Namangan muhandislik-qurilish instituti «Sanoatni axborotlashtirish»
Ijro qiluvchi doimiy tok dvigatellarini ishlash prinsiplari
Download 181.16 Kb.
|
ABTIV kurs ishi Avtomatika elementlati va qurilmaning tuzilish usullari tayyor
3.2 Ijro qiluvchi doimiy tok dvigatellarini ishlash prinsiplariIjro mexanizmlari haqida tushuncha va ulaming turkumlanishi. Avtomatik rostlash tizimining ijro mexanizmi deb rostlovchi organi uzatilayotgan signalga muvofiq, harakatga keltiruvchi moslamaga aytiladi. Rostlovchi organni vazifasini drossellar, to‘sqichlar, klapanlar, shiberlar bajaradi. Ijro mexanizmlarining asosiy ko‘rsatkichlari: chiqish validagi aylanish momentining nominal qiymati yoki chiquvchi shtokdagi ta’sir etuvchi kuch; aylantiruvchi moment yoki kuchlarning maksimal qiymati; nosezgirlik maydoni; inertsionlik vaqtini ko‘rsatuvchi vaqt doimiysi; ijro mexanizmlarini chiqish valining aylanish vaqti yoki uning shtokining surilish vaqti. Ijro mexanizmini ishdan to‘xtagandan so‘ng, turg‘unlashgan rejim vaqtida ishlab turganda chiqish organining surilishi yugurish holati deb ataladi. Bu holat rostlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Turli rostlovchi organlarni surilishini ta ’minlash uchun klapanlar, drossel qopqoqlar, so‘rg‘ichlar kranlarda elektr yuritmali IMlar qo‘llaniladi. Ular elektrik va elektron rostlagichlar bilan komplekt holda ishiatiladi. Bu IMlarda uch fazali va ikki fazali asinxron elektr yuritmalar qo‘llaniladi. Elektrodvigatelli IMlar o‘z navbatida bir aylanishli (MEO tipli), ko‘p aylanishli (MEM tipli), to‘g‘ri harakatlanuvchan (МЕР tipli) ko‘rinishlarda boMadi. Misol sifatida PR-1M tipdagi IM bilan tanishamiz. Ushbu mexanizm bir fazali reversiv elektrodvigatel, reduktor, chekka kalitlar tizimi va reaxorddan iborat. PR-1M IM 0° va 180° oraliqdagi har qanday holatda valning burilishini to‘xtatish imkoniyatiga ega. Buning uchun reoxorda ko‘rinishidagi 180-190 Om qarshilikka ega bolgan teskari aloqa prinsipida ishlaydigan qarshilik chulg‘ami va u bo‘ylab harakatlanadigan hamda valga qotirilgan jildirgichdan iborat. Takomillashtirilgan elektrik ijro mexnizmlari ko‘p aylanishli quvurli armaturani distansion boshqaruvi uchun qo‘llanadi. Bu ijro mexanizmlari M,A,B,V,G,D rusumli elektr yuritmalari nomini olgan bo‘lib, ular gidromelirrativ tizimlarining avtomatlashtirilgan nasos stansiyalarida qo‘llaniladi. Ular bir-biridan maksimal aylanish momenti, reduktorining tuzilishi, gabarit ulanish o‘lchamlari va ba’zi konstruktiv elementlari bilan farqlanadi. Elektr yuritmalarining barcha konstruktiv elementlari maksimal darajada unifiksiyalangan, yuritma validagi ruxsat etilgan momentni chegaralovchi maxsus qurilmalari va boshqaruv sxemalariga ega elektr yuritmalarini ekspluatatsiya sharoitlariga ko‘ra normal holatda ishlashi uchun jadvalda ularni tiplariga ko‘ra texnik ma’lumotlar keltirilgan. Elektr yuritmalarining normal holatidagi joylashtirilishi vertikal holat hisoblanadi (yuritma vali vertikal joylashtiriladi). B,V,G,D tipli elektr yuritmalarining ish prinsipi va tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Elektr yuritmaning kenematik sxemasi 6.1-rasmda keltirilgan. Elektr yuritma quyidagi asosiy elementlar va qismlardan tashkil topgan: chervyakli silindrik reduktor, qo‘l tumbled qismi, elektr motori, va o ‘chirgichlar qutilari. Yo‘l va moment o‘chirgichlari qutilari koфusga mahkamlanadi. Korpusga podshipniklardagi 46-chervyakli 45-shlikli val montaj qilingan. Shirikli valda aylantiruvchi momentni chegaralovchi muftajoylashgan. 6-maxovikli qo‘l dublerlari sharikli valni oxiriga ulangan. Shu yerda bo‘sh qilib kulachokli 4-silindirik g’ildirak joylashtirilgan. Korpusga xuddi shunday ravishda yo‘l va moment o‘tkazgichlari qutisiga aylanishni uzatuvchi 43-chervyakli g ‘ildirakka ega bo‘lgan va 40, 4 L-silindrik shestrnyalari bilan plita ulangan. Avtomatik rostlash va boshqarish tizimlarida elektr energiyasini ishchi organning tekis harakatiga aylantirib beruvchi elektromagnitli uzatmalar IMlar sifatida qo‘llanishi mumkin. Bu elementlar yana solenoidli mexanizmlar deb ham yuritiladi. Elektromagnitli IMlar tipi, tuzilishiga ko‘ra chiqish koordinatasi ko‘rinishlarga ajratilishi mumkin: to‘g‘ri harakatlanuvchan rostlovchi organga ega bo‘lgan IMlar uchun: siljish, tezlik ta’sir qiluvchi kuch; aylanuvchan harakatga ega bo‘lgan rostlovchi organli IMlar uchun: aylanish burchagi, aylanish chastotasi, aylanish momenti. Elektromagnitlar o‘zgaruvchan (bir fazali va uch fazali), o‘zgarmas tokli boMishi mumkin. Ularning asosiy tavsifnomasi: yakoming surilishi; yakoming surilishi va tortish kuchi orasidagi bog’lanish; yakoming surilishi va elektroenergiya sarfi, ishga tushish vaqti orasidagi bog’lanish. Yakorning maksimal surilishiga qarab, qisqa yurishli va uzun yurishli elektromagnitlar ajratiladi. Elektr ijrochi elementlar tok, kuchlanishning miqdoriy o‘zgarishini va elektr signali vazifasini o‘zgarishini burilish, surilish va aylanish kabi mexanik harakatlarga aylantiradi. Ijrochi elektr yuritmalar sifatida kichik quvvatli o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok yuritkichlaridan foydalaniladi. O‘zgarmas tok yuritkichlari magnit maydoni qo‘zgatish usuliga ko‘ra, mustaqil qo‘zgatishli, o‘zgarmas tok magnitli, parallel qo‘zgatishli va aralash qo‘zgatishli yuritkichlarga bo‘linadi. Bular ichida avtomatika talablariga mos keladiganlari O‘zgarmas magnitli, mustaqil qo‘zgatishli va parallel qo‘zgatishli yuritkichlardir. Elektromagnitlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Tanlanayotgan konstruktsiya siljish uzunligi, tortish kuchi va berilgan tortish tavsifnomasiga mos kelishi kerak; 2. Tez harakatlanuvchan tizimlar uchun shixtalangan magnitli o‘tkazgichga ega bo‘lgan elektromagnitlar, sekin harakatlanuvchan tizimlar uchun shixtalanmagan magnit o‘tkazgichga ega bo‘lgan hamda massivli mis gilzali elektromagnitlar qo‘llanilishi mumkin. 3. Ishga tushish sikllari soni yo‘l qo‘yilgandan kam bo‘lishi kerak. 4. Bir xil mexanik ishlar uchun o‘zgaruvchan tok elektromagnitlari o‘zgarmas tokda ishlovchi elektromagnitlarga nisbatan ko‘proq elektroenergiya talab qiladi. 5. Elektromagnitlar ishlatish uchun qulay va oddiy bo‘lishi kerak. Elektromagnitlarni kuchlanish, tok va quvvat kattaliklari orqali tanlash mumkin. Elektromagnit tanlangandan so‘ng uning chulg‘amlari qizishga nisbatan hisoblanadi. Bu holda ruxsat etilgan qizish harorati 85-90° S hisobida olinadi. O‘zgarmas tok mashinasi asosan, qo‘zgalmas qism stanina, qo‘zg‘aluvchan qism yakordan iborat. Stanina yirik mashinalar uchun pulatdan, kichik mashinalar uchun chuyandan quyib yasaladi va unga qutblaming o‘zaklari umatiladi. Bosh qutblar staninaning ichki sirtiga o‘rnaatilgan bo‘lib unga, qo‘zgatish chulg’amlari uralgan. Bosh qutb mashinaning asosiy magnit maydonini hosil qiladi. Yakor silindrsimon o‘zak bo‘lib, o‘zakka o‘rnatiladi. Yakor qalinligi, 0,35-0,5 mm. elektrotexnik po‘lat plastikalar to‘plamidan tayyorlanadi. Yakor chulg‘ami izolyatsiyalangan mis simdan iborat bo‘lib, u alohida-alohida seksiya qilib yasalgandan so‘ng, yakorning o‘zagidagi pazlar orasiga joylashtiriladi. Chulg‘amning uchlari kollektor plastinkalariga biriktiriladi. Hamma elektr mashinalarida aylanuvchan magnit maydon hosil bo’lishi prinsipi bir xilda kechadi va ideal benuqson umumlashtirilgan elektr mashina oddiy elektr mashina bo‘lib hisoblanadi. Bunday mashina simmetrik, tuyintirilmagan, tekis va silliq havo tirqishiga (stator va rotor oralig’idagi tirqish) ega bo‘lgan bo‘ladi. Uning stator va rotor qismlarida ikkitadan chulgam bo‘lib: wsa ва wsp статорда, w ra ва wrp rotorda ular bo‘shliqda bir-biriga nisbatan elektr burchak uchi 90° teng. Agar shunaqa mashinalami stator chulgami yoki rotomi chulgamiga vaqti birligida 90° buriluvchan elektr toki berilsa, undagi havo tirqishida aylanuvchi magnit maydoni hosil bo‘ladi ya’ni aylanuvchan aylanma maydon yonida simm etrik sinusoidal kuchlanishli maydon bo‘ladi, chunki bunday mashina fazoviy tor tirqishida garmonika bo‘lmaydi u benuqson ideal elektrik mashinalardan u yoki o‘zga darajada bir biridan farqlanadilar, chunki real mashina fazoviy tor tirqishida mavjud mashinalarda ideal sinusoidal maydon olmoq mumkin emas. Sinusoidal o'zgaruvchan tok asosan, elektrostantsiyalarda bug’ va gidravlik turbinali generatorlar yordamida hosil qilinadi. Mazkur generatorlarning ishlash prinspi elektromagnit induktsiyasi qoidasiga, elektromagnit kuch qonunlariga asoslangan: Stator chulg‘amiga maxsus pazlar o‘yilgan bo'lib bu pazlarga mis chulg‘amlar joylashtiriladi: Rotor o‘zgarmas magnit yoki elektromagnitning bir turi bo‘lib, generatoming asosiy magnit maydonini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Kuchli generatorlarning rotori, elektromagnit rejimida ishlaydigan qilib tayyorlanadi, bunda u hosil qilgan magnit maydonini oqimini boshqarish mumkin bo‘ladi. Sinusoidal o‘zgaruvchan kattaliklarni xarakterlovchi quyidagicha parametrlari mavjud. Davri, chastotasi, ampletudasi va faza siljishi - davr, deb yo‘naIishi va kattaligi jihatidan bir marta to‘Ia o‘zgarishiga aytiladi. Texnologik prosess davomida mehnat predmetiga ishlov berish operatsiyalarini bajarish uchun energiya va harakat manbai sifatida elektr, pnevmatik va gidravlik yuritmalardan foydalaniladi. To‘qimachilik sanoatida elektr yuritmalar va, ayniqsa, asinxron elektr yuritmalar keng qo‘lIanadi. Bunday yuritma - elektr dvigatelli texnologik mashina, harakat uzatuvchi mexanizm (turli xil mufta va reduktorlar) va boshqarish sistemasidan iborat bo‘ladi. Texnologik m ashinalar yuritm asini boshqarish sxem asini tuzishda texnologik mashina va unga harakat uzatuvchi muftalar ko‘rsatilmaydi. Boshqarish sistemalarini loyihalash va qurish uchun asosan boshqarish sistem asining prinsipial sxemasidan foydalaniladi. Chunki bu sxema elektr energiyasini qabul qiluvchi elektr dvigatelni elektr o'tkazuvchi simlar va turli xil kommutatsiya va himoya apparatlari orqali energiya manbai bilan bog‘lash yo‘llarini va boshqarish sistemasining ishlash prinsipini ko‘rsatib turadigan sxemadir. Prinsipial sxema ikki xil - yig‘iq va yoyiq holda tasvirlanadi. Yig‘iq ko'rinishda tuzilgan sxemalarda har bir element kontaktor, magnitli ishga tushirgich, boshqarish knopkalari, rele va boshqa boshqaruv apparatlari funksional element sifatida o‘z tuzilishiga muvofiq, yig‘ilgan holda alohida-alohida ko‘rsatiladi. Bunda har bir funksional elementning tuzilishi va ishlash prinsipi sxemada alohida ko'rinib turadi. Yig’iq ko‘rinishdagi prinsipial sxemaning kamchiligi shundaki, u orqali murakkab sistemalami tasvirlash mumkin bo‘lmay qoladi. Chiziqlaming kesishuvi ko‘payib ketishi sababli sxemani o‘qish qiyinlashadi. Sxema bo‘yicha elektr dvigatel (obyekt) ijrochi element IE (kontaktor) kontaktlari K l, K2, KZ orqali elektr energiya manbai M ga ulanadi. Shunda obyekt ishga tushadi. Yuritmani ishdan to‘xtatish uchun kontaktor kontaktlari uzilishi kerak. Yuritmani bu tarzda boshqarish funksiyasini boshqaruvchi element BE bajaradi. Boshqarish sistemasidagi alohida funksional elementlaming bunday o‘zaro borg’lanishi (bir-biriga ta’siri)ni ko‘rsatuvchi funksional sxema 1-rasm, b da ko‘rsatilgan. Bunda asinxron dvigatel zanjiri energiya manbai M ga ulanadi. Bu zanjiming quvvati dvigatel quvvatiga muvofiq bo‘ladi va kuchli elektr zanjiri deb ataladi. Boshqarish zanjirining quvvati esa juda kichik miqdor 50 vattgacha bo‘lishi mumkin. Sxemada ijrochi element IE (kontaktor), boshqaruvchi element BE va universal uzib-ulagich «UU» alohida yig’ilgan ko‘rinishda tasvirlangan. Ularning ishlash prinsiplarini sxema orqali to‘la o‘qish mumkin. Masalan, kontaktor elektromagnit chulg‘amidan tok o‘tganda, po‘lat o‘zaklarda hosil bo‘lgan elektromagnit kuchi prujina 2 kuchini engib, qo‘zg‘aluvchi po‘lat o‘zakni qo‘zg‘almas po‘lat o‘zakka tortadi. Shunda po‘lat o‘zak 1 bilan mexanik bog’langan kontaktlar ulanib dvigatel ishga tushadi. Uning ishdan to‘xtashi uchun kontaktor elektromagnit chulg‘ami zanjiri uzilib undan tok o‘tmasligi, prujina 2 po‘lat o‘zakni tortib, kontaktlar K l, K2 va KZ ni uzishi lozim. Kontaktor elektromagnit chulg‘amidan o‘tadigan tokni boshqaruvchi element BE boshqaradi. Boshqaruvchi element dvigatelning ikki rejimda: 1) odam ishtiroki bilan, 2) odam ishtirokisiz avtomatik rejimlarda ishlashini ko‘zda tutadi. Dvigatelni odam ishtirokida boshqarish uchun boshqarish knopkalari: yurgizish - SI, to‘xtatish - S2 dan foydalaniladi. Dvigatelning avtomatik rejimda (odam ishtirokisiz) ishlashini boshqaruvchi rele RB, komanda apparatlari va boshqalar ta ’minlaydi. Bu ikki rejimda ishlashni amalga oshirish uchun alohida universal uzib-ulagich «UU» kommutatsiya apparatidan foydalaniladi. Hozirgi zamon ishlab chiqarish prosesslarida texnologik mashina va mexanizmlar, agregatlar va potok liniyalarining ikki xil rejimda ishlashi va boshqarilishi ko‘zda tutiladi; avtomatik boshqariladigan rejimda boshqarish funksiyasini texnik vositalar - rele, komanda apparatlari; operator tomonidan boshqariladigan rejim da esa texnologik mashinalarni boshqarishni odam operator bajaradi. Ishlab chiqarish prosesslarini avtomatik boshqarish hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi asosiy ish rejimi hisoblanadi. Texnologik mashinalarning optimal rejimda ishlashini ta’minlash, sozlash va remont qilish operator tomonidan bajariladi. Bu rejim «sozlash rejimi» deb ataladi. Agar asinxron yuritm a avtomatik rejimda ishlashi kerak bo‘lsa, boshqarish sxemasidagi universal uzib-ulagich «UU» ning kontaktlari 3, 4 ulangan, kontaktlar 1-2 uzilgan boMadi. Shunda boshqaruvchi rele o‘zining kontakti RBni ulasa, kontaktorning elektrom agnit chulg‘am idan tok o‘tadi, unda hosil bo‘lgan elektromagnit kuchi prujina PR kuchini engib, qo‘zraluvchi po‘lat o‘zakni qo‘zg‘almas po‘lat o‘zakka tortadi va kontaktor kontaktlari K l, K2, KZ va K4 ni ulaydi. Elektr yuritma elektr tarmog’lga ulanadi va ishga tushadi. Boshqaruvchi relening kontakti RB uzilganda esa kontaktorning elektromagnit chulg‘ami Kda tok boMmaydi. Prujina kuchi qo‘zg‘aluvchi po‘lat o‘zak Ini tortib, kontaktlar K l, K2, KZ va K4 ni uzadi, yuritma ishdan to‘xtaydi. Bu yerda boshqaruvchi rele RB kontakti deganda texnologik mashina va mexanizmlami berilgan programmaga muvofiq boshqarish uchun xizmat qiladigan komanda apparat yoki releli signal tarqatgichlar kontaktlari ko‘zda tutiladi. Elektr yuritma operator tomonidan boshqarilsa, universal uzib-ulagich UU ning kontaktlari 1, 2 ulanib, kontaktlar 3-4 uzilgan boMadi. Yuritmani ishga tushirish uchun boshqarish postidagi yuritish knopkasi «SI» qo‘l bilan bosiladi. Shunda kontaktorning elektromagnit chulg‘ami К dan tok o‘tadi. Elektromagnit kuchi prujina Pr kuchini engib ko‘zgaluvchi po‘lat, o‘zak va u bilan mexanik bog’langan kontaktlar K l, K2, KZ va K4 ni ulab, yuritmani ishga tushiradi. Yuritmani to‘xtatish uchun operator endi to‘xtatish knopkasi «S2» ni bosadi. Shunda elektromagnit chulg‘amidan tok o‘tmaydi. Prujina PR kuchi ta’sirida kontaktlar K l, K2, KZ va K4 uzilib, yuritma ishdan to‘xtaydi. Texnikaviy kibernetika — texnik tizimlami boshqarishning usullari va ilmiy g'oyalari butunlay (tizimli) o’rganiladi; shuningdek, ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish bilan bog’liq masalalami yechishning ilmiy tayanchi hamdir; texnikaviy kibernetika – avtomatik rostlash va boshqarish nazariyasi va amaliyoti fanining hozirgi zamon rivojlangan bosqichi hamdir. Biokibernetika — biologik tizimlardagi axborotlami saqlash, uzatish va qayta ishlashning umumiy qonunlarini o'rganadi. Iqtisodiy kibernetika - iqtisodiy tizimlarda boshqarish jarayonlarini tadqiq va tashkil qilish maqsadining kibernetik usullari va vositalari haqidagi fan. Dekompozisiya — katta tizimlami bir qator oddiy (keyinchalik nisbatan o'zgarmaydigan) tizimchalarga ajratish. Ierarxik tarkib (gr. «ierarxiya» — «xizmat pillapoyasi») pastdan yuqoriga qarab ketma-ket joylashgan bo‘g‘inlar (elementlar) to‘plami. Diagnostika — holatni aniqlash usullari va tamoyillari haqidagi ta’limot. limot. Element (bo'g'in) — tashqi kirish va chiqishdagi o'zgaruvchilami (kattaliklami) bog'lovchi tavsifnomalar orqali aniqlanadi. Matematik modellashtirish — jarayon qonuniyatlarini o‘rganish va bashoratlash imkoniyatini beruvchi mumkin bo'lgan o'zaro aloqalami matematik yozish va jarayonga tegishli matematik modeliar (yozuvlar) hosil qilish bilan hodisa yoki jarayonlami tadqiq kilish usuli. Bashorat — obyektning kelgusidagi holatini va muddatini ilmiy asoslangan ravishda oldindan aytish: • Bashoratlash - bashoratlami ishlab chiqish jarayoni. • Bashoratlash tizimi — bashoratlash usullari va ulami amalga oshirish vositalari majmui, tizimi. • Bashoratlash usuli — bashoratni ishlab chiqishga yo'naltirilgan bashoratlash obyektni tadqiq qilish usuli. • Bashoratlash obyekti — bashoratlash subyektining faoliyatiga qaratilgan jarayon, hodisa va voqea. Obyektning tabiatidan kelib chiqish ijtimoiy, ilmiy-texnik, iqtisodiy, ekologik va boshqa obycktlari mavjud. Bashoratlash subyektlarining obyektlarga ta’sir etish imkoniyatidan kelib chiqib boshqariladigan va boshqarilmaydigan obyektlarga bo'linadi. • Bashoratlash modeli - bashoratlanadigan obyektning modeli, bu tadqiqot obyektining kelgusida mumkin bo'lgan holati haqidagi ma’lumotni olishga imkon beradi va ulami amalga oshirish yo'llari hamda muddatlarini aniqlaydi. • Avtomatlashtirilgan bashoratlash tizimi — ishlab chiqariladigan bashoratlaming samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan avtomatlashtirilgan tizim elementlari va tamoyilligi mavjud bo'lgan bashoratlash tizimi. «Avtomat» — grekcha «o'z-o'zidan harakatlanuvchi» — so'zidan olingan bo'lib, ayrim jarayonlami odam ishtirokisiz o'zi bajaruvchi qurilma (apparat, mashina, moslama, asbob va boshqalar); o'z-o'zidan ishlaydigan qurilma ma’nolarini bildiradi( avto — yunoncha aytoc — o'zim). Avtomatlashtirish — texnologik jarayonlami odamlaming bevosita ishtirokisiz boshqarishida nazorat-o'lchov asboblari, rostlagichlar va boshqa texnikaviy qurilmalami qo'llash demakdir. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimida inson ishtirok etadi, bu tizim o'z ichiga quyidagilami oladi: boshqarish usullari (algoritmlari), boshqarishning kompleks asbob-uskunalari (ABTning texnikaviy ta’minoti) va jarayonda bevosita qatnashuvchi insonlar (operatorlar, dispetcherlar, mashinistlar va boshqalar). Avtomatik boshqaruv tizimida esa inson ishtirok etmaydi va bu tizimning barcha real elementlari quyidagilar hisoblanadi: almashtirgichlar (datchiklar), kuchaytirgichlar, ajratgichlar, tenglashtiruvchi chizmalar (qurilmalar) va ijrochi mexanizmlar. Avtomatika — tarmoqlar bo'yicha ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik (odam ishtirokisiz) ravishda nazorat qilish, rostlash, boshqarish usullari va texnikaviy vositalami ishlab chiquvchi hamda o'rgatuvchi fandir. — texnikaviy fan bo'lib, unda avtomatik tizimlami tuzishning nazariyasi va tamoyillari, ulaming amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan texnikaviy vositalari, tahlil va sintez qilish usullari ishlab chiqiladi va o'rganiladi; — avtomatik boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o'rganadigan kibemetika fanining texnikaga oid tarmog'i bo'lib, avtomatik tizimlar nazariyasini, ulami hisoblash va qurish asoslarini hamda sanoatda qo'llash masalalarini o'rganadigan tatbiqiy fandir. Uzluksiz va davriy jarayonlar — ishlab chiqarishning davriy jarayonlarini uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish ham texnika rivojlantirishning muhim yo'lidir. Davriy jarayon deb shunday jarayonga aytiladiki, masalan bunday xomashyoning bir qismi apparatga solinadi va unga bir necha bosqichda ishlov beriladi. Keyin hosil bo'lgan modda laming hammasi apparatdan chiqarib olinadi. Mahsulot chiqarib olingandan to xomashyoning yangi qismi apparatga solinguncha u ishlamay turadi. Bunday jarayonni avtomatlashtirish qiyin, chunki apparatning ish tartibi o'zgaradi. Bunda ko‘p energiya sarflanadi. Shuning uchun ko'pchilik davriy jarayonlami uzluksiz jarayonlar bilan almashtirishga harakat qilinadi. Apparatga xomashyoni solish va hosil bo'lgan mahsulotni undan olish uzoq vaqtgacha uzluksiz yoki tizimli bo'ladigan jarayonga uzluksiz jarayon deyiladi. Bunda asbob-uskunalar bekor turib qolmaydi, apparatlaming ishning unumdorligi ortadi. Bunday jarayonlami avtomatlashtirish oson. Hozir sanoat miqyosidagi jarayonlarning ko'p qismi uzluksiz olib boriladi. Ishlab chiqarishning jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini joriy qilish, davriy ishlab chiqarish jarayonlarini uzluksiz jarayonlarga aylantirish sanoatning boshqa korxona va ishlab chiqarish birlashmalarini yaratishga asos bo'ladi. Shunday qilib, avtomatlashtirish ishlab chiqarishni jadallashtirishga olib keladi va katta iqtisodiy samara beradi. Ko'rinib turibdiki, avtomatlashtirishning ilmiy-texnikaviy aspektlari sanoat, jumladan, agrosanoatning o'sishini ta’minlashda, mehnatkashlaming turmush sharoitini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqarish tizimlarini ishlab chiqishda standartlashtirish. Boshqarish tizimlarini ishlab chiqishda standartlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Standart - inglizcha «stendard» so'zidan olingan bo'lib «namuna» yoki «me’yoriy-texnik hujjat» ma’nosida tarjima qilinadi. Davlat standard (GOST), Respublika standard (RST), tarmoq standard (OST) va boshqa standartlar mavjud. Mamlakadmizda o'lchovlaming mushtarakligi O'zR VM ning standartlar Davlat qo'mitasi va metrologik muassalari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomatik nazorat - texnologik jarayonning oxirgi holati haqida operativ ma’lumot olish va uni qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Avtomatik nazorat o‘z navbatida avtomatik signalizatsiya, avtomatik о lchash, avtomatik saralash va avtomatik axborotni yig'ishga ajratiladi. Avtomatik signalizasiya xizmatchilami, texnologik jarayon ko'rsatkichlari chegaraviy ko'rsatkichlarga yaqinlashganlik haqida axborot beradi. Avtomatik o'lchash texnologik jarayonni asosiy ko'rsatkichlarini maxsus asboblarga uzatib berishga xizmat qiladi. Avtomatik saralash mahsulotni og'irlik o'lchamlari, rangi va boshqa fiziko-mexanikaviy xususiyatlariga qarab ajratishga xizmat qiladi. Avtomatik axborotni yig'ish texnologik jarayon o'tishi, mahsulotni sifati, soni va boshqa ko'rsatkichlari haqida ma’lumot yig'ishda xizmat qiladi. Avtomatik himoya nonormal va halokat holatlarida qo'llaniladi. Bu holda himoya vositalari jarayonni to'xtatib yoki avtomatik ravishda ushbu holatlarni chetlashtirishga xizmat qiladi. Avtomatik rostlashda — texnologik jarayonning berilgan parametrlarini avtomatik ravishda rostlagichlar yordamida saqlanadi. Bunda odam avtomatik rostlash tizimining ishini kuzatib turadi. Avtomatika elementi deb o'lchanayotgan fizik kattalikni birlamchi o'zgartimvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to‘rt xil tarkibiy belgilanish sxemalaridan iborat bo'ladi: oddiy bir martali (birlamchi) to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirish; ketma-ketli to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirish; differensial sxemali o'zgartirish; kompensasion sxemali o'zgartirish. Oddiy o'lchash o'zgargichlari bir dona elementdan tashkil topgan bo'ladi. Ketma-ketlikdagi o'zgartgichlarda esa oldindagi o'zgartgichning kirish ko'rsatkichi keyindagi o'zgartgichning chiqishi hisoblanadi. Odatda birlamchi o'zgartgich sezgirlik elementi (SE), oxirgi (keyingi) o'zgartgich esa chiqish elementi deb yuritiladi. O'zgargichlarning ketmaketlikda ulanish usuli bir martalik o'zgartirishda chiqish signalidan foydalanish qulay bo'lgan sharoitda qo'llaniladi. Differensial sxemali o'lchash o'zgargichlari nazorat qilinayotgan kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati bo'lganda qo'llaniladi. Kompensatsion sxemali o'zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlashi, universalligi hamda o'zgartirish koeffitsiyentining tashqi ta’sirlarga deyarli bog'liq emasligi bilan ajralib turadi. Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo'lib, quyidagi funksiyalardan birini bajaradi: — nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko'rinishdagi signalga o'zgartirish (birlamchi o'zgaritgich — datchiklar); — bir energiya ko'rinishidagi signalni boshqa energiya ko'rinishidagi signalga o'zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va h.k. o'zgartirtgichlari); — signal tabiatini o'zgartirmasdan uning kattaliklarini o'zgartirish (kuchaytirgichlar); — signalning ko'rinishini o'zgartirish (analog-raqam, raqam — analog o'zgartgichlari). — signalning formasini o'zgartirish (taqqoslash vositalari), — mantiqiy operatsiyalami bajarish (mantiqiy elementlar), — signallami taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar), — signallami saqlash (xotira va saqlash elementlari), — programmali signallami hosil kilish (programmali elementlar), — bevosita jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar). Download 181.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling