Namangan muhandislik qurilish instituti sanoatni axborotlashtirish fakulteti informatika va at kafedrasi


Download 44.93 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi44.93 Kb.
#1565191
1   2   3   4   5
Bog'liq
Barkamol avlod bolalar maktabining asosiy vazifalari va funksiyalari

Ta’lim jarayoni ishtirokchilari
To‘garak a’zolari ota - onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), tashabbuskorlar va pedagog xodimlar Maktab ta’lim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi. To‘garak a’zolari: Maktabda ixtiyoriy ravishda maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida ta’lim olish; qiziqishlariga ko‘ra to‘garak turini tanlash; bir necha to‘garaklarda qatnashish, yil davomida qiziqish va istaklariga qarab bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa boshqa to‘garaklarga o‘tish; Maktabning jamoatchilik organlarini saylashda ishtirok etish va ularga saylanish; Maktabning ish faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar kiritish huquqiga ega. To‘garak a’zolari: qonunchilik hujjatlariga rioya qilishga; Maktabning moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va uni asrab - avaylashga; Maktab ustavi va ichki tartib - qoidalariga rioya qilishga majbur. Ota - onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar): o‘z farzandlari uchun to‘garak turini tanlash; Maktab ma’muriyatidan uning ustaviga muvofiq zarur shart – sharoitlarni yaratishni talab qilish; bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish; Maktabni jamoatchilik asosida boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega. Ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar): farzandining jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilishga; bolaning qadr - qimmatiga hurmat bilan qarash, uni mehnatsevarlik, ezgulik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga; farzandida qonunlarga itoatkorlik, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat tuyg‘usini tarbiyalashga; farzandiga to‘garak mashg‘ulotlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga; ota-ona to‘lovlarini belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lab borishga majbur. Maktabning pedagog xodimlari: o‘z kasbiy obro‘si va qadr - qimmatini himoya qilish; Maktab faoliyatini boshqarishda ishtirok etish; Maktab ma’muriyatiga Maktabning va to‘garaklar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish; kasb faoliyati uchun sharoitlar bilan ta’minlanish, malakasini oshirish, qayta tayyorgarlikdan o‘tish, ta’lim shakli, uslubi va vositalarini tanlash huquqiga ega. Maktabning pedagog xodimlari: maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv qo‘llanmalari va dasturlari asosida ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil etishga; pedagog axloq - odobiga qat’iy rioya qilishga; o‘quv-tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib borish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, o‘qitish vositalarini yaratishda faol qatnashishga; bolaning qadr – qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr – shafqat kabi fazilatlarni shakllantirish, ona vataniga sadoqat, davlat tiliga, milliy va umuminsoniy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga, ota-onaga va o‘zidan katta yoshdagilarga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga; belgilangan tartibda va muddatlarda o‘z malakasini oshirib borishga; o‘zining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish va o‘z ustida muntazam ishlashga; o‘quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga; o‘quvchilarning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va tashabbuskorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga majbur.


Download 44.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling