112
13. Kiyim detallariga qanday usullarda namlab-isitib ishlov berish mumkin?
14. Namlab isitib ishlov berishni vazifasi va mohiyati nimalardan iborat?
15. Qanday namlab isitib ishlov berish asbob-uskunalari mavjud?
3-MODUL. TIKUV BUYUMLARIGA ISHLOV BERISH
BOSQICHLARI
3.1. Ustki kiyim detallariga dastlabki ishlov berish
Erkaklar va ayollar ustki kiyimini tikishda
kiyimdagi mayda dеtallar, ya'ni
cho’ntak qopqoq, bandlar, kamar tutgich, bеlboq va h. k. ga ishlov bеrib olinadi.
3.1.1. Detallarga dastlabki ishlov berish operatsiyalari
Kiyimning biron shaklda bo`lishi uchun gazlamani detallarga bo`lib bichib,
ularni birin–ketin ulash yo`li bilan erishish mumkin.
Bundan tashqari gazlamani
plastikligi va boshqa xossalaridan foydalanib, uni cho`zilish va boshqa ta`sirlardan
saqlaydigan
turli qotirmalar, uqalar ishlatib ham kiyimga shakl berish mumkin.
Namlab-isitib ishlaganda kirishtirilgan va cho`zilgan
joylarini saqlab qolish
mumkin bo`lgan gazlamalardan tikilgan kiyimlarga materialning
plastik xossasi
xisobiga kerakli shakl beriladi. Gazlamaning bunday xossali bo`lishi
dazmollab
kirishtirish va dazmollab cho`zish operatsiyasini bajarishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: