Namangan muhandislik qurilish instituti sanoatni axborotlashtirish fakulteti informatika va at kafedrasi


Maktabda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish


Download 44.93 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi44.93 Kb.
#1565191
1   2   3   4   5
Bog'liq
Barkamol avlod bolalar maktabining asosiy vazifalari va funksiyalari

Maktabda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
Oliy ta’lim muassasalarini turli yo‘nalishlari (pedagog va pedagogik mutaxassislikka ega bo‘lmagan) bo‘yicha mutaxassislikka ega, professional ta’lim tashkilotlari (kasb – hunar kollejlari) ning tegishli ma’lumotga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxslar Maktabda pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli. Zarur hollarda, tegishli pedagogic ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga hamda usta hunarmand texnik, sport va sayyohlik sohasi bo‘yicha Sport ustasi yoki Sport ustaligiga nomzod “Xizmat ko‘rsatgan sportchi Sport ustozi Artist va Me’mor maqomiga ega bo‘lgan shaxslar ham Maktabda pedagogic faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb qilinishi mumkin. Maktab direktori, direktor o‘rinbosarlari, uslubchilarning hamda to‘garak rahbarlarining mehnat ta’tili 36 ish kuni etib belgilanadi. Maktabda to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishga asosan umumta’lim maktablari, akademik litseylar va professional ta’lim tashkilotlari (kasb - hunar kollejlari) o‘qituvchilari o‘tilgan mashg‘ulotlar hajmiga proporsional ravishda soatbay haq to‘langan holda shartnoma asosida jalb etilishi mumkin. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan sud qaroriga ko‘ra yoki tibbiy xulosaga asosan mahrum qilingan shaxslarning maktabda to‘garak rahbari bo‘lishiga va pedagogic faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yetarli malakaga ega bo‘lmaganligi shuningdek ta’lim faoliyati prinsiplariga zid bo‘lgan axloqsiz xatti – harakatlar to‘garak rahbari lavozimidan mahrum qilish uchun asos bo‘ladi. Maktab to‘garak rahbarlarining haftalik ish yuklamasi 24 soatni tashkil etadi. Maktab pedagog xodimlarining faoliyati o‘quvchilar shaxsini faol mustaqil, mas’uliyatli uyushqoq va tartibli bo‘lishini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

Maktabning mol-mulki va pul mablag‘lari
Muassis yoki vakolatli davlat organi maktabga mol - mulkni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi. Maktab o‘ziga biriktirilgan mol - mulkni hamda daromadlar va xarajatlar smetasi bo‘yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol - mulkni qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi. Maktablar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Quyidagilar maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari ota - onalar to‘lovidan tushadigan mablag‘lar o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan o‘quv jarayonida tayyorlangan mahsulotlar va buyumlari sotuvidan tushgan mablag‘lar asosiy mashg‘ulotlardan tashqari paytda bo‘sh binolar, inshootlar, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyatidan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar; davlat – xususiy sheriklik shartlari asosida tushgan mablag‘lar o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’sir etmagan holda badiiy kechalar, konsert va teatr tomoshalari tashkil etishdan olingan mablag‘lar jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, mahalliy va xalqaro tashkilotlarning grantlari qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Maktab aholiga, turli tashkilotlarga xizmatlar ko‘rsatishga, qonun bilan taqiqlanmagan, muassasaning asosiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga haqli. Yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan to‘garak a’zolarining ta’limga aloqasi bo‘lmagan tadbirlarga jalb etilishiga, konsert - tomosha dasturlari va ko‘rgazmalarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi, to‘lov - shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar bundan mustasno. Maktabning budjetdan tashqari jamg‘armalar, shu jumladan, bolalari o‘qiganligi uchun ota - onalar to‘lovi hisobiga shakllangan jamg‘arma oylik, choraklik yoki yillik tushgan mablag‘lari bo‘yicha (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) jami summasidan o‘n foizgacha bo‘lgan miqdori mazkur maktab rahbarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk maktab mol-mulki tarkibiga kiritiladi. Pedagog xodimlarni bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari budjet hisobidan va uch baravarigacha budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Maktabning moddiy - texnika bazasi yer bino va inshootlarni kutubxonalarni, sport zallarini, kommunikatsiya, texnik jihozlar va uskunalarni, transport vositalarini hamda ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan boshqa anjomlarni o‘z ichiga oladi. Maktablar tomonidan budjetdan tashqari va ota – onalar to‘lovlaridan tushgan mablag‘larni to‘g‘ri tasarruf etish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan maktab uchun buxgalter (hisobchi) ishga qabul qilinishi mumkin. Maktab buxgalteri (hisobchisi) tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga tushumlarni ishlatilishi yuzasidan har chorakda hisobot berishi lozim. To‘garak mashg‘ulotlari jarayoni samaradorligini oshirish va o‘quvchilar bilan individual ishlash maqsadida maktab tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan to‘garak rahbari, uslubchi va maktab uchun zarur bo‘lgan boshqa shtatlar ochilishi yoki fuqarolik – huquqiy shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilishi mumkin.

Xulosa
Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish o’quvchi yoshlarni kasb – hunarga qiziqishlarini oshirish va rivojlantirish uchun Mingbuloq tumani barkamol avlod bolalar maktabi qoshida texnik ijodiyot yo’nalishi, badiiy yo’nalishi, ekologiya yo’nalishida turli xil to’garaklar tashkil etilgan. Bichish – tikish, oila hamshirasi, tasviriy san’at, raqs, sport to’garagi, robototexnika, konstruktor va lego kompyuter va labaratoriyasi, kompyuter, jurnalistika va notiqlik, eko dijayn, maktabga tayyorlov, to’garaklari mavjud. Bu to’garaklarga 1117 ta o’quvchi jalb etilgan o’quvchilarga 64 nafar pedagog xodim ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Mashg’ulotlarni yangi innavatsion uslublarga o’tib kelmoqda. Barkamol avlod maktabida iqtidorli o’quvchilar bilan ham mashg’ulot olib boriladi. Texnik yo’nalish bo’yicha badiiy ijodiyot yo’nalishi bo’yicha ekologiya yo’nalishi bo’yicha tumanda viloyatda respublikada o’tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtrok etib faxirli o’rinlarni egallab kelmoqda. Barkamol avlod bolalar maktabida IT axborot texnologiyalari yo’nalishi bo’yicha to’garaklar faol olib bormoqda, bularga malakali mutaxasislar jalb etigan. Kelajakda bu yerda ta’lim olayotgan o’quvchilardan IT axborot texnologiyalari mutaxasislari yetishib chiqadi.


Download 44.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling