Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r
Gazlama to`shashda qo`llaniladigan asbob-uskunalar
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)
1.3.11. Gazlama to`shashda qo`llaniladigan asbob-uskunalar
Hozirda ko’plab tikuv korxonalarida gazlamani to’shash va bichish chеt el firmalarining avtomatlashtirilgan asbob-uskunalaridan foydalaniladi. Yaponiya, Xitoy va Turkiyada ishlab chiqarilgan gazlama to`shash dastgohi ishchilarning mehnatini yengillashtiradi, ish sifatini oshiradi va to`shash jarayonidagi mehnat sarfini kamaytiradi. 42 12-rasm. Gazlama to`shash dastgohi 1.3.12. Buyum detallarini bichish Tikuvchilik sanoatida bugungi kunda ko`plab dasturlardan foydalanib buyumlarni kompyuterda loyihalash modellashtirish, andozalarni tayyorlash va shu bilan birgalikda gazlamani bichish usillarini ham avtomatlashtirilgan sistemalardan foydalanib kelinmoqda. Gazlamalarni qirqishda kam operatsiyali texnologiyalardan va avtomatlashtirilgan bichish usullaridan fiydalanib kelinmoqda. Nafaqat gazlamalarni bichish balki, to`shash usullarini ham avtomatlashgan sistemalardan foydalanib to`shsash imkoniyatlari mavjud. Tikuvchilik sanoati korxonalarida gazlamalarni to’shash jarayoni avtomatlashtirilgan texnologiya ―BULLMER‖ bichish uskunasi yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun avvalo, gazlama to’pi maxsus moslamaga o’rnatiladi. Gazlama uchuning ikki burchagidan ushlab, stol ustiga tortib, cheklovchi chiziqlargacha yetkaziladi. Gazlama uchini cheklovchi chizg’ich bilan bostirib qoyiladi. To’shama qavati tekislanadi, gazlama milki to’g’irlanadi, qavat oxiri maxsus keskich yordamida qirqiladi. Bu jarayon ma’lum bir qalinlik hosil bo’lguncha davom ettiriladi. Bunda avvalo katakli gazlamalarda yoki yo’l- yo’l gulli matolarda to’shamaning barcha qavatlarda ustma-ust tushurilishi kerak bo’ladi. 43 Guli bir tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni to’shashda barcha detallardagi tuklar va guli bir tomonga qarab turishi lozim. Gazlamalarni to’shash ko’p kuch talab qiladi. Bundan tashqari ishchilar gazlamani qavatlarini har xil kuch bilan tortishadi, bu esa to’shama qavatlarini notekis cho’zilishiga sabab bo’ladi va bichiqlar sifatiga ta’sir etadi. To’shamalarni to’shashda to’shovchilar ishini osonlashtirish uchun to’shash mashinalari ishlatiladi. To’shama bajarilgandan so’ng uning sifati, ya’ni to’shamadagi qavatlar soni, to’shama qavatlarining milki bir tomondan tekislanganligi, tuki va guli bir tomonga qaraganligi, o’ngini-o’ngiga qaratib to’shalgan katak va yo’l-yo’l gazlamalarning chiziqlarining ustma-ust tushganligi, to’shamaning eni va uzunligi tekshiriladi. So’ng to’shama ustki qavatida bo’rlama tayyorlanadi. 13-rasm. BULMER bichuv dastgohini ishga tushirishga mo`ljallangan avtomatlashtirilgan tizim To’shama ustiga avvaldan gazlama yoki qog’ozda tayyorlanadigan bo’rlamani yoki trafaretni joylashtirish mumkin. Traferitni teshiklari bo’ylab detal qirqimlarining izi bo’r bilan tushuriladi. To’shalgan, ma’lum bir qalinlikdagi gazlamalarni hech qanday og’ish va siljishlarsiz BULLMER texnologiyasiaga 44 asosan joylashtiriladi. Materyallarni lazer nuri, mikroplazma oqimi yordamida va elektir uchquni bilan bichiladi. Lazer usulida bichish gazlamalarga termik ta’sir etishga asoslangan. Bu usulda gazlamaga qirqish asbobi bevosita tegib turmaydi. Shuning uchun bu usul kantaktsiz qirqish usuli deyiladi. Bu usulda bichilgan gazlamalarda bir qator texnologik operatsiyalarga extiyoj qolmaydi. Gazlamalarni BULLMER texnologiyasida bichish eng istiqbolli usul hisoblanadi. Dizaynerlar tomonidan tayyorlangan andoza bichuv sehining kompyuteriga (set orqali) tushiriladi (13, 14-rasmlar). 14-rasm. BULMER bichuv dastgohini ishga tushirish sxemasi 1-asosiy elektr kuchlanishidan yoqish (avtomat); 2-dastgoh buragichidan 0 dan 1 ga burab yoqish; 3-kompyuterdan programmani yoqish; 4-golovkani yoqish; 5-dastgohda sariq rangdagi stoplarni tekshirib programmadagi qulfni ochish; Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling