Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/104
Sana26.10.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1724908
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104
Bog'liq
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)

3.1.2. Mayda detallarga ishlov berish 
Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish jarayonida ya`ni buyumni tayyor 
xolatiga keltirish uchun dastlab buyumning mayda detallariga ishlov berish usullari 
amalga oshiriladi. Ustki kiyimni tikishda cho`ntak, yoqa, cho`ntak xalta, ischki 
cho`ntaklar, bortovka kabi mayda detallarga dastlab ishlov beriladi. 
Tikuv ishlab chiqarish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi: tayyorlov 
yig`uv va pardozlash bo`limlari. Tayyorlov bo`limida tayyorlanayotgan 
buyumning mayda detallariga ishlov berish ishlari nazarda tutiladi. Yig`uv 
bo`limida esa tayyorlanayotgan buyumning asosiy detallariga mayda tayyorlangan 
detallarni biriktirish ishlarini bajarish vazifasi qo`yiladi. Yakuniy qismi ya`ni 


113 
pardozlash bo`limida tayyor bo`lgan buyumga yakunlovchi pardoz ishlarini amalga 
oshirish talablari qo`yiladi.
Kiyim mayda detallariga kamar tutgichlar, belbog`lar, xlyastiklar, pogonlar, 
cho`ntak qopqoqlar kiradi. Bezak detallari turli xil biriktiruvchi, qo`yma ag`darma, 
mag`iz choklar bilan tikiladi. Bu detallar qotirmali qotirmasiz bo`lishi mumkin. 
Tayyor holda bu detallar berilgan shaklni yaxshi saqlashi, juft detallari simmetrik 
bo`lishi, ag`darma chok bilan tikilganda avra gazlamadan kant hosil qilishi kerak. 
Kamartutgich tayyorlash: dastavval davomli uzunlikda bo`lgan gazlamaga 
lentasimon qotirma biriktirib tikiladi (50-rasm). 
50-rasm. Kamartutgich tayyorlash jarayoni 
51-rasm. Bel poyasini tayyorlanish jarayoni 


114 
Bel poyasini tayyorlash: bel poyasiga flezilin yopishtiriladi, kantovka 
tikiladi. Kantovka tortilganda dazmollaniladi, shim asosiy detalga tikiladi (51-
rasm) 
Yelka yostiqchasini tayyorlash: Yeng yuqori qirqimini ko`tarish uchun yelka 
yostiqchasi tayyorlanadi. Pidjak yelka qirqimiga biriktirib tikiladi. Yelka 
yostiqchasi yeng o`mizi cheti shaklini yaxshi saqlash vazifasini bajaradi (52-rasm) 
52-rasm.Yelka yostiqchasi.Yeng o`miz cheti shaklini saqlash qirqimlari 
Bartovka tayyorlash: Bo`rt qotirmasiga yamoq solinadi va siniq chok bilan 
biriktirib tikisladi (yamoqning asosiy vasifasi - yelkani kengaytirishdan iborat). 
Yamoq solingan joydan qotirma, qotirma ustidan esa noto`qima material (beyka) 
qo`yiladi. Bo`rt qotirmasining ya`ni bo`rtovkani ustiga qo`yilgan qatlamlarni 
uchta siniq chok bilan bostirib tikiladi. Birinchi chok bo`rt qotirmasining 
markazidan, ikkinchi chok yeng o`mizi bo`lak chetki qirqimidan, uchunchi chok 
esa old bo`lak yon qirqimiga yelimli lentani yelimli tamoni yuqoriga, yelimsiz 
tomoni bartovkaga siniq chok yordamida biriktirib tikiladi.
Ko`krak cho`ntakni tayyorlash. Gazlama teskari tomoniga tayyor qotirma 
shabloni yopishtiriladi. Shablonda belgilangan uzuq chiziq o`rtasiga yelimli lentani 
dazmolda issiqlik yordamida yopishtiriladi. Shablonda belgilangan burchakni 
dazmollash orqali listochka shaklini xosil qilinadi. 


115 
Ko`krak cho`ntak listochkasiga andoza yaordamida tayyorlangan shablon 
qilib tayyorlangan qotirmani cho`ntak listochkasiga qo`yib dazmollanadi. Qotirma 
biriktirilgan cho`ntak listochkasi chetlarnini bukib dazmollanadi. 

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling