Namangan muhandislik-qurilish instituti «Sanoatni axborotlashtirish»


Download 181.16 Kb.
bet4/10
Sana31.01.2024
Hajmi181.16 Kb.
#1817832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ABTIV kurs ishi Avtomatika elementlati va qurilmaning tuzilish usullari tayyor

Topshiriq beruvchi element (zadatchik) deb, boshqarish maqsadiga mos signallami ishlab chiqaruvchi elementga aytiladi. Topshiriq beruvchi qurilm asifatidaoddiy reostatli zadatchiklar, kontaktli buyruq-apparatlar, kontaktsiz dasturiy qurilm alar va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Avtomatik signallash - nazorat qilinayotgan turli texnologik jarayonlarning chegaraviy holatlarini xizmatchi xodimlarga ma’lum qilishda qo‘llaniladi. Signallash vositalari yorug‘lik, tovushli yoki bir vaqtda ikkala ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin (lampalar, sirenalar maxsus dinamik qurilmalar va boshqalar).
Avtomatik o‘lchash - alohida texnologik jarayon yoki mashina va agregatlaming ishini ko‘rsatuvchi fizik kattaliklar haqida o‘lchov vositalari yordamida ma’lumotlar olishga xizmat qiladi.
O‘lchovchi element - obyekt holatini, obyektning chiqish parametrlarini, shuningdek, tashqi muhit parametrlarini va ushbu ma’lumotni tizimning boshqaruvchi elementiga uzatishni nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Avtomatik saralash - mahsulotning o‘lchami, og’irligi, kattaligi, cho‘ziluvchanligi va boshqa fizik ko‘rsatkichlariga qarab avtomatik ravishda ajratish va nazorat qilish vazifasini bajaradi (don mahsulotlari, tuxumlami, mevalami, sabzavotlami saralash va h.k.).
Ijro etuvchi elementlar - boshqarish obyekti holatini bevosita o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Ijro etuvchi elementlarga ijro etuvchi mexanizmlar va rostlash organlari taalluqlidir.
Avtomatik boshqaruv-texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnikaviy vositalami joriy etish, demakdir. Bu esa ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan yangi bosqich bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilm alar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlar ko‘rsatkichiarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi. Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish asosan, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va aftomatlashtirishga asoslanadi. Bu tushunchalar orasidagi umumiylik va farq nimadan iborat.
Mexanizatsiya-bu qo‘lda ishlash vositalarini mashina va mexanizimlar bilan almashtirishdir. Bular yordamida inson og‘ir yuklami ko‘tarishni va siljitish, metallarni kesishi, eritishi va shtamplash, yer ostidan qazilma boyliklami qazib olish mumkin va h.k. Lekin bu turli mashina mexanizmlar inson tomonidan boshqariladi: u ishlab chiqarish, ulami tahlil qilish, qaror qabul qilib, bu jarayonga ta’sir qilishi lozim. Shunday qilib, mexanizimlashtirilganda, ishlab chiqarish jarayonida insonning doimiy ishtroki talab etiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilganda insonning ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtroki va qisman va butunlay texnik vositalarni va boshqarish tizimlarini qo‘llash orqali ozod etiladi.



Download 181.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling