normalari qoidalari va gigiyena normativlari inobatga olingan holda pedagogik xodimlarning taqdimnomasiga ko‘ra maktab ma’muriyati tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Yoz mavsumi davomida to‘garak rahbarlarini statsionar oromgohlarga jalb qilish, ularning roziligi asosida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Maktabda to‘garak mashg‘ulotlarining tashkil etilishi uchun haftada 6 akademik soat ajratiladi. 6 yoshl i bolalar uchun olib boriladigan to‘garak mashg‘ulotlari vaqti 35 daqiqa etib belgilanadi va u haftada 2 akademik soatdan oshmasligi kerak. Maktabning tarmoq to‘garak mashg‘uloti imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab – internatlarida tashkil etilishi uchun haftada 6 akademik soat ajratiladi. Bunda to‘garak rahbari 2 akademik soat guruh bilan 4 akademik soat yakka mashg‘ulotlar olib boradi. Maktabda har bir sinf (guruh)dagi to‘garak a’zolarining soni o‘quv yili davomida 10 nafardan, xorijiy tillar, dasturiy ta’minot, robototexnika, mexatronika va injenerlik to‘garaklarida 8 nafardan kam bo‘lmasligi lozim. To‘garak guruhlari 6 tagacha tashkil etilishi mumkin. Ota - onalarning xohishlariga ko‘ra ikki tomonlama shartnoma asosida o‘quvchilar bilan yakka tartibda (individual) pullik to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etilishi mumkin. Bu turdagi to‘garak mashg‘ulotlari (pullik xizmat) uchun to‘lov miqdori Vazirlik bilan kelishilgan kalkulatsiya asosida, o‘quv rejaga ta’sir qilmagan holda amalga oshiriladi. Maktab ta’til paytlarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va dam olishlarini to‘laqonli amalga oshirish maqsadida tashkilotlar va mahallalarda (ovullarda) ota - onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va tashabbuskorlar bilan hamkorlikda turli yo‘nalishdagi ommaviy tadbirlarni tashkil etishi mumkin. Maktab tomonidan o‘quvchilarga qo‘shimcha ta’lim olganligi to‘g‘risida ushbu nizomning ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi. To‘garak a’zolariga guvohnoma to‘garaklarning yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini to‘liq bajargan taqdirda beriladi. Maktab tegishli xalq ta’limi organlari bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlangan yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarmoq to‘garaklarini tashkil etadi va ularga amaliy – uslubiy yordam ko‘rsatadi. “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Maktab xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etadi, ilg‘or tajribalar asosida to‘garak o‘quv dasturlarini tuzish va takomillashtirishga oid ishlarni olib boradi. Maktab o‘quv yili natijalari bo‘yicha to‘garak a’zolari bilim, ko‘nikma va malakalarining maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablariga mosligini so‘rovnomalar, tanlanma o‘rganishlar, ko‘rik - tanlovlar, musobaqalar, testlar va boshqa shakllarda muntazam nazorat qilib boradi. “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi belgilangan tartibda vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy – tadqiqot institutlari, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar, boshqa tashkilotlar, mahallalar (ovullar), ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va tashabbuskorlar bilan uzviy hamkorlikda ish olib boradi. Maktabning rahbar va xodimlari belgilangan tartibda malaka oshiradi va qayta tayyorlovdan o‘tadi. Download 44.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling